17.1-rasm. Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari
119
barcha turdagi pensiyalar;
ijtimoiy nafaqalar;
turli kompensatsion to‗lovlar;
fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari;
fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar;
uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va
xizmat ko‗rsatish;
nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan
ta‘minlash;
119
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. B.185.
barcha turdagi pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar, turli kompensatsion
to‘lovlar
fuqarolarning alohida toifalariga
tibbiy yordam va davolash
xizmatlari
fuqarolarning alohida toifalariga
imtiyozlar
uy-internatlarda keksa va mehnatga
layoqatsiz fuqarolarga qarash va
xizmat ko‘rsatish
nogironlarni ortopediya-protez
buyumlar va harakatlanish vositalari
bilan ta‘minlash
bolalar uylari, internatlar va boshqa
muassasalarda bolalarga qarash va
ularni tarbiyalash
nogironlarni ishlab chiqarish va
kasbiy reabilitatsiya qilish
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari
ko‘rsatish
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-
darmonlar bilan ta‘minlash
uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va
boshqalar
Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari
266
bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va
ularni tarbiyalash;
nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‗rsatish;
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta‘minlash;
uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish va boshqalar.
Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi hisobidan
moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‗qotganlik va nogironlik
pensiyalari, bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimlari uchun
nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini saqlash, bepul
ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish
kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar) hisobidan, boshqa
birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‗rsatish) kasaba uyushmalari
hisobidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini yoritishga bag‗ishlangan fikrlarimizni
nihoyasiga yetkazib shuni ta‘kidlaymizki, bepul ta‘lim, uy-joy bilan bepul ta‘minlash
kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini yengillashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta‘minot tarkibiga kirmaydi,
balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta‘minlash chora-tadbirlari qatorida davlat
byudjeti va boshqa davlat mablag‗laridan moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta‘minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida
namoyon bo‗ladi.Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta‘minotning quyidagi
funksiyalarni bajarishi ko‗rsatilgan:
iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy-
reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta‟minotningiqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning qiyin hayotiy holatlarda
moddiy qo‗llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab olish
uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi va ishlab
chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‗ladi.
Ijtimoiy ta‟minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli ijtimoiy qatlamlari
ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot
kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‗sishini rag‗batlan-
tirish, sog‗lom avlodni yetishtirish, fuqarolarning umr ko‗rish davomiyligini oshirish
kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta‟minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi
keksa va mehnat
qobiliyati bo‗lmagan fuqarolarning o‗ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish bilan
bog‗liq bo‗lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‗lig‗ini muhofaza qilish
uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‗ladi. Amalda bu funksiyaning
namoyon bo‗lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash, boshqa
bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, uchinchilariga
uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishda ko‗rish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta‘minot yana bir, bizning nazarimizda juda
muhim funksiya –
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‗z
267
fuqarolariga ijtimoiy ta‘minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‗z oldiga ularni
ijtimoiy himoya qilishdek o‗ta muhim vazifani qo‗yadi, zero qiyin hayotiy holatlarda
ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy vaziyat bilan
bog‗liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy ta‘minotning zarurligi va
ahamiyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |