O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

Smetalarning guruhlanishi 
Xarajat 
manbalariga ko‟ra 
Amal qilish 
muddatiga ko‟ra 
Muassasa va tadbirning 
turiga ko‟ra 
Byudjet mablag‘lari 
bo‘yicha xarajatlar 
smetasi 
Byudjetdan tashqari 
mablag‘lar bo‘yicha 
daromad va 
xarajatlar smetasi 
Vaqtinchalik 
smeta 
Doimiy 
smeta 
Yakka (individual) smeta 
Jamlanma smeta 
Markazlashtirilgan 
tadbirlar uchun smeta 


180 
―Tashkilotlar quyidagi byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha smetalarni tuzadilar: 

Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi; 

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi; 

ta‘lim muassasalarida o‗qitishning to‗lov-kontrakt shaklidan tushumlar; 

qonunchilikda belgilangan boshqa barcha byudjetdan tashqari mablag‗lar, jumladan, 
vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‗armalariga yo‗naltirilayotgan davlat bojlari, 
yig‗imlar va soliq bo‗lmagan to‗lovlardan, ma‘muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar. 
Byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha (Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi va 
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi bundan mustasno) 
smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda 
ro‗yxatdan o‗tkaziladi.‖* 
 
*Izoh: 2634-son bilan ro„yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag„lari 
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro„yxatdan o„tkazish 
tartibi to„g„risidagi Nizom”dan (IV-bob, 30-band).
 
 
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar –
vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar 
boshqarmalari 
va 
bo‗limlari 
tomonidan 
markazlashtirilgan holda 
amalga 
oshiriladigan xarajatlar bo‗yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun 
alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini qishki kiyim-bosh 
bilan ta‘minlash, birinchi sinf o‗quvchilariga o‗quv qurollari va anjomlari komplekti 
taqdim qilish bilan bog‗liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan 
tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi.
Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha smeta bir yillik 
muddatga – 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‗lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar 
uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‗yicha esa ularning 
mazkur yildagi faoliyat ko‗rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi). 
Byudjet qonunchiligida kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti yil boshlan-
gunga qadar qabul qilinmagan holatdagi xatti-harakatlar belgilab berilgan. Xususan, 
agar moliya yili boshlangunga qadar shu yilga mo‗ljallangan davlat byudjeti 
mamlakat qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilinmasa, byudjet 
tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash ular tomonidan tuzilgan 
vaqtinchalik 
xarajatlar smetasi
asosida amalga oshiriladi. 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
– byudjet tashkilotining (yoki byudjet 
mablag‗lari oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‗yxatdan 
o‗tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‗lib, unda qonun hujjatlaridagi 
o‗zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan 
ajratiladigan mablag‗lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi 
oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko‗rib chiqiladi va 
tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o‗tgan moliya yilining oxirgi choragida 
byudjet tashkiloti tomonidan sarflangan byudjet mablag‗larining uchdan bir qismidan 
oshib ketmasligi shart. 


181 
―Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va 
byudjet mablag‗lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya 
yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‗yxatdan o‗tkaziladi‖
70

Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda 
bo‗ladi, bunda belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan xarajatlar smetasidagi 
birinchi chorak uchun ko‗zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning 
vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‗lishi 
mumkin emas. 
Byudjet tashkilotlari o‗zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda va smetalarni 
rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar: 

O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining normativ hujjatlariga; 

byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga; 

tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va 
tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va 
xizmatlari baholariga; 

yuqori 
turuvchi 
tashkilotlar 
rahbarlarining 
o‗zlari 
tasarrufidagi 
muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‗yicha 
ko‗rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‗lmasa,

bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan 
xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun qonun hujjatlari bilan 
tasdiqdangan ovqatlanish me‘yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib 
hisoblanadi; 

dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan 
belgilangan pul xarajatlari me‘yoriga qarab hisoblab chiqiladi;

ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, 
poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishga 
ketadigan xarajatlar moddiy ta‘minotning amaldagi me‘yorlari asosida, lekin 
ajratilgan mablag‗lar doirasida hisoblanadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish