15.4. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini moliyalashtirish tajribalari
Jahon amaliyotida mamlakatdagi sog‗liqni saqlash sohasini moliyalashtirish-
ning quyidagi modellari shakllangan: Birinchi model – xususiy tibbiy sug‗urtaga
asoslangan bo‗lib, bu modelda sog‗liqni saqlash xizmatlari asosan aholining shaxsiy
mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Tibbiy xizmatlarga bo‗lgan talabni
qondirishning asosiy vositasi bozor hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlari, yolg‗iz qariyalar, turli kasalliklarning tarqalishiga qarshi profilaktika
tadbirlari esa davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu model AQSHda ustuvor
darajada amal qiladi. Ikkinchi model tibbiyot sohasi xarajatlarini davlat ijtimoiy
sug‗urtasi mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish bo‗lib, bunda sug‗urta badallari
majburiy soliqlar shaklida yig‗iladi, ushbu yig‗ilgan mablag‗larni taqsimlash davlat
boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Buyuk Britaniya, Kanada,
Italiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda amal qiladi. Uchinchi model
aholiniijtimoiy jihatdan himoyalashni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga,
bozor munosabatlariga asoslangan holda ijtimoiy sug‗urtani keng joriy qilish hamda
sog‗liqni saqlash tizimini ko‗p kanalli moliyalashtirish modeli bo‗lib, bir qator
mamlakatlarning milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashtirish amaliyotiga keng joriy
qilingan. Bunda davlat aholiga, ularning daromadlilik darajasidan qat‘iy nazar, tibbiy
xizmat olishlarini kafolatlaydi. Bu modelning asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil
qiladi.
Xorijiy tajribalar shuni ko‗rsatadiki, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish
xarajatlari turli manbalardan amalga oshiriladi:
– davlat byudjeti;
– majburiy tibbiy sug‗urta;
– xususiy tibbiy sug‗urta;
114
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi ―Davlat tibbiyot muassasalari va sog‗liqni saqlashni
boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‗batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4007-son
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2018-yil 12-noyabr, 45-son, 876-modda.
253
–tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri pullik to‗lovlar.
Jahon mamlakatlari sog‗liqni saqlash tizimida moliyalashtirishning yuqorida
sanab o‗tilgan manbalarining sof holda faqat bittasidan foydalanmaydi. Milliy
tibbiyot tizimlarini moliyalashtirishda barcha davlatlar sanab o‗tilgan manbalardan
aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya,
Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan.
Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada byudjetdan moliyalashtirish
tizimi keng tarqalgan. AQSHda esa xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror
shakllangan.
Mustaqil
Davlatlar
Hamdo‗stligi
davlatlarida
byudjetdan
moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, Qirg‗iziston, Rossiya,
Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya kabi mamlakatlarda majburiy ijtimoiy tibbiy
sug‗urta joriy etilgan.
Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari (S. Hakansson, V.
Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L. Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen, H.
Zollner) tomonidan turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan
farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan:
“Universallashgan model”
(Buyuk Britaniya, Irlandiya, qismanDaniya) –
milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy qismi umumiy soliqlar evaziga moliya-
lashtiriladi. Tibbiyot xizmatlari asosan davlat sog‗liqni saqlash muassasalarida
amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan kontrakt asosida yollanadi.
“Kontinental model”
(Germaniya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya,
Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash muassasalari asosan ish haqi fondidan ajratiladigan
ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari evaziga moliyalashtiriladi.
Ularning ulushi jami sog‗liqni saqlash xarajatlarining ¾ qismiga teng.
“Janubiy model”
(Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman Italiya) – sog‗liqni
saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish haqi fondi va bandlikka ko‗maklashish
fondiga to‗g‗ri keladi. Tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga qarashli bo‗lgan, ham
xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi.
“Skandinaviyamodeli”
(Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) – sog‗liqni saqlash
xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga qoplanadi (markaziy va mahalliy
byudjetlar darajasida). Bunda tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish haqiga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga qarashli,
ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‗rsatiladi.
“Xususiy model”
(AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi xarajatlari asosan
fuqarolar hisobidan, qisman esa, davlat mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi.
tibbiyot xizmatlarini taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri keladi.
“Iqtisodiyoti o„tish sharoitidagi davlatlar modeli”
(Sharqiy Yevropa,
MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) -ushbu davlatlarda sog‗liqni saqlash
sohasini moliyalashtirish tizimi asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi,
shuningdek, qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur
davlatlarda sog‗liqni
saqlash sohasipullik xizmat ko‗rsatish institutlariga
o‗tkazilmoqda.
Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish, aholi salomatligini
saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va
254
vositalari shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan ajratilgan iqtisodiy resurs-
larning miqdori va sifati hamda sog‗liqni saqlash tizimida ulardan foydalanish
samaradorligi mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy, siyosiy,
ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sog‗liqni saqlash tizimining uzoq
muddatli va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun ko‗plab rivojlangan davlatlar-
ning tibbiyot sohasiga iqtisodiy resurslar va moliyaviy mablag‗larni safarbar etish
modellari va usullarini chuqur o‗rgangan holda, bu boradagi ijobiy tajribalarni
yurtimizda ham tatbiq etish, pirovardida tibbiyot sohasida ijtimoiy adolat va iqtisodiy
samaradorlik o‗rtasida muvozanatning ta‘minlanishiga erishish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |