Tuzuvchilar:
Omonov H.T.
– “Kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri, p.f.d., professor;
Sarsenbayeva R.
– “Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
Taqrizchilar:
Hakimova M.
– TDIU “Iqtisodiy pedagogika” kafedrasi mudiri, p.f.d.,
professor
(turdosh OTM);
Mahmudov A.
– Toshkent bank kolleji direktori, i.f.n., dotsent
(kadrlar
buyurtmachisi).
217
1. O’quv fani o’qitilishi boyicha uslubiy ko’rsatmalar
“Kasbiy pedagogika” fanining maqsadi
–
ta’limning barcha bo’g’inlarida
yoshlarda, qolaversa jamiyatning barcha a’zolarida iqtisodiy fikrlashni shakllantirish,
hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy madaniyatni
shakllantirish, iqtisodiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun iqtisodiy
fanlardan dars o’tish, o’quv jarayonini tashkil qilishda umumpedagogik va iqtisodiy
ta’lim-tarbiyani mohirlik bilan tadbiq qilish ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan.
Fanning vazifalari –
Respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir
butun holatdagi muammolarini hal qilish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni
amalga oshirish sharoitida mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ta’lim-
tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish
masalalariga ijodiy yondoshish, umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning
asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib
borish kabi iqtisodiy ta’lim ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifalarini amalga oshirirshdan
iborat.
Har bir mavzu yakunida axborot va pedagogik texnologiyalar keltirilgan
hamda ularni qo‘llash yuzasidan aniq tavsiyalar mazkur fandan ishlab chiqilgan
o‘quv-uslubiy majmua (O‘UM)da bayon etilgan.
“Kasbiy pedagogika” fanining vazifalari:
bo‘lajak mutaxassislar fanning O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni
rivojlantirishda kasbiy pedagogikaning o’rnini o’rganish;
kasbiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishini bilish;
kasbiy pedagogikaning ilmiy-nazariy masalalarini o’rganish, kasbiy
pedagogikada ta’lim jarayoni haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish;
kasb ta’limida innovastion texnologiyalarni qollashni bilish;
kasb ta’limi muassasalarini boshqarishning metodologik asoslarini
o’rganish;
kasbiy-pedagogik faoliyat, qobiliyat va mahorat haqidagi ma’lumotlarga ega
bo’lish;
iqtisodchi-pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabilarni
o’rganishlari talab etiladi.
Fanni mutaxassislikka kirish bilan bog’lagan holda zamonaviy kasbiy
psixologiya va iqtisodiy pedagogikasiga oid bilimlar bilan to’ldiriladi hamda
amaliy jihatdan bakalavrlarda kasb haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni
takomillashtirishga xizmat qiladi.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |