2.2. Ishlatish quduqlarining usti jihozlari
Quduq ustidagi mustahkamlash tizmasi bog‘lanadi ya’ni, quduqning boshqa jihozlari biriktiriladi, bu esa tizma boshchasi deyiladi.
Tizma boshchasi (2.1.-rasm) quduqning hamma mustahkamlash tizmalarini birlik tizimga biriktiradi. Ularning og‘irligini qabul qiladi va hamma yuklanmalarni konduktorga uzatadi. U tizmalar oralig‘idagi fazoni izolyatsiyasini va germetikligini ta’minlaydi hamda bir vaqtda quduqning stvol qismining holatini va kerakli texnologik jarayonlarni bajarishni nazorat qilishga yо‘l beradi.
Tizma boshchasi quduqqa tushiriladigan ishlatish jihozlarini montaj qilishda supa vazifasini bajaradi. Quduqlarni burg‘ilash vaqtida unga otilmaga qarshi jihoz preventor montaj qilinadi va burg‘ilash tugagandan keyin demontaj qilinadi,
Tizma boshchasi konstruktiv - bir nechta bir-biri bilan bog‘langan elementga eta bо‘lib, ularga g‘altak yoki chorbarmoq (krestovina), mustahkamlash tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga bog‘liq bо‘ladi
Tizma boshchasini ishlatish sharoitlari yetarli darajada murakkabdir, mustahkamlash tizmasining og‘irligidan beriladigan yuklanma chuqur quduqlarda bir necha yuz kilonyutondan oshib ketadi. Bundan tashqari tizma boshchasi о‘zi bilan kontaklashuvchi zonadan beriladigan bosimni ham qabul qiladi. Qatlam suyuqligini yoki gazning tarkibidagi H2S, C02 yoki kuchli minerallashgan suvlar tizma boshchasini korroziya ta’siriga yemirishga duchor qiladi.
Chuqur quduqlarga issiqlik tashuvchilar haydalganda ularning stvollari va tizma kallaklari 150-250 °S gacha qiziydi.
Tizma boshchasining ishonchliligi yо‘qotilganda jiddiy avariyalarni keltirib chiqaradi, ya’ni atrof muhitga zarar keltiradi, alohida holatlarda esa portlashlarni va baxtsiz hodisalarni paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
Kо‘p tizmali quduqlarda, tizma boshchasi katta massaga va tik gabarit о‘lchamlarga ega bо‘ladi. Ularga katta hajmdagi metall va tayyorlash uchun kо‘p miqdordagi pо‘lat yoki ligerlangan pо‘latlarni sarf bо‘lishga olib keladi. Tizma boshchasining tik gabarit о‘lchamining kattalashuvi quduqlarda xizmat qilish jarayonlarini murakkablashtiradi.
Tizma boshchasini yuqorida sanalgan ishlatish sharoitlarining va boshchaning о‘z xususiyatlari va uni konstruksiyalashda bir qator talablarni bajarish majburiy ekanligini kо‘rsatadi, ya’ni ulardan eng muhimi hamma elementlarni va umuman butunlay tizma boshchasini, quduqning xizmati davomida, minimal metall sarfi va tik о‘lchamlarda har qanday ishlatish sharoitida ishonchligini ta’minlashni talab qiladi.
Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.1-rasm) korpusdan (4) tashkil topgan bо‘lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsning korpusiga (1) g‘altak о‘rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Qurvurlar oralig‘idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasiga zulfin (5) о‘rnatilgan bо‘lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday tizma boshchasini tik о‘lchami bir metrga yaqin bо‘ladi. Mustahkamlash quvurlarining diametriga bog‘liq massasi 500-550 kg bо‘ladi.
Bunday tizma boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 m, bosimi 25 MPa gacha bо‘lgan quduqlar jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasining soni kо‘p bо‘lgan uch, tо‘rt va besh tizmali quduqlarni jihozlash uchun tizma kallaklari tayyorlanadi. Bunday tizma kallaklarini prinsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga о‘xshashdir.
Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha quduqdarning ustiga о‘rnatish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi, uning tik balandligini о‘lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq о‘lchamlari 168 mm.dan 502 mm.gacha bо‘lgan mustahkamlash quvurlari uchun 2 4 5, 7 ponali osmalar va 3 jumrakdan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |