II. Sifat siyosati maqsadlari: 1) qulay investitsiya muhitini rivojlantirish uchun birja savdolari imkoniyatlarini kengaytirish va ular asosida ishonchli, shaffof va innovatsion birja bozorini shakllantirishga ko'maklashish;
2) birja bozorining hajmi va likvidligini oshirishni ta'minlovchi birja savdolarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuqori tehnologiyali infratuzilmani joriy etish va birja mahsulotlarini diversifikatsiya qilish orqali pul-kredit va valyuta siyosati maqsadlariga erishishda ko'maklashish.
III. Sifat siyosatini amalga oshirish bilan bog'liq majburiyatlar: 1) savdo ishtirokchilariga samarali va ishonchli hizmat ko'rsatishni ta'minlash uchun birja savdosi va birja infratuzilmasini yahshilash va rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
2) operatsion faoliyat va biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish;
3) birja vositalarini chuqur diversifikatsiya qilish;
4) birja operatsiyalarini amalga oshirish va tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta'minlash bo'yicha yangi strategiyalarni joriy etish;
5) tehnologik hizmatlarni kengaytirish;
6) yangi valyuta vositalarini joriy etish uchun me'yoriy-huquqiy bazani va savdo tizimlarini optimallashtirish;
7) birja savdolari ishtirokchilarining tarkibini kengaytirish;
8) bitimlar hajmini oshirishni rag'batlantirish va birja bozorlarining likvidligini ta'minlash;
9) birja savdolari ishtirokchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
10) barcha birja bozorlarida market-meyker (bozorni tashkillashtirish) institutini shakllantirish va rivojlantirish;
11) birja indikatorlarini aniqlash algoritmlari va mehanizmlarini ishlab chiqish;
12) hatarlarni boshqarish tizimini joriy etish va takomillashtirish;
13) yangi elektron savdo platformalarini tashkil etish va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
14) dasturiy mahsulotlarning funksional imkoniyatlarini rivojlantirish;
15) faoliyatning barcha segmentlarida elektron hujjat aylanuvi va arhivlash jarayonlarini takomillashtirish;
16) havfsizlik tizimlarining samaradorligini oshirish;
17) yo'nalishni birja hizmatlarining iste'molchilariga qaratish va ularning talablarini qondirish;
18) ijobiy natijalarga erishish uchun bahamjihat faoliyatni ta'minlash maqsadida barcha toifadagi hodimlarni jalb qilish, shuningdek ularning malakalarini oshirish;
19) faoliyatning barcha turlariga yetakchilik tamoyilini va jarayonlik yondashuvini joriy etish.
“O'zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ rahbariyati quyidagilar bo'yicha zarur choralarni ko'rish majburiyatini oladi: 1) faoliyatni izchil amalga oshirish hamda tehnologik hizmatlar va birja instrumentlarining ro'yhatini kengaytirish imkonini beradigan, qo'llaniladigan me'yoriy va qonunchilik talablarni bajarish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish;
2) Sifat Menejmenti Tizimini qo'llab-quvvatlash, yahshilash va mukammallashtirish;
3) Sifat Menejmenti Tizimi tamoyillari barcha toifadagi ishchilar uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini hamda hodimlar va barcha manfaatdor tomonlarga ochiqligini namoyish etish.
Xulosa "O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 22 noyabrdagi 297-sonli “O'zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida" gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 fevraldagi 66-f-sonli farmoyishiga muvofiq, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, ichki va tashqi valyuta bozori kon'yunkturasi o'zgarishiga tezkor javob qaytarish maqsadida 1992- yil 12- mayda tashkil etilgan.
Birja chet el valyutani, davlat qimmatli qog'ozlarini, moliyaviy instrumentlarni (derivativlarni) sotib olish va sotish va ular bilan bog'liq boshqa birja operatsiyalari bo'yicha birja savdolari, shuningdek banklararo pul bozori hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlari tashkilotchisi - respublikadagi yagona ko'p funkciyali birja maydonchasi hisoblanadi.
O'zbekistondagi uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelaetgan uyushgan valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha banklararo savdo sessiyalari, Markaziy bankning valyutaviy svop auksionlari va dilerlar o'rtasida svop operatsiyalari o'tkaziladi.