O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

Izohlash
 
tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning 
hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida 
shaxsga yo‘naltirilganligidir. O‘quvchilar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy 
tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi 
holatlarni yuzaga keltiradi: 1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq 
ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash; 2) tarbiyalanuvchilarning sodir 
etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o‘quvchilari ommaviy ravishda darsga 
kelmaganlari)ga to‘g‘ri, ongli munosabatni hosil qilish. 
Ta’lim muassasasi amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish 
vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan 
tarbiyalanuvchi ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda 
foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham 
foydalaniladi. 
Munozara
tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda 
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli 
bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular (“Did haqida bahs”, 
“Mashhur bo‘lish yo‘llari”, “Biz madaniyatli kishilarmizmi?”, h.o)da o‘tkaziladi. 
Munozara fikrlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan 
ishonch hosil qilishga yordam beradi. 
Munozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta 
tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. Munozara 5-6 ta savol tayyorlanadi. Savollar 


164 
bilan ishtirokchilar oldindan tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara 
ishtirokchilarini o‘zi tayinlashi ham mumkin. CHiqishlar jonli, erkin va qisq bo‘lishi 
zarur. Pedagog ishtirokchilarga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon 
etishga yordam beradi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish