68
byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq huquq va majburiyatlar, vakolatlarning
biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar majmuidir‖
40
.
Ushbu ta‘rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‗lmaydi, chunki u
mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‗rib chiqish va tayyorlash
jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida
mablag‗larning bir byudjet bo‗g‗inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar
o‗rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta‘rifda umuman fikr bildirilmagan.
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish darajasini
tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo munosabatlar sodir
bo‗layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‗ra ularni byudjet tizimi pog‗onalari o‗rtasidagi
va bir darajadagi byudjet bo‗g‗inlari o‗rtasidagi munosabatlarga bo‗lish mumkin. Demak,
―byudjetlararo munosabatlar‖ tushunchasi, bizning fikrimizcha, quyidagilarni o‗z ichiga
olmog‗i lozim:
−
byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‗liqroq
tarkibini;
−
davlat hokimiyati boshqaruv organlarining o‗zaro (bir darajadagi) munosabatlarini;
−
quyi byudjet bo‗g‗inlarining respublika byudjeti bilan o‗zaro munosabatlarini;
−
moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan yuqori
byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo.
Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi
tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta‘kidlash zarur:
−
birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet siyosatini
markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir;
−
ikkinchidan,
byudjetlararo
munosabatlar
byudjet
siyosatining
boshqa
yo‗nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi;
−
uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli
darajalaridagi hokimiyat organlari o‗rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning
ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‗rtasida markaz orqali shakllangan va davlat
hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti
uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag‗larining
taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir;
−
to‗rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika darajasi)ga
mablag‗lar tushib turishining ta‘minlanishi o‗z navbatida ularga davlat boshqaruvi
bo‗yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqini ham
beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‗z hududlari manfaatida yagona va
samarali boshqaruvni ta‘minlaydi. Shu bilan birga, respublika byudjetidan mahalliy
byudjetlarga mablag‗larning ajratilishi mamlakatni markazdan boshqarishda mahalliy
byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun dastak yaratadi hamda
hududlarda ma‘lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga kelishining obyektiv asoslarini
bartaraf etadi;
−
beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda
quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu
munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‗lmas edi. Shu
40
Babich A. M. Finansi : Uchebnik/ A. M. Babich, L. N.Pavlova. -M.: ID FBK-PRESS, 2000.
69
sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta‘sirchan omil
hisoblanadi.
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘rif berishimiz
mumkin:
“Byudjetlararo munosabatlar – davlat byudjet mexanizmining muhim ajralmas
elementi bo„lib, mamlakatning ma‟muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o„rtasida
markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash
jarayonini oqilona tartibga solishni ta‟minlaydi va bundan tashqari, markaziy
hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va
majburiyatlarni o„zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida
jamlangan pul mablag„larining ushbu subyektlar o„rtasida qayta taqsimlanishini o„z
ichiga oluvchi munosabatlar yig„indisidir”
41
.
Do'stlaringiz bilan baham: