O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


-rasm. Ikki qatlamdan neftni alohida olish jihozlarining sxemasi



Download 17,97 Mb.
bet28/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

14.5-rasm. Ikki qatlamdan neftni alohida olish jihozlarining sxemasi.
1-ichki qator quvuri; 2-tashqi qator quvuri; 3-taqsimlagich; 4-taqsimlagichning markaziy kanali; 5-radial teshiklar; 6-g’ilof; 7-NKQ; 8-paker.

Quduqning ichi gidravlik porshenli nasos yordamida jihozlanganda ulardan foydalanish 8.6-rasm (a) ko’rinishida jamlanadi.


NKQ tizmasiga (1) paker (5) o’rnatiladi, qatlamlar bir-biridan ajratiladi. Pakerning yuqorisidagi tizma g’ilof (3) bilan biriktirilgan, uning ichiga esa gidro porshenli nasos (4) joylashtirilgan. G’ilofning yuqori uchi NKQ tizmasi bilan biriktirilgan bo’lib, nasosga uzatma berish uchun ishchi suyuqlik uzatiladi. Gidravlik porshenli nasos yordamida ishchi suyuqlik aralashmasi yuqoridagi favvora qatlamidan kirib keladi, ishlatish tizmasi (2) va NKQning (1) halqali oralig’i orqali yer ustiga ko’tariladi.
Teskari sxemada ishlatish uchun quyidagi jihozlardan foydalaniladi (8.6-rasm,b). Bunday sxemada ham qatlam (5) paker yordamida ajratiladi, mavsumiy davrli ishlatishda qo’llaniladigan oraliq klapani (7) mavjud, u orqali gidroporshenli nasosning (4) «xvostovik»i (6) pastga o’tkazilgan. Agregatga ishchi suyuqlik NKQ tizmasining (2) ichi orqali uzatiladi, uni aralashmasi qatlam suyuqligi bilan birgalikda NKQning ichki (2) va tashqi (1) qatorlari oralig’idagi halqa orqali nasos yordamida erning ustiga ko’tariladi. Favvora qatlamidagi mahsulot NKQ bilan parallel kontsentrik joylashtirilgan quvur tizmasi orqali ko’tariladi.

14.6.rasm. Neftni alohida olish jihozlarining sxemasi.
1-NKQ; 2-ishlatish tizmasi; 3-g’ilof; 4-gidro porshenli nasos (GPN); 5-paker; 6-»xvostovik»; 7-mavsumiy klapak.


14.3.Mexanizatsiyalashgan usul va mexanizatsiyalashgan usul sxemalari

Bu guruhda ikkala mahsuldor qatlamdan neftni qazib olish mexanizatsiya usulida olib borish talab qilinadi, ko’pincha “nasos-nasos” usuli ham deb ataladi. Bu usul juda murakkab va ikkala nasosga ham energiya uzatish talab qilinadi.


Bunday holat jihozlar konstruktsiyasini murakkablashtiradi va yer osti ta’mir ishlarini olib borish hamda qatlamlarni tadqiqotlash qiyinlashadi.
Quduq ichi shtangali quduq nasoslarining jihozlari birikmasini quyidagi turlari qo’llaniladi va tizma shtangasi bittasiga osilgan bo’ladi: quduq ichi jihozlariga (8.7-rasm) pakerli NKQ (3) kirib, mahsuldor qatlamlarning oraliqlariga (2;5) pakerdan yuqoriga va pastga quduq nasoslari joylashtiriladi (1;4), plunjerlar bir shtanga tizmasini harakatga keltiradi. Shtanga tizmasi tebranma dastgoh balansiri bilan siljitiladi.
Mahsulot pastki qatlamdan pastdagi nasosning qabuliga kirib keladi va undan keyin esa NKQning ichki bo’shlig’i orqali silindrga va yuqoridagi nasosning porsheni klapanlari orqali yuqoriga ko’tariladi. Mahsulot yuqoridagi qatlamdan yuqoridagi nasosning qabuliga to’planadi va silindrda pastki qatlamning mahsulotlari bilan aralashib NKQ tizmasi orqali ko’tariladi.
Nasosning diametri shunday tanlanadiki, yuqori nasosning plunjerining ko’ndalang kesimini yuzasi katta bo’lishi hamda pastki va yuqori qatlamlardan olinadigan mahsulotlarni o’tishini ta’minlashi kerak.
“ShqN-ShqN” (shtangali quduq nasoslari) sxemasida parallel NKQ ning qatori parallel holda qo’llaniladi. yer usti jihozlari maxsus boshchali (1) balansirli tebratma dastgohdan tashkil topgan, o’ng osma ikki arqon (2) mahkamlangan yoki ikkita balansirli tebratma dastgoh bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan holda arqonli osma va quduq og’zi jihozlari (3) bilan ta’minlangan.
Er osti jihozlari NKQning ikkita tizmasidan (4,5) tashkil topgan bo’ladi va ulardan bittasi pastki qatlamni ishlatish uchun quduq nasosiga (7) tushiriladi, ikkinchi NKQ tizmasi (5) yuqori qatlamni ishlatish uchun quduqqa nasos (6) tushiriladi.
Oldingi sxemaga nisbatan bu sxema yordamida ikkala qatlamni bir-biridan alohida ishlatish mumkin lekin, metall sarfi katta bo’ladi.
Xuddi shunga o’xshash sxema yordamida uchta qatlamni alohida ishlatishni imkoniyati mavjud. Bunday sharoitda ikkita qatlam ketma-ket ulangan nasoslar yordamida, uchinchi qatlam esa parallel o’rnatilgan NKQning tizmasi orqali mustaqil ishlatiladi.


Xulosa

“Favvora-favvora” sxemasida neft qazib oluvchi quduqlarda qо‘llaniladigan qurilma ikki xil bо‘ladi: ikkita parallel joylashgan NKQlari UF2P (UQE, UFP, UFP2) turida va NKQlari konsentrik joylashtirilgan-UVLG qurilmasi bо‘lib, bu qurilma gazlift usulida ishlatilgan quduqning ichiga о‘rnatiladi.


“Nasos-favvora” sxemasi boyicha jihozlangan quduqlarda ishlashda quvur tizmasiga paker tushiriladi, yuqori va pastki qatlamlar ajratiladi. Suyuqlik pastki qatlamdan quduq nasosining qabuliga kirib keladi va NKQning ichki bo’shlig’i orqali ko’tariladi. Quduq nasosning uzatmasi tebratma-dastgohning balansiri orqali amalga oshiriladi.



Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish