20.2. Boshqa xarajatlarning ahamiyati
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun
tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko‗rsatiladi va, byudjet
daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyat hamda
ijtimoiy ustuvorliklar ko‗lamiga bog‗liq bo‗ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarning
holatini tavsiflaydigan muhim ko‗rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning ayrim
korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‗llab-quvvatlash, davlat investitsiya dasturlarida
ko‗zda tutilgan investitsiya loyihalarini qo‗shma moliyalashtirish, ijtimoiy soha
(ta‘lim, sog‗liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) muassasa va
tashkilotlarini saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar
va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi va hokimiyati, sud
organlari, fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlarini saqlash, davlat xavfsizligi,
jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi
vazifalarning to‗laqonli va o‗z vaqtida bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining
muhim moliyaviy manba sifatidagi ahamiyati juda katta.
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko„ra, byudjet
xarajatlari joriy va kapital
xarajatlarga bo‗linadi.
Davlat byudjetining joriy xarajatlari
markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlari, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlari va
byudjetdan mablag‗ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta‘minlash,
shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim
tarmoqlariga dotatsiya, subvensiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam
ko‗rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‗laridir.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari –
byudjet xarajatlarining innovatsiya va
investitsiya faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadlariga yo‗naltirilgan pul
mablag‗lari bo‗lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya
loyihalari bo‗yicha yangi qurilish, kapital rekonstruksiya va kapital ta‘mirlash
maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan barpo qilinadigan korxona, tashkilot va
muassasalarga, shuningdek, alohida loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan
moliyaviy mablag‗lar kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko„ra,
davlat byudjeti xarajatlari
quyidagi guruhlar bo‗yicha tasniflanadi (ularning tarkibi O‗zbekiston Respublikasi
Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab qo‗yilgan):
301
1.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari.
2.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash xarajatlari.
3.
Iqtisodiyot xarajatlari.
4.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
5.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlab
turish xarajatlari.
6.
Sudlarni saqlab turish xarajatlari.
7.
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari.
8.
O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi,
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent
shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‗armalari.
9.
Boshqa xarajatlar.
Sanab o‗tilgan har bir guruh xarajatlar, o‗z navbatida,
mahkamaviy va maqsadli
belgisiga ko„ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‗ra xarajatlar byudjet
mablag‗larini oluvchi vazirlik, davlat qo‗mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv
organining xarajatlariga bo‗linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga ko‗ra tahlil
qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‗naltirilayotgani haqida xulosa qilish
mumkin bo‗ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishiga ko‗ra ta‘lim
sohasiga ajratilgan pul mablag‗lari Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim, Xalq ta‘limi,
Maktabgacha ta‘lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‗z
navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‗mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga
ajratilgan byudjet mablag‗lari maqsadli belgisiga ko‗ra xarajatlarning aniq turlari
bo‗yicha aniqlashtiriladi. Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari
ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to‗lash, joriy ta‘mirlash, asbob-uskunalar va
jihozlar, oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassasaning
xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari) bo‗yicha rejalashtiriladi va
moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko„ra,
byudjet xarajatlari markaziy va mahalliy hokimiyat
organlarining xarajatlariga bo‗linadi. Markaziy hukumat xarajatlari odatda davlat
byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa
hududiy
va
mahalliy
ehtiyojlardan
kelib
chiqib,
byudjet
xarajatlarini
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar, shuningdek,
shahar, tuman byudjetlari mablag‗laridan amalga oshiradilar.
302
Do'stlaringiz bilan baham: |