14.7. Xorijiy davlatlarda ta‟lim tizimini moliyalashtirish tajribalari
Ta‘limtizmiga qilingan xarajatlar – inson omiliga investitsiyadir. Jamiyat va
davlat bunday investitsiyalardan manfaatdor, chunki ta‘lim darajasini oshirish
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy muammolarni
yumshatadi. Shuning uchun ham ta‘limga yo‗naltirilgan moliyaviy resurslar alohida
ustuvorlik kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim tizimiga ajratiladigan xarajatlar mamlakatlar
YAIMining o‗tracha 3,5-5,5 foizini tashkil qilmoqda. Bu ko‗rsatkichning ko‗p yoki
kam ekanligini bilish uchun quyidagi ma‘lumotga murojaat qilamiz: ―Mamlakatda
ta‘lim tizimining barqaror rivojini ta‘minlash uchun mamlakat YAIMining 7-8 foizini
safarbar qilish maqsadga muvofiq‖
102
.
14.2-jadval
Turli davlatlarda umumiy ta‟limga davlat ajratmalari
103
foizda
Ko„rsatkichlar
Buyuk
Britaniya
AQSH
Fransiya
Yaponiya
Ta‘limga davlat xarajatlari,
YaIMga nisbatan
5,5
5,3
5,7
3,5
Ta‘limga xarajatlar, davlat
xarajatlariga nisbatan
12,5
13,7
10,6
9,5
Xarajat moddalari bo‗yicha
muassasa xarajatlari:
102
FutaoHuang. Higher education financing: Trends and challenges. International Journal of Educational
Development. January 2018, Pages 106-115
103
http://www.auditfin.comelektron manzilima‘lumotlari asosida tuzildi.
226
Xodimlarga ish haqi
73,1
71,8
74,6
79,7
Smeta xarajatlari bo‗yicha:
Joriy xarajatlar
91,5
88,8
90,2
90,3
Kapital xarajatlar
8,5
11,2
9,8
9,7
Mamlakatlar uchunkadrlar tayyorlash sohasi bir nechta sabablarga ko‗ra
muhimdir. Birinchidan, bu mamlakat rivojlanishining yuqori darajalariga erishish
yo‗lidagi muhim qadam hisoblansa, ikkinchidan, ta‘lim sifati va samaradorligi inson
kapitalining yuqori salohiyatini belgilab beradi. Har bir mamlakatda kadrlar
tayyorlashni moliyalashtirishning turlicha modellaridan foydalaniladi. Ayrim
davlatlarda ta‘limni moliyalashtirishga asosan xususiy mablag‗lar yo‗naltirilsa,
ayrimlarida bu sektor asosan davlat mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadi. Keyingi
yillarda mamlakatimizda ta‘lim sohasiga yo‗naltiriladigan davlat va xususiy sektor
mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat birmuncha o‗zgardi va xususiy manbalarning ustunligi
kuzatilmoqda.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta‘limni moliyalash-
tirishning hajmi va usullari bir qator omillarga ko‗ra belgilanadi:
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
oliy talim oldiga davlat va jamiyat qo‗yadigan vazifalar ko‗lami;
mamlakatda qaror topgan milliy qadriyatlar va an‘analar;
oliy talim muassasalarini tashkil etish va boshqarishning o‗ziga xosligi.
Mana shu holatlar ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning milliy modelini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Yaponiya, masalan AQSh, Kanada va Shvetsiyadagi kabi, barcha uchun
barobar bo‗lmagan, aksincha, oliy maqomdagi oliy ta‘lim modeliga ega, davlatning
ta‘limga xarajatlarining YaIMdagi ulushi sezilarli darajada past. AQSh, Kanada va
Shvetsiyada oliy ta‘lim hamma uchun ochiq, lekin bu – mamlakat rahbar doiralari-
ning olib borayotgan siyosati, milliy an‘analarning natijasi hisoblanadi. Agar
Yevropa mamlakatlari, xususan Frantsiya, Germaniya oliy ta‘lim tizimini davlat
byudjeti hisobidan ustuvor darajada moliyalashtirib va davlat tomonidan nazorat
qilib, bozor iqtisodiyotining salbiy ta‘siridan himoya qilsa, AQShda oliy ta‘lim
an‘anaviy tarzda federal hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan muntazam
aloqada faoliyat ko‗rsatadi, hatto davlat ta‘lim muassasalari ham pullik asosda
faoliyat yuritadi.
Hukumat tomonidan ajratiladigan davlat grantlari, talabalardan ta‘lim uchun
olinadigan haq, tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar – oliy ta‘lim muassasa-
larini mablag‗ bilan ta‘minlaydigan manbalar hisoblanadi. Turli mamlakatlarda bu
manbalarning nisbati turlicha bo‗lib, bu nisbat har bir mamlakatda ma‘lum davrlarda
o‗zgarib turadi. Ta‘lim muassasasi talabalari kundalik sarf-xarajatlarini o‗zlari
ko‗taradilar. Buning uchun ota-onalarining mablag‗lari; hukumatdan olingan
individual grantlar; talabalarga tarqatiladigan maxsus zaymlar; qo‗shimcha daromad-
lar kabi manbalar va imkoniyatlar mavjud. Shuni ta‘kidlash joizki, tizim, jamiyat
227
yoki qaysi mamlakatligidan qat‘iy nazar xarajatlar u yoki bu tarzda quyidagi to‗rt
manbadan olinishi mumkin: ota-onalar, talabalar, soliq to‗lovchilar va ta‘lim
muassasasi. Qayd etilgan moliyalashtirish manbalari ikki guruhga ajraladi: davlat va
xususiy.
Ko‗pgina xorijiy mamlakatlarda davlat byudjetini muvozanatlashtirish maqsa-
dida davlat xarajatlari hajmini qisqartirishga harakat qilinadi. Hatto G‗arbiy
Yevropada moliyalashtirish nisbati hukumat grantiga nisbatan ochiq-oydin oliy o‗quv
yurtining tijorat faoliyatidan yoki ta‘lim uchun to‗lovdan keladigan daromad tomon
siljimoqda. Germaniya kabi mamlakatlarda ta‘lim uchun to‗lov amalda nominal
tarzda belgilanadi, Buyuk Britaniyada esa ancha sezilarli darajada yuqori, lekin
ko‗pchilik mamlakatlarda bu xarajatlarning og‗irligi talaba yashaydigan tuman yoki
shahar hokimiyati zimmasiga tushadi, hukumat ta‘lim muassasalariga mustaqil tarzda
ta‘lim uchun haq belgilashni taqiqlaydi. Hozirgi paytda bu tizim o‗zgarishlarga
uchramoqda va tez orada ko‗pgina g‗arb mamlakatlarida ta‘lim uchun haq to‗lashni
ta‘lim muassasalarining o‗zlari belgilaydi va moliyalashtirish asosan talabalar
tomonidan amalga oshiriladi. Prognozlarga qaraganda, bu hol ta‘lim sifatini
ko‗tarishga imkon beradi, chunki talabalar o‗zlari tanlagan o‗quv yurtlariga yuqori
talab qo‗yadilar, ta‘lim muassasalari esa, o‗z navbatida, ta‘lim jarayoniga yuqori
e‘tibor qaratadilar. Umuman olganda, ancha yuqori mehnat unumdorligi va aholining
yuqori daromadini ta‘minlovchi yuqori darajadagi ta‘lim hisobidan jamiyat faqat
yutadi, bu – ta‘lim xarajatlari bir qismini hukumat moliyalashtirishi ma‘qul
ekanligining yaqqol dalilidir. Keyingi o‗rinda esa hukumatlarning e‘tiborini talabalar
(ularning ota-onalari) tomonidan to‗lanadigan badallarning adolatli nisbatiga jamlash
mumkin. Bugungi kunda ko‗pgina G‗arb mamlakatlarida bu nisbatda ko‗proq
talabalar hisobidan moliyalashtirishning hissasi ortib, hukumatning salmog‗i kamayib
bormoqda.
Ba‘zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish rivojlangan. Talabalar moliyaviy
holatining keskinlashuvi bilan bog‗liq ziddiyat oqibat natijadao‗qish uchun
xarajatlarning bir qismini o‗zining ish haqi hisobidan moliyalashtirishga o‗tishga olib
keldi. Bu o‗qish muddatining uzayishi va ta‘limning ancha moslashuvchan modeliga
talabning yuzaga kelishiga ta‘sir ko‗rsatdi. Ammo ta‘lim uchun talabalardan
olinadigan haqhattoAQSh davlat ta‘lim muassasalaridagi ta‘limga sarflarning faqat
20 foizini qoplaydi, xolos (xususiy ta‘limda 33%). Qolgan xarajatlar davlat va
xususiy manbalardanmoliyalashtiriladi. Ko‗pgina mamlakatlarda oliy ta‘limni
davlatdan moliyalashtirishda byudjet taqchilligi yildan yilga saqlanib qolmoqda.
Shuning uchun ta‘lim muassasalariga moliyalashtirishning qo‗shimcha manbalarini
izlab topish huquqi beriladi va bunda ularga har tomonlama yordam ko‗rsatiladi.
Tijorat faoliyati quyidagi shakllarda olib boriladi:
universitetmaydonlari va jihozlaridan konferentsiyalar va boshqa ommaviy
tadbirlar o‗tkazishda foydalanish;
ta‘lim muassasalari ko‗rsatadigan xizmatlardan yoki ularga tegishli yerdan
foydalanuvchi firmalarni tuzish;
ta‘lim muassasasi mutaxassislarining tijorat kompaniyalariga maslahatlar
berishini ta‘minlash;
228
aholiga qo‗shimcha ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish;
buyurtmalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va boshqalar.
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizimni barpo etish yo‗lida
amaliy qiyinchiliklar, masalan, foydani ta‘lim muassasalari va firmalar o‗rtasida
taqsimlash borasida vujudga keladi. Ma‘lumki, agar universitet foydasining hamma-
siga ega chiqsa, bunday universitetda hech kim firma ochmaydi. Ta‘lim muassasa-
lariga tijorat faoliyatidan keladigan foyda qayta investitsiyaga yo‗naltirilsa, bunday
hollarda ta‘lim muassasalariga beriladigan soliq imtiyozi sezilarli ahamiyat kasb
etadi.
Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlariga qo‗shimcha sarflarsiz
va professor-o‗qituvchilarni qo‗shimcha jalb qilmay talabalar qabulini oshirish ta‘lim
muassasalari samaradorligini oshirishning eng oson yo‗li hisoblanadi. Buni faqat
ta‘lim muassasasiga jalb etilgan xodimlar ma‘qullagandagina oqlash mumkin. Biroq,
ko‗pgina universitetlarning professor-o‗qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatida
qatnashadilar yoki tadqiqot institutlari bilan bog‗langanlar, bunday yondoshuv
cheklangan imkoniyatga ega. Obyektiv sabablarga ko‗ra, universitetning boshqa
funksiyalarini cheklamay turib,o‗qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas:
talabalar soni faqat qo‗shimcha resurslar hisobigagina oshirilishi mumkin. Mana
shuning uchun, masalan, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda
ta‘lim tizimi juda qimmatga tushgan usulda kengaytirildi – mutlaqo yangi ta‘lim
muassasalari (asosan universitetlar) bunyod etildi.
Ancha keyinroq quyidagi tadbirlarga asosan mutaxassislar yetishtirishga
e‘tibor qaratildi:
kurslar muddatini qisqartirish;
akademik yilni yozgi ta‘limni ham qo‗shib oshirish;
sirtqi va kechki ta‘limni ancha kengaytirishdan foydalanish;
katta guruhlarda ma‘ruza o‗qish (bu tegishli moddiy bazasiz mumkin emas)
va ko‗p sonli o‗qituvchilarni talab qilmaydigan ta‘limni qo‗shib olib borish;
masofaviy o‗qitishdan ancha kam foydalanish.
Shunisi ayonki, yetarlicha resurslar bilan yordam bermay turib, ta‘lim
muassasalariga samaradorlikni oshirish borasida tazyiq o‗tkazish ham ta‘lim, ham
ilmiy tadqiqotlar sifatining pasayish ehtimolini oshiradi. Mana shuning uchun
samaradorlik ancha tez sur‘atlar bilan oshib borayotgan mamlakatlarda vaqti-vaqti
bilan ham ta‘lim, ham ilmiy jarayonni barobar baholashga harakatlar amalga
oshirilmoqda.
Byudjet mablag‗lari haddan ziyod tejaladigan Yaponiya tajribasiga murojaat
etaylik. Yaponiya ta‘lim tizimi mamlakat umumiy byudjeti uchun nisbatan arzon
tushmoqda: Yaponiya hukumatining ta‘limga qiladigan sarfi yalpi milliy mahsu-
lotning 5,5-6 foizini, AQShda bu ko‗rsatkich 7,1 foizni, Buyuk Britaniyada esa 7,7
foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, yapon o‗quvchilari va talabalari ko‗pgina
ko‗rsatkichlar bo‗yicha boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan o‗zib ketgan.
Ko‗rinadiki, yapon ta‘lim tizimining asosiy ustunligi iqtisodga institutsional o‗ziga
xoslikka, xususan, davlat va xususiy sektor nisbati va o‗quv yurtlarini moliyalashti-
229
rishning o‗ziga xosligiga borib taqaladi: nodavlat sektorning ahamiyati boshlang‗ich
ta‘limdan oliy ta‘limga tomon oshib boradi.
Yaponiyada oliy ta‘lim barcha xohlovchilarga ochiq emas. U ham davlat, ham
xususiy ta‘lim muassasalariga tayanadi. Yaponiyada davlat universitetlari asosan
tabiiy-ilmiy, muhandislik fanlari bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash bilan
shug‗ullanadi; nodavlat universitetlar, qoidaga ko‗ra, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy
ixtisosliklar bo‗yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Ko‗rinib turibdiki,
davlat ko‗p sarf talab etadigan ixtisoslik bo‗yicha mutaxassis tayyorlashni o‗z
bo‗yniga olmoqda: ma‘lumki, zamonaviy muhandisni tayyorlash, aytaylik
huquqshunos yoki iqtisodchini tayyorlashdan ko‗ra qimmatga tushadi. Shunday qilib,
ta‘lim tizimi bozorning nobarqarorligidan o‗zini muhofaza qiladi. Vaholanki, xususiy
ta‘lim muassasalari ko‗p xarajattalab va nazariy fanlar bilan bog‗liq ixtisosliklar
olishga qo‗yilgan boshlang‗ich mablag‗larning qaytmaslik xavfi tufayli rivojlanish
imkoniyati pasayadi.
Davlat ta‘lim standartlarini shunday belgilaydiki, nodavlat sektorida xarajatlar
minimal darajaga keladi, bu ta‘lim uchun haqni pasaytiradi, nodavlat oliy ta‘limga
talabni oshiradi. Natijada nodavlat universitetlarining soni ko‗payadi. Bunga
dotatsiya siyosati ham, qimmat tushmaydigan ixtisoslikka o‗qitish uchun litsenziya
berish va o‗qituvchi malakasiga talab ancha past ekanligi ham ko‗maklashadi. Bu ish
haqini tejashga, xususiy universitetlarda bitta o‗qituvchiga to‗g‗ri keladigan talabalar
sonining ko‗p bo‗lishiga imkon beradi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, yapon ta‘lim tizimi o‗z muvaffaqiyati uchun ham
hukumat boshqaruvi darajasidagi, ham davlatning o‗zida, ham nodavlat ta‘lim
tizimidagi menejment madaniyatining yuqoriligidan minnatdor bo‗lsa arziydi.
Ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning asosiy manbalari(davlat va xususiy
manbalar)ga bag‗ishlangan manzaralarga qaytib, oliy ta‘lim tadqiqotchilari
konsortsiumi va YuNESKOning Oliy ta‘lim bo‗yicha Evropa markazi (SEPES)
ekspertlari fikrini keltirish o‗rinlidir. Ular sof davlat yoki mutlaqo xususiy tarzda
ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishdan ko‗ra aralash moliyalashtirish ancha
samarali hisoblanadi, degan xulosaga kelganlar. Bu ham davlat, ham xususiy ta‘lim
muassasalari uchun birdek samaralidir. Shu ma‘noda, AQSh ta‘lim muassasalarini
moliyalashtirish tizimi e‘tiborga molik.
Tarixan Amerikadagi ilk kollejlar xususiy korporatsiyalar tarzida shakllangan.
Ular davlatdan mutlaqo mustaqil tarzda o‗z ta‘lim siyosati, standartlari va tartiblarini
ishlab chiqqanlar. Ammo, IIJahon urushidan keyingi yillarda davlat ta‘lim
muassasalaridagi talabalar miqdori muttasil oshib bordi. Agar 1950-yilda
talabalarning 49 foizi xususiy kollej va universitetlarda ta‘lim olgan bo‗lsa,
keyinchalik davlat mahalliy kollejlari tarmog‗ining kengayishi tufayli nisbat o‗zgardi:
davlat ta‘lim muassasalaridagi talabalar ulushi 78 foizdan oshdi.
Oliy ma‘lumot to‗g‗risidagi diplom beruvchi AQShdagi 3500 ta‘lim muassasa-
sining yarmidan ko‗prog‗i – xususiy korporatsiya hisoblanadi, moliyalash bo‗yicha
mas‘uliyat homiylar zimmasiga yuklatilgan bo‗lib, ular mashhur sobiq bitiruvchilar
va boshqa filantropik yordam ko‗rsatuvchilardan iborat. AQShdagi mashhur tadqiqot
universitetlarining ko‗pchiligi – Garvard, Stenford, Stel, Chikago universitetlari va
230
boshqa nom qozongan kollejlar, xususan, Amxerst, Uilyams, Karetondagi ta‘lim
muassasalari xayriyalarning sezilarli qismini oladilar va yuqori mavqega egadirlar.
Bu ularga ta‘lim uchun yuqori darajada haq olish imkonini beradi (90-yillar boshida
20 ming dollardan yuqori bo‗lgan).
Keyingi o‗n yilliklarda AQShdagi xususiy ta‘lim muassasalarining soni
davlatga qarashlilarnikidan ko‗ra tezroq oshib bordi, ammo, ulardagi talabalar soni,
birinchi galda, ta‘lim uchun haq yuqoriligi, shuningdek, davlat ta‘lim muassasalarida
ham ayni bir xil diplom olish mumkinligi tufayli qisqarib ketdi. Bundan tashqari,
AQSh xususiy ta‘lim muassasalari o‗z hajmiga ko‗ra davlatnikidan ancha kichikdir.
Amerika ta‘lim muassasalarini moliyalashtirish besh asosiy manbadan amalga
oshiriladi:
federal byudjet, shtatlar byudjetlari va mahalliy hokimiyatlardan
ajratiladigan mablag‗lar;
ta‘lim va xizmatlar uchun talabalarning to‗lovlari;
ta‘lim muassasasining o‗z faoliyatidan oladigan daromadlari;
filantropik tashkilotlar va ayrim xususiy shaxslar xayriyalari;
xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus jamg‗armalarda to‗plangan
mablag‗lardan foizlar.
Davlatning oliy ta‘limga yordami ta‘lim muassasasi umumiy daromadining
o‗rtacha 40-45 foizini tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi: federal hukumat
byudjetidan – 10-15 foiz, shtatlar byudjetidan – 25-30 foiz, mahalliy hokimiyat
byudjetidan – 2-5 foiz.
Federal yordam Amerikalik mutaxassislar xulosasi bo‗yicha, foyda olish
maqsadida emas, balki zarurat tufayli shakllangan va ta‘lim bevosita milliy
manfaatlarga xizmat qilishi va milliy qadriyatning ahamiyatli unsuri ekanligiga ko‗ra
hozirgi darajasiga erishadi.
Shuni aytish joizki, oliy ta‘limning davlat yoki xususiy sektor ko‗p yoki kam
samaraliligi xususida birdek ma‘lumot va dalillarni uchratish qiyin. Xususiy ta‘lim
muassasalari ulushi ustunroq bo‗lgan mamlakatlar ham asosan davlat ta‘lim tizimi
shakllangan davlatlar erishgan natijalarni qo‗lga kiritmoqda va aksincha, xususiy
ta‘limning keng tarqalishi na iqtisodda, na ta‘lim sohasida qoniqarli natijalarga olib
kelmayotgan mamlakatlar ham mavjud.
Shunday qilib, keyingi o‗n yilliklardagi klassik universitetlar taraqqiyoti
umumjahon miqyosida oliy ta‘lim iqtisodiyotidagi quyidagi umumiy yo‗nalishlarni
belgilash imkonini beradi:
1. Yevropadagi ko‗pgina mamlakatlarda keyingi bir necha yillar mobaynida
nisbatan (ayrim joylarda mutlaqo) oliy ta‘limni moliyalashtirishning pasayishi yuz
berdi. Bu hol Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy
pasayish bilan bog‗liq. Dunyodagi yirik universitetlarning barchasi o‗z sarflarini
faqat ijtimoiy sohalardagina emas, balki o‗z professorlarini xizmat safariga yuborish
va taklif etilganlarni qabul qilishda ham qisqartirmoqdalar. Masalan, Germaniyaning
faxri bo‗lgan Geydelberg universiteti barcha o‗quv-ilmiy laboratoriyalarining, ular
universitetga qay darajada foyda keltirishi nuqtai nazaridan muntazam tahlilini
231
o‗tkazadi, tahlil natijalariga ko‗ra esa o‗zini oqlamagan ayrim laboratoriyalarini
yopadi).
2. Ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlarning ta‘lim muassasalari davlat
tomonidan moliyalashtiriladigan o‗quv-ilmiy va madaniy markazdan tobora ko‗proq,
korporativ xususiyatlarga ega bo‗lgan bozor iqtisodiyotining iqtisodiy subyektiga
aylanmoqda, shu jumladan, ular tarkibiy bo‗linmalarining samaraliligi va iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqligini baholash olib borilmoqda. Universitetlarda
ta‘limning qo‗shimcha, iqtisodiy jihatdan foydali bo‗lgan turli shakllarining soni
ko‗paymoqda, ilmiy tadqiqotlar esa tobora amaliy xususiyat kasb etmoqda va
firmalar yoki xususiy jamg‗armalar tomonidan moliyalashtirilmoqda; ta‘limning turli
shakllarida mutaxassislar tayyorlash tannarxi bo‗yicha faol tadqiqotlar olib
borilmoqda, ta‘lim uchun haq to‗lashning tabaqalashtirilgan variantlari ko‗rib
chiqilmoqda.
3. Ta‘lim muassasalari taklif etayotgan qo‗shimcha ta‘lim xizmatlarining
keskin o‗sishi, shu jumladan, ta‘lim muassasasini tugatgandan keyin ham ta‘lim
xizmatlarini ko‗rsatish. Bu jarayonni davlat ham rag‗batlantirmoqda, chunki yuqori
malakali mutaxassisga ehtiyoj yuqoridir, bundan nodavlat sektori ham manfaatdor,
chunki o‗z xodimlari malakasini oshirish ehtiyoji ham sezilarli darajada oshmoqda.
Ta‘lim muassasalari ham iqtisodiy jihatdan qo‗shimcha ta‘lim ko‗rsatish tizimini
rivojlantirishdan manfaatdor. Masalan, AQShda ta‘lim muassasalari diplom olgandan
keyingi va qo‗shimcha ta‘lim xizmati ko‗rsatishdan bakalavriat ta‘limidan ko‗proq
daromad oladilar.
4. Ta‘lim muassasalarining tobora ko‗proq avtonom (mustaqil) bo‗lishga
intilishi, ya‘ni ta‘lim muassasalari borgan sari davlat tomonidan kamroq darajada,
asosan o‗zi ishlab topgan mablag‗ hisobiga moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanmoq-
da, bu esa davlat tomonidan nazoratning kuchayib borishi bilan mutanosib ravishda
olib borilmoqda. Ta‘lim muassasasi faoliyati ustidan muntazam nazorat qilish tartibi
yaratilmoqda. AQShda davlat, akkreditatsiyalangan turli (kasbiy yoki hududiy)
agentliklar ishini rag‗batlantiradi, Frantsiyada ta‘limni baholash bo‗yicha maxsus
Milliy qo‗mita tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |