O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 354,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana21.06.2022
Hajmi354,98 Kb.
#687812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fosfobakterin ishlab chiqarishda quritgichning hisobi

____________________________
7.Kurs (ishi) loyixasini bajarish rejasi 




Ximoya 
Raxbar 
_____________________________ 


Mundarija 
I. 
Nazariy qism 
1. 
Kirish 
1.2. Asosiy ishlab chiqarish texnologiyasi va uning izoxi 
1.3. Asosiy uskunaning ishlash prinsipi va uning texnik tavsifi 
1.4. O‘xshash uskunalar tavsifi 
1.5. Foydalanilgan xom ashyolar tavsifi 
II. 
Hisoblash qismi 
2.1. Mahsulotlar hisobi 
2.2. Asosiy uskunani tanlash va uning hisobi 
2.3. Asosiy uskunaningissiqlik hisobi. (gidravlik va mexanik hisoblar 
2.4. Uskunaning texnik xavfsizligi 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 


KIRISH 
Bakterial o‘g‘itlar deb o‘simliklar uchun foydali mikroorganizmlar tutuvchi 
preaparatlarga aytiladi. Ular oziqaviy moddalr tutmasa ham, o‘simliklarning 
oziqlanishini yaxshilaydi. Ularga azotobakterin, nitragin, fosfobakterinlar kiradi. 
Ulardan to‘g‘ri foylanilganda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish 
mumkin.
Biologik (bakterial) o‘g‘itlar tuproqni azot bilan bog‘liq holda boyitadi.
Ayniqsa stabilizatorlar (melassa,tiomochevina) va to‘ldiruvchilar (bentonit, tuproq) 
qo‘shilgan tuganak bakteriyalar va azotobakterlar hujayralari nitragin va 
azotobakterin preparatlari keng tarqalgan. 
Azotbakterin –o‘simliklarning azotli oziqlanishini yaxshilaydi, shuningdek 
vitaminlar hamda fitogormonlar gibberellin va geteroauksinlar bilan ham 
boyitadi. Sanoat asosida kukun shaklida va suyuq holatda ishlab chiqariladi. Undan 
urug‘larga, tuganaklarga va ko‘chatlarga ishlov berishda foydalaniladi. 100 
m

maydanga 30-50 g azotbakterin zarur bo‘ladi. Urug‘larga , ko‘chatlarga ishlov 
berish ekiladigan kuni oftobdan himoyalangan joylarda amalga oshiriladi.
Nitragin
 
– tuganak bakteriyalar tutib, dukkakli o‘simliklar urug‘lariga ishlov 
berish uchun foydalaniladi. Nitragin preparati 0,5 l-li butilkalarda ishlab 
chiqariladi.
Bacillusmegaterium dan olingan fosfobakterin preparati fosforning murakkab 
organik birikmalarini oddiy , o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan 
shakliga o‘tkazadi. Fosfobakterin shuningdek tuproqni vitaminlar bilan boyitadi 
va o‘simliklarning azotli oziqlanishini yaxshilaydi. 
Fosforobakterin kukun shaklida ishlab chiqariladi. Gumusning miqdori 
yuqori bo‘lgan tuproqda juda samarali. Fosfobakterin ham urug‘larga ishlov berish 
orqali foydalaniladi. Sabzavotlarning urug‘lariga oldindan ishlov berish mumkin , 
buning uchun fosfobakterin to‘ldiruvchi (yog‘och kuli) bilan 1:40 nisbatda 
aralashtirilib so‘ng urug‘ga ishlov beriladi. SHuningdek fosfobakterinni 
ko‘chatlarga ishlov berish uchun ham foydalanish mumkin. Buning uchun preparat 


foydalanishdan 3-4 soat oldin suvga aralashtrilidai. 1000dona ko‘chatni 
bakterizatsiyalash uchun 0,5 kg fosfobakterin kukuni etarli bo‘ladi. 
 
Tuproq tarkibida ishtirok etayotgan mikroflora uning unumdorligiga, qishloq 
xo‘jalik ekinlarining hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq mikroorganizmlari 
o‘sishi va rivojlanishi jarayonida tuproq strukturasini yaxshilaydi, undagi turli 
organik va noorganik birikmalarni minerallashtirib oziqaviy moddalarni to‘playdi, 
masalan, azot va fosforni o‘simliklar tomonidan engil o‘zlashtiriladigan 
maxsulotga aylantiradi.
Tuproq mikroflorasini stimullash maqsadida o‘simlik rizosferasini foydali 
mikroorganizmlar bilan boyituvchi turli bakterial o‘g‘itlardan foydalaniladi.
O‘simliklar o‘zlarning o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi (fitogormonlar, 
bioregulyatorlar) qator birikmalar sintezlaydi. Ular qatoiga auksinlar, gibberlinlar, 
sitokininlar kiradi. Mevalarning etilishini etilen moddasi stimullaydi. Bu 
bioregulyatorlar qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda aniqlangan 
bioregulyatorlar qatoriga peptidlarni kiritish mumkin, ularni qishloq xo‘jaligida 
qo‘llash yaxshi natijalar beradi. 
Bakteriyalar murakkab fosfor tutuvchi birikmalarni (nuklein kislotalar, 
nukleoproteidlar va bosh.) va qiyin o‘zlashtiriladigan mineral fosforlarni 
o‘simliklar uchun oson o‘zlashtiriladigan shaklga aylantirib berish xususiyatiga 
ega. Bundan tashqari bakterialar o‘simliklar o‘sishini stimullovchi biologik faol 
moddalar (tiamin, piridoksin, biotin, pantoten va i nikotin kislotalar.)ni sintez 
qiladi. Fosfobakterin stimullovchi samaraga ega preparatlar sirasiga kiradi.
Fosfobakterin - Bacillus megaterium var. phosphaticum. Mikroorganizmi 
sporalarini tutuvchi bakterial o‘g‘itdir. Kukun holida bo‘lib och kulrang, sariq 
rangda bo‘ladi.
Fosfobakterin donli ekinlar, kartoshka, qand lavlagi va boshqa qishloq 
xo‘jalik ekinlarining hosildorligi oshirish uchun foydalaniladi. Buning uchun 
urug‘lar ekishdan oldin quruq fosfobakterin preparati to‘ldiruvchi bilan (kul, 
tuproq va bosh.) bilan 1:40 nisbatda aralashtirilib ishlov beriladi. Bir gekter 
maydonga 5g preparat va 200g to‘ldiruvchi zarur bo‘ladi. Maslan kartoshka 
tuganaklari sporalarning suspenziyasi bilan namlanadi. Buning uchun 15 g preparat 


15 l suv bilan aralashtiriladi. Fosfobakterin bilan ishlov berilganda hosildorlik 
10%ga yuqori bo‘ladi.

Download 354,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish