9.1-chizma. Iste‟molchi ortiqcha nafliligi
CDA mahsulotni sotib olishda iste‘molchilar tomonidan erishilgan
pul daromadidir. Bu natijani bir oz boshqacha ifoda qilsak, monopolist
amalda mukammal narx farqlanishiga erishgan taqdirda iste‘molchilar
talab egri chizig‗i bo‗ylab pastgacha tushadi va ODAH umumiy
daromadni ishlaydi, ammo raqobat bozorida barcha iste‘molchilar oddiy
OC narxda sotib oladilar, iste‘molchilarning umumiy xarajatlari
OCAHni tashkil etadi. Shuning uchun CDA iste‘molchilarning tejab
qolgan pullari yoki ular ortiqcha nafliligining puldagi ifodasidir. Agar
biz talab egri chizig‗i bo‗ylab OD narxidan MP va HA ga pastga
tushishimiz jarayonida pulning Me‘yoriy nafliligi miqdori o‗zgarmay
qolsa, unda Marshallning iste‘molchilar ortiqcha nafliligi tushunchasini
tovar iste‘mol qilishdan olingan ortiqcha naflilikning puldagi ifodasi,
deb qabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |