O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining muhim vazifalari



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

21.1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining muhim vazifalari
137
 
Rasmda ko‗rsatilgan ro‗yxat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini 
chegaralash mushkul. Chunki moliyaviy qonunchilikning o‗zgarishi bilan moliyaviy 
nazoratning vazifalari ham o‗zgaradi va aniqlashtiriladi. 
Masalan, byudjet islohotlarining dastlabki bosqichlarida davlat moliyaviy 
resurslarini maksimal darajada iqtisod qilish asosida byudjet taqchilligining o‗rnatil-

137
VahobovA., MalikovT. Moliya. Darslik. –T.: IQTISOD-MOLIYA. 2010. 68-bet 


304 
gan darajasini ta‘minlash ustidan qattiq nazorat olib borish davlat moliyaviy nazorati-
ning muhim vazifalaridan biri bo‗lgan bo‗lsa, islohotlarning bugungi bosqichidagi 
davlat moliyaviy nazoratining vazifalaridan biri – ajratilgan mablag‗lardan maqsadga 
muvofiq samarali foydalanish, ularning iqtisodiyotning ustuvor yo‗nalishlariga va 
ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi tarmoqlariga safarbar etilishi ustidan qat‘iy 
nazoratni olib borishdan iborat bo‗lmoqda. 
Ma‘lumki, mamlakatimizda oxirgi 10 yillar davomida byudjet nazorati 
―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi, ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi 
qonunlar asosida amalga oshirib kelindi. Ushbu qonunlar yurtimizda byudjet 
qonunchiligining umumiy huquqiy asoslarini, davlat byudjetining shakllanish va 
tuzilish prinsiplari, uni ko‗rib chiqish, qabul qilish va bajarish tartibini belgilab berdi, 
shuningdek, unda davlat byudjeti daromadlarining shakllanishi hamda sarflanishi, 
davlat byudjeti mablag‗lari operatsiyalarini amalga oshirishda hisobga olish va 
hisobot, nazorat prinsiplari mustahkamlab qo‗yildi. ―Davlat byudjeti g‗azna ijrosi 
to‗g‗risida‖gi qonun esa davlat byudjetini g‗aznachilik asosida ijro etish tartib-
qoidalarini belgilab berdi. 2014 yilga kelib bu qonunlarni takomillashtirish talabidan 
kelib chiqqan holda ―Byudjet Kodeksi‖ qabul qilinib, 2014 yil 1 yanvardan boshlab 
amalga kiritildi.
Ushbu Kodeksning IX bo‗limi ―Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosini nazorat 
qilish‖ deb nomlangan bo‗lib, unda belgilab qo‗yilishicha, ―Davlat moliyaviy 
nazorati byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari 
tomonidan buzilishini aniqlash, bartaraf etish va ularga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida 
davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi‖
138

Umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolat-
larga ega bo‗lgan ixtisoslashgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat turlarini qamrab 
oladi: 

byudjet-moliya nazorati; 

soliq nazorati; 

bojxona nazorati;

valyuta nazorati; 

pul muomalasi nazorati. 
Nazoratning bu turlari ichida alohida o‗rin egallaydigani byudjet-moliya 
nazorati hisoblanadi. Byudjet-moliya nazorati barcha darajadagi byudjetlarning, 
davlatning byudjetdan tashqari fondlarining shakllanishi, davlat moliyaviy resurslari-
ning qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta‘minlaydi. 
Nazoratning bu turini O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi 
nazorat-taftish boshqarmasi, Moliya vazirligi G‗aznachiligi kabi ixtisoslashgan 
operativ boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.
Davlat moliyaviy nazorati (22.2-rasm): 

138
―O‗zbekistonRespublikasiByudjetKodeksinitasdiqlashto‗g‗risida‖giO‗RQ-360-son (26.12.2013) 
O‗zbekistonRespublikasiQonunibilanqabulqilinganByudjetKodeksi. 26-bob, 170-modda.


305 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish