O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Bekorchilar sinfi 
 
Rasmiy  sanoat  bo‗linishi  Veblen  ta‘biri  bilan  aytgan  bekorchi 
qatlamga  ham  tegishli  edi.  1989-yilda  Veblen  o‗zining  eng 
ommalashgan  kitobi  ―Bekorchi  sinf  nazariyasi‖ni  nashr  ettirdi.  U  o‗z 
davrining ko‗plab ilg‗or fikrli kishilarining sevimli kitobiga aylandi. Bu 
yerda  u  quyidagilarni  muhokama  qilish  uchun  boshlang‗ich 
tabaqalashtirishni  qo‗lladi:  ko‗zga  koringan  iste‘mol,  isrofgarchilik, 
moliyaviy  musobaqa  va  moddiy  madaniyat  ramzi  sifatidagi  kiyim. 
Bunda  u  quyi  rivojlangan  madaniyatlar  haqida  mulohaza  qildi: 
insonlarning  yoki  qabilaning  talonchilik  qudrati  o‗z  boshliqlariga 
hurmatli  maqom  berib,  yuqori  ehtirom  ko‗rsatiladi.  Zamonaviy 
industrial  iqtisodiyotda  esa  bu  ta‘magirchilik  kuchi  jamiyatning  kam 
sonli  a‘zolari  qo‗lida  ko‗p  foyda  to‗planishida  o‗zini  ko‗rsatadi.  Bu 
odatda  tan  olinmasada,  bizning  madaniyatimiz  ularning  paydo  bo‗lishi 
uchun  bir  qancha  mexanizm  (qurilma,  tizim)lar  bilan  ta‘minlaydi. 
Chunki  moliyaviy  bellashuvda  boylik  to‗plash  kuchli  motiv  hisoblanib, 
u jamiyat orasida tezda yoyiladi.  
Biz 
xarid 
qilayotgan 
buyumlar 
bizning 
talonchilik 
qobiliyatlarimizni  yaqqol  ko‗rsatadi.  Uy-joy,  avtomobil  va  ayniqsa, 
kiyimlarimiz  bizning  talonchilik  qatoridagi  o‗rnimizni  belgilovchi  aniq 
nishondir. Agarda yer moliyaviy ishlar bilan band bo‗lsa, oila boyligini 


255 
 
ko‗rsatishni  ayol  o‗z  zimmasiga  oladi.  Buni  u  kiyinish  va  turli 
buyumlarda  ko‗rsatganidek,  bir  qancha  xizmatkorlar  ham  moliyaviy 
ta‘minlanganlikning  yorqin  namunasidir.  Ishlamaydigan  tabaqa  katta 
foyda  ko‗ruvchi  sinf  bo‗lganligidan  qanday  ish  qilsalar  ham  moliyaviy 
jabhada  bo‗lar,  mulkchilikning  yo‗qligi  ma‘qullanardi,  lekin  biror  ish 
qilinishi  kerak  bo‗lsa  yuqori  menejment,  moliya  va  bankchilik  rasmiy 
ravishda  ma‘qullanar  edi.  Huquqshunoslik  yaxshi  kasb,  chunki 
―huquqshunos qallob talonchining barcha ishlari tafsilotlaridan boxabar 
bo‗ladi‖
52
.  Bizning  ishdan  tashqari  harakatlarimiz  Veblen  aytganidek, 
madaniyatdagi  faxrli  martabani  egallash  uchun  bo‗lgan  ishtiyoqimizga 
ta‘sir etadi.  
Injiner,  kashfiyotchi  kabi  bir  qancha  odamlar  texnologik  ishlarda 
bo‗lishiga  qaramasdan,  Veblen  qayd  etganidek,  amerikalik  biznes 
odamlari  kvantizm  (barcha  narsa  xudodan,  deb  ishonuvchi  ta‘limot) 
ruhini ―kelishuv, ogohlantirish, maxfiy bitishuv, asossiz ayblash‖
53
 kabi 
namoyish  etadi.  Lekin  biznes  odamlari  foyda  olib  bo‗lmaydigan 
texnologik  jamiyatdan  naf  ko‗rishadi.  Uning  qayd  etishicha,  ―samimiy, 
lekin  yaxshi  aytilgan  amerikancha  ibora  bor  ―Ovoz  chiqarmagan 
to‗ng‗iz cho‗chqaning ham ovqatini yeydi‖
54
. Veblenning fikricha, ilmiy 
va  fan  doirasida  o‗qitilish  odamni  tadbirkorlikdan  uzoqlashtiradi, 
amaliyotdagi  tajriba  bilimlar  ortidan  quvish  bilan  teng  bo‗lmaydi. 
Talabalardan  to  akademik  ma‘muriyatgacha  boshqaruvchi  universitet 
prezidentlarini  ―bilimlar  sardori‖  deb  ataydi.  Universitetlar  bir-birlari 
bilan  resurslarni  sovurishda  poyga  o‗ynaydilar.  Prezident  va  doimiy 
xodimlar yangi binolar, maydonlar va yer-mulk qurishga ta‘lim tizimi va 
dasturlaridan  ko‗ra  ko‗proq  qiziqadilar.  Mablag‗lar  atletika,  qonun, 
biznes  maktablariga  va  universitetga  ham,  jamiyatga  ham  foydasi 
tegmaydigan rasmiy, norasmiy dabdabali tantanalarga sarflanadi. Veblen 
jamoaviy  huquqlari  yo‗q  va  ―vatan  yigiti‖  bo‗lishga  intilayotgan 
―oyliklari  odamlar  oladigan  maosh  bo‗lmagan‖  ―professorlarni‖ 
                                                             
52
 Thorstein Veblen, The Theory of the Leisure Class (Boston: Houghton Mifflin Company,  
1973), p. 156. 
  
53
 
Thorstein Veblen, The Higher Learning in America, p. 70. 
  
54
 
Thorstein Veblen, The Higher Learning in America, p. 71. 
  


256 
 
oqlamaydi.  Fakultetlarni  nazorat  qilish  uchun  prezidentlar  ―hukmga 
qat‘iy amal qiluvchi va vafodor‖
55
 dekanlar  va  boshqa  vazifalarni  joriy 
etdi.  Universitetlarga  bilim  maskanlari  maqomini  qaytarish  uchun 
Veblen prezidentlikni va doimiy xodimlar boshqaruvini tugatishni taklif 
etadi.  Ushbu  satirik  ko‗rinishdagi  gaplari  bilan  u  o‗z  ishiga  qanchalik 
jiddiy  yondashganligini  aytish  qiyin,  lekin  buning  amalga  oshishi 
qiyinligini oldindan bilgan edi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish