274
aniqlash va hisobini yuritish;
-
yolg‗iz fuqarolarga homiylik yordamlarini ko‗rsatish maqsadida ularning
ilgari ishlagan mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‗zini o‗zi
boshqarish organlari bilan aloqalarini olib borish;
-
yolg‗iz fuqarolarni internat-uylariga joylashtirish uchun ko‗maklashish.
Tuman yoki shahar bo‗yicha uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatida qayd
etilgan yolg‗iz fuqarolarga ushbu bo‗linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan
bevosita quyidagi ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatiladi:
-
zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib
berish;
-
uy-joy ashyolari va kiyim-kechaklarni yuvish, kimyoviy tozalashga topshi-
rish, ta‘mirlash va ularni yetkazib berish;
-
zarur tibbiy yordam ko‗rsatish ishlarida, uy-joyni tozalashda, xonadon
ichidagi santexnik jihozlarni ta‘mirlashda ko‗maklashish;
-
qarindosh va do‗stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‗liq iltimoslar
va boshqa turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
markazlari o‗zlarida ro‗yxatda turuvchi yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat
ko‗rsatish ishlari bo‗yicha har haftalik monitoring olib boradi va ijtimoiy
xodimlarning xizmat ko‗rsatish faoliyatiga baho beradi. Shuningdek, Markazlar
yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish bo‗yicha har chorak yakunida
tegishliligiga ko‗ra, Qoraqalpog‗iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‗z navbatida O‗zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma‘lumot
taqdim etib boradi.
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‗rsa-
tish haqidagi Nizom
121
bilan Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati tomonidan xizmat
ko‗rsatiladigan yolg‗iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‗lib, unga ko‗ra, yolg‗iz
fuqarolarning quyidagi toifalari uyda xizmat ko‗rsatish uchun qabul qilinadi:
-
sog‗lig‗iga ko‗ra o‗zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari (jumladan
farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari bilan birga yashamaydigan
pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan
yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa yoki I va IIguruh nogironi bo‗lgan
er-xotinlar;
-
o‗zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga etmagan yoxud I va IIguruh nogiron
farzandlari bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan
yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa
yoki I va IIguruh nogironi bo‗lgan er-xotinlar;
-
o‗zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari jazo muddatini o‗tayotgan yoki
uzoq muddatli davolanishda bo‗lgan (ruhiy, sil va boshqa kasalliklar) davri
mobaynida pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va
121
O‗zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 1 iyuldagi 38-B-son
buyrug‘iga ilova