Ijtimoiy masalalar. Ko‗pchilik klassiklarning konsepsiyasida
mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo‗lgan
narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga
141
bog‗liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning
amal qilishi kishilarning xohishiga bog‗liq bo‗lmaydi va shuning uchun
yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo‗naltirilgan har
qanday ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda. Ishchilarning ahvolini
yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo‗yilmasini kengaytirish (mehnatga
talab oshadi) yoki aholi o‗sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi)
bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyillarni
yoqlab chiqqan bo‗lsada, ammo keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g‗oyasining ta‘siri va taqsimot qonunlarining tarixiy
xarakterini tan olishi (tarixiy bo‗lganidan ularni o‗zgartirish mumkin)
ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari
surdi va o‗z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‗li bilan
yollanma mehnatni tugatish J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‗lgan
qiziqishni yo‗qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‗rniga
kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning
o‗zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining
rivojlanishi,
kapitalistik
korxonalarning
foydasini
taqsimlashda
ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo‗lgan.
2. Yer rentasini yer solig‗i yordamida umumlashtirish. Renta
yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer
egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha
jamiyatga tegishli bo‗lishi kerak.
3. J.S. Mill mayda yer egalarini qo‗llab-quvvatlaydi. Uning
fikricha, o‗z yerida ishlovchi ko‗pchilik dehqonlar renta to‗lashdan
ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan
farqli ravishda haddan tashqari o‗z oilasini kengaytirishga moyil emas.
J.S. Mill o‗zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi
individual erkinlik bilan Yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik
qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar
ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go‗yoki bir-
biriga qarshi ikki yo‗nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy
adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo‗lgandek tuyuladi. Ijtimoiy
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini
ko‗rsatib berdi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |