O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Byudjet tizimi byudjetlari o„rtasidagi o„zaro munosabatlar shakllari



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

3.3. Byudjet tizimi byudjetlari o„rtasidagi o„zaro munosabatlar shakllari 
Mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar, 
pirovardida 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‗lib, bu o‗z navbatida mamlakat 
hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita bog‗liqdir. Dunyoning 
rivojlangan davlatlarida hududlar taraqqiyoti orqali yuqori ko‗rsatkichlarga 
erishilganligini xorijiy tajribalarni o‗rganish jarayonida ko‗rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmi, mahalliy 
byudjetlarning barqarorlik ko‗rsatkichlari ko‗p jihatdan shu hududning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bevosita bog‗liq. Barcha darajadagi byudjetlarning 
mustaqilligi byudjet tizimining asosiy tamoyili sifatida belgilangan bo‗lib, ushbu 
tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o‗z vakolatlari doirasida 
byudjet jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish huquqlarini anglatadi. Har bir 
darajadagi byudjet daromadlarining o‗z manbalari, shuningdek, hududlardagi 
vakolatli hokimiyat organlarining soliq qonunchiligida belgilangan mahalliy soliqlar 
va yig‗imlar stavkalarini o‗zgartirish huquqi qonun asosida mustahkamlab qo‗yilgan. 
Daromadlar manbalarining belgilanishi va ular qonun asosida mahalliy byudjetlarga 
biriktirib qo‗yilishi mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligi va byudjetlarning 
daromad manbalarini mustahkamlashdan manfaatdorligini oshiradi. Bunda mahalliy 
byudjetlarga kelib tushadigan mablag‗larning tartibga soluvchi manbalari belgilangan 
bo‗lib, ular jumlasiga belgilangan me‘yorlar bo‗yicha umumdavlat soliqlaridan 
ajratiladigan mablag‗lar kiradi. Barcha darajalardagi byudjetlar xarajatlarining 
yo‗nalishlari aniq taqsimlab qo‗yilganligi, shuningdek qo‗shimcha daromadlarni 
taqsimlashda mustaqillikka ega ekanliklari mahalliy hokimiyat organlarining byudjet 
mablag‗larini mintaqaviy rivojlanish dasturlariga muvofiq samarali sarflab borish 
imkoniyatini beradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, mahalliy byudjetlar 
daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: 
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar; 
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar; 
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar. 


29 
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma‘lumki, mamlakatlarda 
ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajadasining 
turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va 
ijtimoiy salohiyatining boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning 
eng muhim vazifalaridan biri o‗z fuqarolari farovonligining barqaror o‗sishini 
ta‘minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdan 
iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali 
qayta taqsimlash orqali erishiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining ―Byudjetlararo munosabatlar‖ 
deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning huquqiy asoslari o‗z 
aksini topgan.
Davlat byudjetining mablag‗lari turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida 
byudjet 
transfertlari shakllari
asosida qayta taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining Byudjet 
kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo‗llaniladi: 
subvensiyalar – 
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi 
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul 
mablag‗lari; 
o„tkazib beriladigan daromadlar –
tegishli ma‘muriy-hududiy birlikda (masalan, 
biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori turuvchi 
byudjetga o‗tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo‗lsa, o‗sha 
ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib beriladigan daromadlar; 
dotatsiyalar – 
byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‗z daromadlari 
yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‗rtasidagi farqni qoplash uchun 
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‗lari; 
byudjet ssudalari – 
qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi 
turuvchi byudjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlariga 
ajratiladigan pul mablag‗lari; 
o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar – 
moliya yili mobaynida byudjetlar 
parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida yuzaga 
keladigan o‗zaro pul munosabatlari; 
maqsadli ijtimoiy transfertlar – 
yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi 
byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo‗yicha 
xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan pul mablag‗lari. 
Respublika 
byudjetidan 
mahalliy 
byudjetlarga 
ajratiladigan 
byudjet 
subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‗liq: 
Byudjetlararo munosabatlar
turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika 
byudjeti bilan viloyat byudjeti), shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi tegishli byudjetlarni 
moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir. 


30 

hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‗z daromad bazalari 
mustahkamligiga; 

hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va 
boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‗lamiga; 

hududlar bo‗yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga; 

hududlardagi aholi soniga; 

ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‗ oluvchi 
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‗lgan ehtiyojiga; 

hududlar o‗rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga 
olinadigan boshqa omillarga. 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy 
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‗lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, 
mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‗ra, balanslashgan daromadlar va 
xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi 
taqchilligiga yo‗l qo‗yilmasligi lozim. 
Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi 
cheklovlar o‗rnatilgan, ya‘ni Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga yo‗l 
qo‗yilmaydi: 

mablag‗lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi byudjetlardan 
byudjet ssudalari olish mustasno; 

tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan ortiq xarajatlarni amalga 
oshirish; 

tegishli byudjetlar mablag‗lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar 
foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish; 

yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish. 
Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar – byudjet mexanizmining muhim 
ajralmas elementi bo‗lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari 
o‗rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash 
jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari, markaziy 
hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va 
majburiyatlarni o‗zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida 
jamlangan pul mablag‗larining bir qismini ushbu subyektlar o‗rtasida qayta 
taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi‖
24


Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish