O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida sport xarajatlarining o„rni va



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

16.3. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida sport xarajatlarining o„rni va 
ahamiyati. Sport xarajatlarini moliyalashtirishda respublika byudjeti 
va mahalliy byudjetlarning ishtiroki 
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston milliy terma jamoalari sportchilarining 
Olimpiya va Osiyo o‗yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro 
musobaqalarda yuksak natijalarni qo‗lga kiritishlari, dunyoda O‗zbekistonning obro‗-
e‘tibori, sport salohiyati va yutuqlari tizimli ravishda oshib borishini ta‘minlashga 
yo‗naltirilgan keng ko‗lamli ishlar amalga oshirildi. 
Mamlakatimizda yoshlar o‗rtasida tobora ommalashib borayotgan ―Umid 
nihollari‖, ―Barkamol avlod‖, Universiada sport musobaqalarini o‗zida 
mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali 
nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‗ini baland ko‗tarib kelayotgan 
mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda. 
Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat 
va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning o‗z mahoratlarini 
muntazam oshirib borishlari, jismonan va ma‘nan yetukligini ta‘minlash bilan birga, 
ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo‗llab-quvvatlash tizimini 
takomillashtirib borish zarur. 
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ―Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak 
natijalarga erishgan O‗zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb 
etish hamda sportchilarni va ularning trenyerlarini rag‗batlantirish to‗g‗risida‖gi 
qarori qabul qilindi. 
Ushbu qarorga muvofiq keng miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga 
oshirilishi ko‗zda tutilgan. 
Jumladan, O‗zbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport 
sohasini boshqarishga faol ko‗maklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-
bosqich jalb etishga doir ―Katta sportdan keyingi faoliyat‖ harakatlar dasturi ishlab 
chiqilishi belgilangan. 
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‗zbekiston 
sportchilariga to‗lanadigan oylik to‗lovlar va ularning trenerlarini bir martalik pul 
mukofotlari bilan rag‗batlantirish miqdorlari belgilangan. Shuningdek, Olimpiya va 
Paralimpiya o‗yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‗olib va sovrindor 
bo‗lgan sportchilar uchun umrbod to‗lanadigan oylik to‗lovlar va ularning 
trenyerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning 
daromadlariga solinadigan daromad solig‗isiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan. 
Yuqori mahoratli sportchilar uzluksiz ravishda o‗quv-mashg‗ulot jarayonida 
bo‗lishlarini ta‘minlash maqsadida, 2018-2019 o‗quv yilidan boshlab O‗zbekiston 
davlat jismoniy tarbiya institutida sirtqi bo‗lim ochish yuzasidan aniq taklif kiritish 
belgilandi. Bu, o‗z navbatida, sportchilarga mashg‗ulot va musobaqalar bilan bog‗liq 
faoliyatlaridan ajralmagan holda ta‘lim olishlariga hamda jismoniy tarbiya va sport 


259 
sohalaridagi bilimlarini oshirishga va kelajakda murabbiylar safiga qo‗shilishlariga 
imkoniyat yaratadi. 
Olimpiya va Paralimpiya o‗yinlari g‗olib va sovrindorlari bir yilda bir marta 
o‗zlari uchun maqbul bo‗lgan muddatda sanatoriy-sog‗lomlashtirish muassasalarida 
sog‗lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‗ladilar. 
Olimpiya va Osiyo o‗yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, 
mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari g‗olib va sovrindor sportchilari 
trenerlik faoliyati bilan shug‗ullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha 
mutaxassislarni ilmiy-metodik ta‘minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus o‗quv kurslari tashkil etilishi va 
O‗zbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shug‗ullanishlari 
uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibi joriy etilishi ko‗zda tutilgan. 
O‗zbekistonning mashhur sportchilariga xususiy sport muassasalarini barpo 
etib, o‗zlarining mahorat maktablari faoliyatini keng yo‗lga qo‗yish imkoniyatini 
yaratish maqsadida ularga ―nol‖ qiymatida binolar berish, yer hamda banklardan 
kreditlar ajratish, boshqa imtiyozlar berish yuzasidan zarur choralar ko‗rish 
belgilandi. 


260 
Ilovalar


261 


262 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish