O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tаʼlim vаzirligi toshkent dаvlаt shаrqshunoslik universiteti


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi



Download 121 Kb.
bet5/6
Sana03.07.2022
Hajmi121 Kb.
#735331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Annatatsiyasam

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: dissertatsiyada tarixiy-xronologik, muammoviy-hududiy yondashuv, qiyosiy tahlil, kuzatish va axborotchilar bilan bevosita suhbatlashish kabi usullar qo‘llanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati qorqalpoq xalqining hunarmandchilik anʼanalari nomoddiy madaniyatdagi tarixiy-etnografik jarayonlarni tahlil etishga, mintaqaga xos madaniyatni ilmiy asosda o‘rganishga hamda etnografik tadqiqotlar rivojiga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Markaziy Osiyo xalqlari milliy hunarmandchilik anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirgan tarixiy-etnografik atlasni tayyorlashda, O‘zbekistonda etnoturizm sohasini rivojlantirishda, Oliy o‘quv yurtlari uchun Etnologiya, O‘zbekiston tarixi, Qoraqalpog‘iston tarixiga doir maxsus kurs, seminar mashgʼulotlarini tashkil etishda, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga xizmat qilishi bilan asoslanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi. magistrlik dissertatsiyasi kirish, uchta bob, oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va mavzuga doir ilovalar bilan umumiy hisobda bir yuz o‘n sahifadan iborat.
Dissertatsiya ishining asosiy mazmuni
Magistrlik dissertatsiyasining “XX asrda qoraqalpoq xalq hunarmandchiligi turlari va ularning o‘ziga xos jihatlari” deb nomlangan birinchi bobi ikki paragrafdan iborat. “Qoraqalpoq xalq hunarmandchiligining etnografik jihatdan o‘rganilishi” deb nomlangan birinchi paragrafida qoraqalpoq xalqini o‘rganilishini xronologik jihatdan uchta davrga: 1) Rus imperiyasi (1900-1917 yillar) davri; 2) Sovet Ittifoqi davri; 3) Mustaqillik yillari davriga bo‘lib tahlil qilingan. Tarixshunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, hunarmandchilik mavzusi arxeologlar, san’atshunoslar, tarixchilar tomonidan Markaziy Osiyo xalqlari ichida qorqalpoq xalqi ham arxeologik ham etnografik jihatdan juda yaxshi o‘rganilgan. Bevosita ushbu tadqiqotlarning ichida hunarmandchilikka oid ham ma’lumotlar ko‘p albatta. Garchi XX asrning o‘rtalari va ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar sovet mafkurasi ta’sirida yozilgan bo‘lsada biz uchun mavzu doirasidagi keng ma’lumotlarni bera oladi. “Qoraqalpoq qadimiy hunarmandchiligining an’anaviy xususiyatlari”deb nomlangan ikkinchi paragrafida XX asrda o‘zining amaliy xususiyatini yo‘qotmagan hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtachilik, teriga ishlov berish, tikuvchilik, gilam to‘qish kabi turlarining XX asrda ham xalq hayotidagi ahamiyatini yo‘qotmagani turli tarixiy-etnografik ma’lumotlar asosida ochib berishga harakat qilingan.
Dissertatsiayaning “Qoraqalpoq hunarmandchiligida mahsulot tayyorlash usullari: an’analar va lokal jihatlar (temirchilik, zargarlik, yurta yasash bilan bog‘liq hunar turlari)” deb nomlangan ikkinchi bobi ikki paragrafdan iborat bo‘lib, birinchi paragraf “Qoraqalpoq xalq hunarmandchiligining an’anaviy turlari: temirchilik va zargarlik” deb nomlanadi. Unda qoraqalpoq hunarmandchiligida temirchilik va zargarlik sohalaridagi mahsulot tayyorlash usullari va ularning etnologik ahamiyati yoritilgan. yurta yasash kabi sohalar misolida ochib berilgan. Har bir soha bo‘yicha hozirda faoliyat yuritib kelayotgan hunarmandlar bilan uchrashib, ish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, XX asrda yozilgan ma’lumotlarni taqqoslagan holda ishlov berish texnikasi mufassal keltirilgan. Ushbu paragrafni yoritishda Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi zargar Adilbek Daribayevning va Nukus shahrida faoliyat yurituvchi temirchilarning ma’lumotlari ilmiy jamoatchilikka birinchi marta taqdim etilayotganligi ahamiyatga molik. “Qoraqalpoq xalqining an’anaviy yog‘ochga ishlov berish san’ati: qora uy (yurta) yasash va u bilan bog‘liq hunarmandchilik turlari” deb nomlangan ikkinchi paragrafda esa yurta yasash bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar: yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, tikuvchilik, turli bezaklar yasash kabilar hunar turlariga qiziqarli etnografik chizgilar bilan alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu paragraf bevosita Chimboydagi yurtachilar qishlog‘ida faoliyat yurituvchi Azamat uychi, Shumanayda yashovchi to‘quvchi Altinay opa va Nukus shahrida tikuvchilik bilan shug‘ullanuvchi qizlardan olingan intervyular asosida yozilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobi “Hunarmandchilik bilan bog‘liq urf – odat va marosimlar hamda ustoz-shogird an’analari” deb nomlangan. Ushbu bobning birinchi paragrafi “Hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonidagi urf-odat va marosimlar” deb nomlanib unda har bir hunarmandchilik turlariga xos va umumiy bo‘lgan urf-odat va marosimlar, turli e’tiqodiy qarashlar Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari bilan qiyosiy holda yozilgan. “Qoraqalpoq xalq hunarmandchiligida ustoz-shogird an’analari” deb nomlangan ikkinchi paragrafda hunarmandchilikdagi qoraqalpoq xalqiga xos ustoz-shogird an’alari va ularning etnografik va antrapologik xususiyatlari ochib berilgan. Ularning ko‘pchiligi hunarmandlarning o‘z tilidan yozib olingan.
XULOSA
“Qoraqalpoq xalq hunarmandchiligi: an’anaviy va zamonaviy jarayonlar (XX asr)” mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqot quyidagi ilmiy nazariy xulosalarga asos bo‘ldi:
1. Mintaqa aholisi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida xo‘jalik yo‘nalishlarining turli sohalarini rivojlantirib kelgan. Qoraqalpoq xalqi kundalik turmushda asosiy mahsulotlarni yetkazib beruvchi dehqonchilik, chorvachilik hamda hunarmandchilik sohalari taraqqiyotiga alohida ahamiyat qaratganlar. Mintaqada bunday o‘ziga xos sharoit qadimdan bu joyda hunarmandchilik tarmog‘idagi turli ishlab chiqarish shakllari, hunarmandchilik an’analarini rivojlantirish imkonini bergan.
2. Tadqiqot davomida Qoraqalpog‘iston shaharlari bilan bir qatorda qishloqlarida ham o‘rganilayotgan davrda turli xil hunarmandchilik tarmoqlari rivoj topganligi, yirik qishloqlarda ishlab chiqarish mahsulotni tovar shaklida, markazlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda esa buyurtmaga yoki natural xo‘jalik ehtiyojlari natijasida uy-hunarmandchiligi shaklida taraqqiy etganligi tarixiy-etnografik hududdagi turli etnik jamoalar hunarmandchiligi misolida ko‘rsatib berildi.
3. O‘troq turmush tarzi kechiruvchi qoraqalpoq xalqi xo‘jaligida hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, yurtachilik, kashtachilik va duradgorchilik tarmoqlari o‘ziga xos tarzda rivojlangan. Hunarmandchilikdagi bunday etnohududiy xususiyatlarni saqlanib qolishiga etnos xo‘jalik-madaniy tipi, tabiiy-geografik sharoit, hududda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta’sir ko‘rsatgan. Hunarmandchiligidagi lokal jihatlar hunarmandchilik markazlari qiyofasida, xomashyo ishlovida, asbob-uskunalar tuzilishida, mahsulot turlarida o‘z aksini topgan.
4. O‘rganilayotgan davrda ushbu hududda yashagan qoraqalpoqlar xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilik sohalari muhim o‘rin tutib, hunarmandchilik tarmoqlari ushbu tarmoqlar xomashyosini qayta ishlab mahsulot tayyorlashga asoslangan, uy-hunarmandchiligi shaklida taraqqiy etgan. Hunarmandchilikdagi etnolokal xususiyatlar qoraqalpoq xalqi turmush tarzi va xo‘jalik faoliyati, etnik an’analar asosida yuzaga kelgan.
6. XX asrlarga kelib yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta'sirida hududdagi o‘troq va yarimo‘troq etnoslar hunarmandchiligidagi ayrim tarmoqlarning ishlab chiqarish xarakteri, mahsulot turi, shakli, bezaklarida bir qator o‘zgarishlar yuz bergan. Biroq ko‘p asrlik hunarmandchilik an'analari, milliy hunarmandchilikdagi lokal va etnik xususiyatlarning saqlanib qolganligi kuzatiladi.
7. Qoraqalpoq xalq hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash usullarini etnografik tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu qoraqalpoq xalqi hunarmandlari orasidagi mahsulot ishlab chiqarish shakli o‘zining etnolokal xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni yuzaga kelishiga ushbu xalqning xo‘jalik mashg‘uloti xarakteri, aholi ehtiyojlari va turmush tarzi, hunarmandchilikdagi etnik an’analar va umummintaqaviy xususiyatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bu jihat hududdagi temirchi ustalar, to‘qimachi ayollar, yurta ustasi, zargar ustalar faoliyati asosida ko‘rsatib berildi.
8. Qorqalpog‘iston aholisining e’tiqodiy qarashlari bilan bog‘liq marosim va urf-odatlari bir biridan shaklan o‘zaro farqlansa-da, lekin mazmunida yagona tushuncha, ya'ni hunarmandchilik homiy-pirlariga topinish mohiyatini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida homiy-pirlar timsolining mahalliy namoyandalari to‘g‘risidagi tushunchalar hunarmandlar, aholi dunyoqarashida mustahkam o‘rin tutganligi bois bugungi kunga qadar saqlanganligi, hunarmandchilik urf-odatlari tahlili asosida aniqlandi.
Xulosa qilib aytganda, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bilan bog‘liq urf-odat va marosimlarning ilmiy tasnifi, yuzaga kelish omillari, o‘tkazish tartibi, hunarmandlarning e’tiqodiy tasavvurlari tadqiqi shunday xulosaga olib keldiki, ushbu an’analarni yuzaga kelishiga mazkur davrdagi islom dinining jamiyatdagi kuchli mavqeyi, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq texnik bilimlarning mazkur davrda yetarli emasligi, ichki qoidalar saqlanishiga hunarmandlarning intilishi sabab bo‘lgan va ular transformatsiyaga uchragan tarzda bugungi kunga qadar saqlangan.
Hunarmandchilikdagi usta-shogird munosabatlari bilan bog‘liq an’analar tahlili shuni ko‘rsatadiki, milliy hunarmandchilik tarmoqlarida zarur malaka va ko‘p asrlik kasb sirlari etnoslar hunarmandchiligidagi ijtimoiy, iqtisodiy, etnik va lokal omillar ta’sirida avloddan-avlodga o‘tib kelgan va bugungi kunda usta-shogird an’analarini asrab qolish, rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi


Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish