10.4. Tebratma dastgoh
Tebratma -dastgohning konstruksiyasi 10.7-rasmda kо‘rsatilgan. Tebratma-dastgoh tik о‘rnatilgan ramadan tuzilgan, betonli poydevorga о‘rnatiladi. Muvozanatlagich kallak bilan (teskari yuk bilan) reduktor ikkita krivoshipli bо‘ladi, unga teskari og‘irlik va ikkita shatunli traverslar mahkamlanadi.
Elektrdvigatel valining (11) aylanishi pona tasmali uzatma (15) yordamida reduktor (10) yetakchi valga uzatiladi. Elektrdvigatelning almashtiriladigan shkivlari tebratma dastgohning turiga va uning yuk kо‘taruvchanligiga bog‘liq bо‘ladi, diametrlari 63 mm.dan 450 mm.gacha bо‘ladi.
Reduktorning etakchi vali va shkivlarining diametri hamma turdagi tebratma dastgohlar uchun о‘zgarmaydi, reduktorning yuk kо‘taruvchanligi va burash momentiga bog‘liq bо‘ladi, tebratma dastgohlarni yuk kо‘taruvchanligi unga katta bо‘lmaganda, 315 mm.dan 1250 mm.gacha о‘zgaradi.
Ponasimon remenli uzatmaning uzatishlar sonining о‘zgarishi 2,5 dan 5 gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi.
Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini о‘zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash uchun krivoshipda teshiklar ochiladi.
Polirovkali shtokning yurish yо‘lining uzunligi shatunning ostki barmog‘ini krivoshipning teshigiga qayta о‘rnatish bilan о‘zgartiriladi, bunda krishipning radiusi о‘zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash mumkin
10.7-rasm.Tebratma- dastgoh:
1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‘xtatgich qurilma; 3-muvozanatlagich tayanch podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‘irlik; 6-osma traversning sferik podshipniki; 7-shatun; 8-krivoshipni teskari og‘irligi; 9-krivoship; 10-reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli qо‘l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15-ponasimon tasma; 16-poydevor
XII ma’ruza. VINTLI ELEKTR NASOSLAR, GIDRAVLIK PORSHENLI NASOSLARNING ISHLASH TARTIBI
Vintli elektrnasoslarning (VEN) qurilmasi, elektr dvigateldan gidravlik himoya, nasos kabeli, quduq usti jihozlari va boshqaruv stansiyasidan, avtotransformatordan tashkil topgan.
Vintli elektr nasoslarning (VEN) qurilmasi yuqoridagi tugunlardan iborat bо‘ladi, botma markazdan qochma nasos qurilmasi kabidir. Bunda markazdan qochma nasosni о‘rniga vintli nasosdan foydalaniladi. Botma vintli elektrnasoslarning qurilmalarida (BVENQ) chastotasi 1500ay/daq bо‘lgan tо‘rt qutbli botma elektr dvigatellar qо‘llaniladi.
Botma vintli nasos (6.4-rasm) quyidagi asosiy tugunlar va detallardan tashkil topgan.
Ishga qо‘shuvchi mufta (1) yordamida nasosning vali orqali protektor botma elektr dvigatelning vali bilan biriktiriladi;
Vint aylantirilganda u haydalanadigan suyuqlik bilan tо‘ldiriladi, bunda aylantirish davom etganda germetik tutashadi va suyuqlik vint о‘qi bо‘ylab NKQga kiradi. Vint tо‘xtovsiz aylantirilganda vint va halqa oralig‘ida bо‘shliq ochiladi va tutashadi. Vint bilan halqaning umumiy suyuqlikka tо‘ldirilgan chiqish maydonining kо‘ndalang kesim yuzasi о‘zgarmasdan qoladi va oqim doimo tо‘xtovsiz harakatlanadi va vintning aylanish chastotasiga proporsional qoladi. Ishchi vintning ajralib turadigan xususiyati har qanday kо‘ndalang kesim yuzasi, aylanish о‘qiga perpendekulyar, tо‘g‘ri aylana kо‘rinishidadir. Bu aylanalarning markazi vint chizig‘ida yotadi, о‘q esa hamma vintlarni aylanishiga hisoblanadi.
Suyuqlik nasosning qabul qilgichiga filtrli tо‘r orqali
Vint о‘qi yо‘nalishi bо‘ylab aylanadi, siljimaydi, suyuqlik vintning burtmalarini va halqa bо‘shliqlarini tо‘ldiradi, bitta vintning burtmasidan ikkinchisiga, vintning qadamiga mos holda о‘tib boradi. Bitta aylanishda vint ikki marotaba halqa kamerasini berkitadi, ya’ni о‘zidan aniq 2-porsiya suyuqlikni siqadi.
Kon amaliyotida vintli nasoslar 146 mm va 168 mm.li mustahkamlash tizmali quduqlarda qо‘llanadi, suyuqlikni uzatish kattaligi 40, 80 va 100 m³/kun tashkil qiladi.
Vintli nasoslar ikkita qismlardan tashkil topgan bо‘ladi, vint spirallarining о‘ng va chap yо‘nalishlari mavjud, uning evaziga ish vaqtida ular о‘zaro gidravlik yuksizlantiriladi. Shu bilan birgalikda tayanch podshipnik yoki tavonni katta о‘qli zо‘riqishdan himoya qiladi.
Bitta va xuddi shunday boshqa vintli nasos har xil dinamik sathlarda, quduqning samarali ishlatishning imkoniyatini beradi. Masalan: Nasosning napori 1000 m.gacha va suyuqlikning uzatish kо‘rsatkichi 40 m³/kun.dan 100 m³/kun.gacha bо‘lganda, FIK-ning optimal kо‘rsatkichi 350 m.dan 1000 m chegarasida joylashadi.
Botma vintli elektrnasos markazdan qochma nasoslar kabi bir qator ijobiy sifatlarga ega, ya’ni bir tekis ta’minlanadi, pulsatsiyasiz suyuqlikni tо‘xtovsiz uzatib beradi va katta oraliqda bosim о‘zgarganda FIK doim yuqori bо‘ladi. Vintli nasoslarning yaxshi xususiyati, harakatlanadigan suyuqlikning qovushqoqligi oshganda ham parametrlari qiymatining yuqoriligidir
Do'stlaringiz bilan baham: |