Joan Vayolet Robinson (1903-1983)
Kembrij
universitetini
bitirgan
va
A.Marshall
maktabining
taniqli
vaqili
va
davomchisidir.
1965-1971
yillar
shu
universitetda professor lovozimida dars bergan.
36
Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi»
1933 yili, ya’ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik
keltirdi. Asardagi bosh g’oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini
aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni bo’zadi
va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o’z
mahsulotiga ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar
belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi
o’rnatgan shu bahoda haridorning mahsulotni sotib olish va monopol
foyda tabiati o’rnatiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi
Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal raqobat
tufayli, avvalo raqobatli xo’jalik tizimi normal muvozanat holatining
bo’tunlay bo’zulishi va yo’nalishi, xatto yollanma mehnatning
«ekspluatatsiya» sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy
muvozanati bilan chambarchas bog’liqdir deb qaragan
12
.
Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor
sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil
sifatida qaraydi.
Asardagi asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat:
Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga
nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda
ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq
manfaatdor bo’ladilar. Chunki nomukammal
raqobat sharoitida ayrim firmalar optimal
kursatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz
(kam samara bilan) faoliyat kursatadilar, shu sababli monopolist mahsulot
chiqarishni cheklash bilan o’z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina
ega bo’lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashqil etishni
mukammallashtirish yo’li bilan ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishi
mumkin.
Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o’xshash boshqa
maxsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda,
differentsiatsiya ro’y beradi; boshqa qo’shimcha sharoit ham zarur unga
12
Blaug, M. 1962.Economic theory in retrospect.Chicago: Richard D. Irwin; 5th edn. Cambridge: Cambridge University
Press 1996 299-302p.
37
ko’ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo’lgan kursatgichlar
bilan harakterlanishi kerak.
Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab
etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan
raqobat qiluvchi cheksiz ko’p haridolardan emas, balki ayrim yakkayu-
yagona haridorlar birlashmasidan iborat bo’lgan holatda sotib olinadigan
mahsulot qancha bo’lishi mumkindir. Bu sharoit talab kontsentratsiyasi
bo’lib bozorda ko’p sonli mayda sotuvchilar va yakkayu-yagona haridor
faoliyat kursatadi. Bu xolatni monopsoniya, ya’ni haridor monopoliyasi
deyiladi.
Yuqorida barcha g’oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal
raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendentsiyasi
paydo bo’lishiga yordam beradi.bu xolat avval o’zaro raqobatlashgan
ko’pgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo’lishi
bilan yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (kursatkichi) ning
yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni
yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha
inqilobiy g’oya bo’lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to’g’risidagi
optimistik fikricha qarshidir. Ishlab chiqarishning monopolizatsiyasi
muammosi bilan «samaradorlik yoki adolat» degan dilemmani (ya’ni
unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi.
Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
yordam beradi, deb ustunvorlik berish yetarli emas, ya’ni adolat masalasi
ham qo’yilishi kerak. Iqtisodiyot tarixida «samaradorlik» va «adolat» ni
qandaydir yo’l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir.
Robinson o’zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni
ham ishlab chiqsa bo’lar edi masalan, nomukammal raqobat tufayli
aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo’lmog’i kerak edi.
Bunday savolga javobni uch yil o’tgach boshqa Kembrij maktabi
vaqili J.M.Keyns berdi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |