O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.07.2021
Hajmi0,8 Mb.
#120488
1   2
Bog'liq
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY

Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar.  

2009 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi 

qonuniga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini yanada 

oshirish, ularning huquqiy maqomlari, vazifalarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va 

qo‘shimchalar kiritildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni 

paytda Suv Kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. 

 

 



 

 

 



Suv xo‘jaligi inshootlarini zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda katta mablag‘ 

ajratilayotgani hech kimga sir emas. Respublika bo‘yicha har yili o‘n minglab kilometr 

magistral kanallar, sug‘orish va nov tarmoqlari, qanchalab gidrotexnik inshootlar va 

gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi, texnik holati yaxshilanadi. Natijada, suvni tezkor 

boshqarish va iste’molchilarga o‘z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratilib, 

sug‘orish tarmoqlaridagi texnik va filtratsiyaga yo‘qolishlar sezilarli darajada kamayadi. 

2007 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ    

holatini yaxshilash Jamg‘armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan  

 Davlat  Dasturining  qabul  qilinishi,  bu  boradagi  ishlar  sifatini  yangi  bosqichga  ko‘tardi.     

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jam g‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektor-

drenaj  tarmoqlarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish  va  ta’mirlash-tiklash  ishlariga  jami  750 

mlrd. so‘m  miqdorida  mablag‘ ajratilgan. Ush bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj 

tarmoqlari,  143  dona  meliorativ  nasos  stansiyalari,  797  dona  vertikal  drenaj  quduqlarini 

rekonstruksiya  qilish  va  qurish  ishlariga,  shuningdek,  minglab  kilometr  zovur-drenaj 

tarmoqlarini  ta’mirlash  va  tiklash  ishlariga,  1500  ga  yaqin  zamonaviy,  yuqori  unumli 

meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning 

maqsadli  yo‘naltirilishi  natijasida,  20-30  yildan  buyon  rejalashtirilayotgan  bir  qator  yirik 

meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi. 

Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan 

maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha 




hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi. 

Suvni  tejaydigan  texnolo  giya  larning  joriy  qilinishi  natijasida  so‘nggi  yillarda  6,0  ming      

gektar  maydonga  tomchilatib  sug‘orish  tizimi  qurilib  muvaffaqiyatli  ishlatilib  kelinmoqda. 

Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi 

3,0  ming  gektarga  yaqin  maydonda  qo‘llanilmoqda.  Uning  asosiy  qismi  paxta 

maydonlaridir.  Hukumatimiz  tomonidan  2013-2017  yillarda  qo‘shimcha  25  ming  gektarda, 

shu  jumladan    yangidan  barpo  etiladigan  bog‘-tokzorlar,  sabzavot-poliz  ekinlari 

yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. 

Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari 

bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi 

bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish  Suv  resurslaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish, 

sug‘orish  va  zax  qochirish  tizimlarini  ta’mirlash-tiklash,  suv  xo‘jaligi  inshootlari  hamda 

nasos  stansiyalarni  modernizatsiya  qilishda  sohaga  Jahon  banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki, 

Islom  taraqqiyot  banki,  Saudiya  rivojlanish  fondi,  OPEK  fondi,  Quvayt  fondi,  Xitoy  Xalq 

Respublikasi Eksimbanki, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya kabi davlatlar hamda xalqaro 

tashkilotlar  va  agentliklarning  investitsiyalari  keng  jalb  etilmoqda.  Oxirgi  10  yilda  soha 

tizimini  texnik        va  texnologik  qayta  qurish,  yangilash  uchun  umumiy  qiymati  1,2  mlrd. 

dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Irrigatsiya va Drenaj bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita, Butunjahon 

Suv Kengashi, Suv Resurslarini Rivojlantirish va Boshqarish bo‘yicha Islom Davlatlar aro 

Tarmog‘i, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro Komissiya kabi xalqaro tashkilotlarning teng  

huquqli a’zosi hisoblanadi. Bugun ushbu uzviy va izchil xalq aro hamkorligimiz tufayli suv 

resurslaridan samarali foydalanishdek o‘ziga xos tajribamiz jahon hamjamiyati tomonidan 

global suv xo‘jaligi siyosatining shakllanishida qo‘llanilmoqda. 

2011 yilning may oyida Toshkent shahrida Butunjahon Suv Kengashi bilan hamkorlikda 

«6-chi Umumjahon Suv Forumi sari – suv xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik harakatlari» 

mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan 32 mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro 

nufuzli tashkilotlardan 400ga yaqin ekspertlar, olimlar va suv xo‘jaligi sohasidagi yetakchi 

mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish 

borasida tutgan pozi tsiya si juda to‘g‘ri ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. 



Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati 

Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo 

daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni 

davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv 

ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda 

qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan 

energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 

 

 



 

 

– Ma’lumki, bunday GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv 



omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa, elektr manbaini ishlab chiqarish uchun 

yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan 

mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv 

taqchilligi yuzaga keladi 

Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida 

kanallar qirg‘oqlari yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish 

darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti bilan bog‘liq mavjud 

vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda. 

Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh daryosida joylashgan. Umumiy suv 

sig‘imi 10,5 mlrd.m3 To‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland 

to‘g‘on hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda 



ishlatilishiga mos keladi. 

Shunga qaramasdan, 1992 yillardan boshlab Nurek GESi suv ombori bilan birgalikda to‘liq 

energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda 

barcha suv chiqarib yuboriladi. Masalan, suv kam bo‘lgan 2011 yilning yoz davrini eslaylik. 

Amudaryoning quyi qismida qattiq suv tanqisligi yuzaga kelib, hatto chorva mollarini suv 

bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug‘ildi. Vaholanki, bu paytda Nurek suv omborida 

4,5 mlrd.m3 suv ushlanib qolindi. Bu bilan O‘zbekiston va Turk maniston uchun keladigan 

daryoning suvi shuncha miqdorga sun’iy ravishda kamaytirildi! Shu tariqa, yuqoridagi ikki 

davlatning sug‘orish mavsumida Amudaryodan har yili 4,0-4,5 mlrd.m3 kam suv olmoqda. 

–  Albatta,  daryolarning  tabiiy  holatini  sun’iy  rejimga  o‘zgartirish,  nafaqat  qishloq 

xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof 

muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.   

Daryoda yozgi 

oqim  va  suv  sathining  keskin  o‘zgarishi  ekotizimning  izdan  chiqishiga,  chunonchi, 

daryoning  quyi  oqimida  mavjud  ko‘plab  baliq  turlarini  yo‘qolib  ketishiga  ham  olib 

kelmoqda.  Bunday  holat  suv  taqchil  bo‘lgan  2000,  2001,  2008  yillarning  vegetatsiya 

mavsumida  ham  yaqqol  kuzatilgan.  Yirik  GES  va  suv  omborlarini  qurish  bilan  bog‘liq 

masalalar  Transchegaraviy  daryolar  hisoblangan  Amudaryo  va  Sirdaryoning  yuqori 

oqimlarida yirik gidroenergetik ob’ektlarning qurilishi, Osiyo mintaqasida shundoq ham o‘ta 

nozik  bo‘lgan  ekologik  vaziyatni  va  suv  ta’minotidagi  muvozanatni  buzib,  ekologik 

inqirozni,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  muammolarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Birinchi 

Prezidentimizning 2010 yil  20 sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik 

rivojlanish maqsadlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishida bu mavzuda g‘oyat tashvishlanib qilgan 

nutqi ko‘pchiligimizning 

yodimizda. Bu bejiz emas. Chunki, yirik gidroenergetik inshootlarning seysmik yuqori 

bo‘lgan zonalarda qurilishi kelgusida texnogen avariyalar natijasida misli ko‘rilmagan 

halokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. O‘tgan yillarda minglab insonlarning 

halokatiga sabab bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima AESida, Rossiyaning Sayano- 

Shushensk GESidagi texnogen avariyalar yoki Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Bantsyao 

va Shimantan suv omborlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli va o‘ta og‘ir 




vaziyatlar  bunga  yaqqol  misoldir.  Qo‘shni  davlatlar  manfaatlariga  xizmat  qilishiga 

qaratilgan  transchegaraviy  suv  resurs  -  larining  tabiiy  oqimi  va  rejimini  o‘zgartirishga  doir 

xatti-harakatlar  nafaqat  xalqaro  suv  huquqlarining  me’yorlariga  zid,  balki  insonlarga  va 

tabiatga  nisbatan  bo‘lgan  umum  insoniy    tamoyillarga  ham  qarama-qarshidir.  Shu  o‘rinda 

qator  savollar  tug‘iladi:  nimaga  asoslanib  transchegaraviy  dar  yolarning  tabiiy  gidrologik 

rejimi  o‘zgartiriladi?  Sun’iy  ravishda  hosil  qilingan  suv  tan  qisligi  hamda  aholi  punktlari, 

ekin va chorva mollari maydonlari suv bosishining zararini kim qoplaydi? Shubhasiz, dunyo 

hamjamiyati  tomonidan  transchegaraviy  suv  resurslaridan  foydalanish  borasida  ishlab 

chiqilgan  va  qabul  qilingan  xalqaro  hujjatlar  bu  savollarga  javob  berishi  mumkin.  2007 

yildan buyon O‘zbekiston BMT doirasida qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va 

xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Xalqaro suv 

oqimlaridan  kema  qatnovisiz  foydalanish  huquqlari  to‘g‘risida»gi  konvensiyalarga  a’zo 

bo‘lgan.  Ushbu hujjatlarda  barcha davlatlarning  manfaatlari birdek hisobga olingan  bo‘lib, 

uning  asosiy  ta  moyil  laridan  biri,  bu  transchegaraviy  suv  resurslaridan  adolatli  va  oqilona 

foydalanish hamda qo‘shni davlatlarga «zarar yetkazmaslik» hisoblanadi. Ushbulardan kelib 

chiqib,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  O‘rta  Osiyo  davlatlari  o‘rtasida  transchegaraviy  suv 

oqimlaridan  foydalanish  mintaqadagi  barcha  davlatlarning  manfaatlarini  hi  sobga  olgan 

holda,  xalq  aro  huquq  me’yorlari  va  konvensiyalarning  tamoyillari  asosida  tashkil  etilishi, 

transchegaraviy  daryolarda  yirik  inshootlar  qurilishi,  albatta  xal  qaro  xolis  ekologik  va 

texnik ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holdagina amalga 

oshirilishi,  aholi  sonining  keskin  sur’atlar  bilan  oshishi,  ehtiyojlarning  kun  sa  yin  ortishi 

hamda  iqlim  o‘zgarishining  ta’siri  natijasida  suv  resurslarining  yildan  yilga  kamayib 

ketayotganini  hisobga  olib,  suv  resurslari  birinchi  navbatda,  ichimlik  va  sanitariya 

maqsadlariga,  so‘ng  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  yetishtirishga  va  ekologik  holatni 

barqaror lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak. 

     


 

 

 



 

 



                            Xulosa qilib aytganda 

Azaldan  ota-bobolarimiz    suvni  har  tochisini  muqaddas  ne’mat  bilib,uning  har 

tomchisidan sammarali va tejamli foydalanishgan.Chunki suv resurslarning miqdori va sifati 

jamiyatning  barqaror  ijtimoiy  va  iqtisodiy  rivojlanishini  muhim  ommilaridan  biri 

hisoblangan.  Shuning  uchun  Suvni  asrab  avaylash  kerak  Suv  bu  hayot,  uni  asrab  avaylab 

kelajak avlotga yetkazaylik. 

 

 

 



 

  

 



 

 

 



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish