3.1 - rasm. Aylanish chastotasi n bo`lganda markazdan qochma
nasosning univеrsal xaraktеristikasi.
Nasosning tarmoqdagi ishi. Tarmoq xarakteristikasi uzatilayotgan suyuqlik unumdorligi bilan bosim orasidagi bog`liqlikni ko`rsatadi. Bosim esa, geometrik uzatish balandligi bilan bosimni yo`qotilish yig`indisi orqali aniqlanadi.
D arsi-Veysbax tenglamasidan ekanligini aniqlash mumkin. Bundan xarakteristikaning parabola tenglamasini ko`rinishida yozish mumkin.
3.2-rasmda nasos va tarmoqning xarakteristikasi ko`rsatilgan. Bu xarakteristikalarning kesishgan joyi A ish nuqtasi deyiladi. Ushbu tarmoqda nasos ishlagada bu nuqta eng yuqori unumdorlik ekanligini bildiradi. Agar kattaroq miqdorda unumdorlik kerak bo`lsa, elektr yuritkichning aylanishlar chastotasini oshirish zarur yoki tarmoqda bosim yo`qotilishini, hamda geometrik uzatish balandligini kamaytirish kerak.
Tarmoqda bosim yo`qotilishi kamaytirilganda, ish nuqtasi (A1) o`ngga suriladi. Agar, yuqorida qayd etilgan, uchchala usulda ham unumdorlik oshmasa, u holda nasos yanada quvvatlisi bilan almashtiriladi.
Nasoslarni birgalikda ishlashi. Nasoslarning suyuqlikni uzatish miqdorini oshirishga, ularni parallel ulash yo`li bilan erishiladi.
Nasoslarning yig`ma xarakteristikasini har bir nasos xarakteristikasi absstissalari yig`indisi orqali olinadi.
3 .3-rasmda 1 va 2 nasoslarning yig`ma xarakteristikalari ko`rsatilgan. Har bir nasos alohida V1 va V2 unumdorlikka ega. Parallel ulanganda yig`ma unumdorlik V3 ga teng bo`ladi (A ish nuqtasi), lekin u nasoslarni alohida unumdorliklaridan kam bo`ladi. Bunda unumdorlikdan yutish tarmoq xarakteristikasining shakliga bog`liq bo`ladi. Agar tarmoq xarakteristikasi qiya bo`lsa (egri chiziq), yig`ma unumdorlik o`sadi. Bosimning o`sishi bunday hollarda sezilarsiz bo`ladi.
Bosimning ortishi uchun nasoslar ketma-ket ulanishi kerak. Bu holda yig`ma xarakteristika alohida nasoslarning xarakteristika ordinatalarini qo`shish yo`li bilan olinadi. Bu xarakteristika bilan tarmoq xarakteristikasi kesishgan nuqtasi yig`ma bosim va unumdorlikni aniqlab beradi (3.4-rasm). Tarmoqning xarakteristikasi tikka (qiya) bo`lsa sezilarli o`sishga erishiladi.
Mаrkаzdаn qochmа nаsos uzgаruvchаn elekgr toki bilаn ishlаydigаn elektrdvigаtel bilаn bir vаlgа urnаtilib, аylаnishlаr soni ulchаnib turilаdi. Rezervuаrdаgi surish quvurigа urnаtilgаn kаytаrmа klаpаn nаsosni suyuqlik bilаn tuldirgаndа suyuqlikni surish quvuridаn tukilib ketmasligini ta`minlaydi
Markazdan qochma nasoslarni rostlash. Rostlash, masalan, nasos uzatishini o`zgartirishdan iborat bo`ladi. Bunga erishish uchun yoki tarmoq xarakteristikasi, yoki nasos xarakteristikasi o`zgartiriladi.
Tarmoq xarakteristikasini esa uzatish quvuridagi lo`kidonni ochish yoki yopish bilan o`zgartirish mumkin. So`rish quvuridagi uzatishni rostlash odatda nasos ishini uzilishiga olib keladi.
Nasos xarakteristikasini o`zgartirish uchun ishchi g`ildirak sonini oshirish yoki kurakchalarni burilish burchaklari 1 va 2 larni o`zgartirish bilan amalga oshirish mumkin. Burchakni o`zgartirganda nasos unumdorligini katta qiymatga oshirishga erishsa bo`ladi.
Proporstionallik qonuni. Markazdan qochma nasoslarning napori va unumdorligi nasos ishchi g`ildiragining aylanish chastotasi (soni)ga bog`liq bo`ladi. tenglamaga muvofiq nasos napori aylanma tezlik kvadratiga bog`liq, ya’ni N c2u2.
Agar aylanishlar soni n1 da napor N1 bo`lsa, n2 N2 bo`ladi deb xulosa qilsak, unda:
, ya’ni (3.4)
tenglamadan esa, nasos unumdorligi suyuqlik g`ildiragidan ajralishdagi absolyut tezligini radial tashkil etuvchisiga proporstional, ya’ni VCr2
(3.5)
Nasos talab etadigan quvvat esa, unumdorlik va naporning ko`paytmasiga proporstional tenglamalarga binoan quyidagi ko`rinishni hosil qilamiz:
(3.6)
Тenglamalar proporstionallik qonuni tenglamalari deyiladi. Biroq bu tenglamalarni tahminiy hisoblar uchun ishlatish mumkin. Aniq hisoblar uchun esa, nasos ish g`ildiragini aylanishlar chastotasi bilan foydali ish koeffistienti inobatga olinishi kerak. Shuni qayd etib o`tish kerakki, proporstionallik qonunlari, aylanishlar soni bir-biridan 2 barobardan ortiq farq qilgandagina qo`llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |