130
tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida, odatda, ishsizlik
ko‗payadi, bu esa, tarkibiy defitsit miqdoriga bevosita ta‘sir qiladi. Demak, iqtisodiy
inqirozlarni nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki rivojlangan mamlakatlar
amaliyoti uchun ham xos bo‗lgan omil sifatida qayd etish mumkin.
Davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining obyektiv sabablarini tan olmaslik,
defitsitsiz byudjet siyosatiga tayanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga jiddiy ziyon
etkazganlik holatlari xalqaro amaliyotda bir necha bor kuzatilgan.
Davlatbyudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyatini ochib berishga
xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri byudjet defitsiti hajmini aniqlash
metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini aniqlashda ikkita
metodologiyadan keng foydalanilmoqda: sof defitsit va umumiy defitsit. Sof
defitsito‗z tarkibiga byudjet investitsiyalaridan tashqari bo‗lgan davlat byudjeti
xarajatlarini oladi. Umumiy defitsit esa, o‗z ichiga nafaqatto‗g‗ri byudjet
investitsiyalarini, balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan
kafolatlangan kredit hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalarni ham oladi.
Bizning fikrimizcha, umumiy defitsitbyudjet defitsitining real hajmini to‗laroq
ifoda etadi. Chunki, bunda hukumat kafolatlangan kreditlardan samarali
foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo‗ladi.
Ikkinchi metodologiyaning O‗zbekiston Respublikasi
hukumati uchun katta
ahamiyatga ega ekanining asosiy sababi shundaki, hozirgi kunga qadar mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalbqilingan kreditlarning 80 foizdan ortiq qismi respublika
hukumatining kafolati asosida olingan kreditlardan iboratdir. Demak, ulardan
foydalanishni nazorat qilishni kuchaytirish davlat byudjeti defitsitini oshishining
oldini oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning zarurligi yirik
investitsion xarajatlarni talab qildi. Xususiy sektorga mansub korxonalarning xorijiy
investitsiyalar va investitsion kreditlarni jalb qilish imkoniyati cheklangan sharoitda,
davlat bosh islohotchi sifatida, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish
muammosining chuqurlashuviga yo‗l qo‗ymadi. Bu esa, o‗z navbatida, mamlakatimiz
hukumatining xorijiy valyutadagi majburiyatlari ko‗payishiga olib keldi.
Davlat byudjeti defitsitining iqtisodiyotga ta‘siri va uning mo‗‘tadil darajasini
baholash masalalari ham murakkab va ko‗p qirrali masalalardan hisoblanadi.
J.M.Keynsning byudjet-soliq siyosatining iqtisodiyotni barqarorlashtirishda
birlamchi ahamiyatga ega ekanligi xususidagi qoidasiga ko‗ra
defitsit yoki
profitsitning miqdori ijtimoiy talab, daromadlar va baholar darajasini aniqlashda
markaziy o‗rinni egallaydi. Bunda J.Keyns byudjet defitsitini hukumat byudjet-soliq
siyosatining natijasi sifatida iqtisodiyotni muvozanatlashtiruvchi asosiy omil deb
baholadi. Ammo hozirgi vaqtda,ayrim rivojlangan davlatlarning amaliyotida shunday
holatlar sodir bo‗lyaptiki, uni Keynsning byudjet-soliq siyosati xususidagi ta‘limoti
doirasida tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan, Yaponiyada 1999 yilda davlat byudjetining
defitsiti yalpi ichki mahsulotning 11,4 foizini tashkil etganiholda, to‗lov balansining
ijobiy qoldig‗i 130 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Holbuki, Keynsning qoidasi
bo‗yicha davlat xarajatlarining oshishi baholar darajasining o‗sishiga olib kelishi
131
lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar darajasining o‗sish sur‘ati boshqa bir qator
yetakchi ilg‗or mamlakatlardagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‗ldi. 1990 yilda
Yaponiyada byudjet profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‗i 2,9 foizni
tashkil qildi va 1990-1999 yillar mobaynida iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘ati
kuzatildi.
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotnimuvozanatlashtirishdagi
roliga baho
berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim.
Byudjet defitsitini o‗sishi natijasida makroiqtisodiyko‗rsatkichlarda qanday ijobiy
o‗zgarishlar yuz berganini aniqlash lozim. Masalan, davlat byudjeti defitsitining
yuqori darajada o‗sishi davlat investitsiya xarajatlarining o‗sishi oqibati bo‗lishi
mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta‘sirini baholash
uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi, soliq tushumlaridagi o‗zgarishlarni va ishsizlik
darajasini baholash kerak. Chunki investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda,
investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining
iqtisodiyotga nisbatan salbiy ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlatning
mablag‗lari hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalar o‗zini oqlamasligi
qilingan xarajatlarning «o‗lik»
kapitalga aylanishi, hukumat to‗lovlarining oshib
ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada
chuqurlashadi va ko‗pchilik hollarda, hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion
manbalaridan foydalanishga majbur bo‗ladi. Bunda byudjet defitsiti o‗zining passiv
shakliga kiradi. Byudjet defitsitining oshishi hisobiga iqtisodiy o‗sishni
rag‗batlantirishga erishilsa, u holda byudjet defitsitiaktiv shaklga ega bo‗ladi.
O‗zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi talablarga e‘tibor
berish maqsadga muvofiqdir:
- milliy valyuta barqarorligini saqlashning aniq dasturlari ishlab chiqilishi;
- byudjet defitsitini qoplashning samarali yo‗llari qidirib topilishi;
- davlat byudjeti hisobidagi tarmoqlarni iqtisodiy moliyalashtirishni qisqarti-
rish, harbiy xarajatlarga oqilona mablag‗ sarflash;
- sekvestr mexanizmini ishlab-chiqish (xarajatlarni proportsional ravishda
qisqartirish) va ularning bajarilishiga bevosita erishish.
Umuman, byudjet defitsitini boshqarish byudjet siyosatining ustuvor yo‗nalishi
bo‗lib, bunda iloji boricha mablag‗larni ishlab chiqarish
sohasini rivojlantirishga
yo‗naltirish va aholining ish bilan bandligiga to‗liq erishishni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning noinflyatsion usullaridan
foydalanishga ustuvorlik berish, byudjet defitsitining darajasini xalqaro byudjet
amaliyotida qabul qilingan mo‗‘tadil darajada saqlab turish, iqtisodiy kategoriya
sifatida davlat byudjeti defitsitining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga
nisbatan yuzaga keladigan salbiy ta‘siri oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: