201
muassasa darajasida resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish
(ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik
(Kuzatuv) kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilash.
Eng oddiy shaklda o‗quvchi soniga ko‗ra moliyalashtirish usulida byudjet
mablag‗larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu
muassasadagi mavjud o‗quvchilar soniga bog‗liq: har bir maktab har bir o‗quvchisi
uchun bir xil summadagi mablag‗ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda,
maktabning joylashgan o‗rni, maktabning tipi kabi bir
nechta omillarni hisobga
oluvchi
koeffitsientlar
asosida
korrektirovka
qilinadi. Ta‘lim tizimlarida
moliyalashtirish formulasi qo‗llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda
qaysi koeffitsientlarni qo‗llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular
soni nechta bo‗lishi kerakligi to‗g‗risida yagona yondashuv mavjud emas. Masalan,
Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo‗llash amaliyotida quyidagi omillarni
hisobga oluvchi koeffitsientlar
ishlatiladi
84
:
maktablarning joylashgan o‗rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
maktablarning hajmlaridagi farqlar (maktablarning fizik o‗lchamlari: bino va
inshootlarining hajmi, isitish tizimi, egallab turgan maydoni va sh.k);
ta‘lim turidagi farqlar (boshlang‗ich ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi, umumiy ta‘lim
va sh.k.);
aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o‗qitishning maxsus dasturlarini
amalga oshirish;
salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‗qitish;
alohida fanlarni chuqurlashtirib o‗qitish dasturlarini amalga oshirish.
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash natijasida alohida olingan muassasa
oladigan mablag‗lar summasi o‗quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir qator
omillarga bog‗liq bo‗lsada, har holda, muassasalar hajmlari obyektivlik va shaffoflik
tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‗lariga ega bo‗ladilar. Lekin,
formulani
ishlab chiqishda shunga alohida e‘tibor berish kerakki, formulada tuzatuvchi
koeffitsientlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, formula tushunish va qo‗llash uchun shuncha
murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga ziddir.
Byudjet mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat byudjet tashkilotlari
kabi, ta‘lim muassasalari ham o‗z faoliyatlari bilan bog‗liq ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur mablag‗larning yetishmasligi muammosiga duch keladilar.
Ushbu
muammolar byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojni an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish
natijalaridan qat‘i nazar, smetalarni sinf(guruh)lar soni, o‗quv soatlari soni, kvadrat
metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni, o‗tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi
natural va qiymat me‘yorlaridan foydalanib ishlab chiqish) aniqlash bilan bog‗liq
holda yuzaga keladi. Muassasa tomonidan hisoblangan byudjet mablag‗lariga bo‗lgan
ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya organlari yoki mahalliy
boshqaruv darajasida
(masalan, tuman – shahar xalq ta‘limi bo‗limlarida) ko‗rib chiqiladi va tegishli
byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi
uchun ajratilayotgan byudjet mablag‗larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda
84
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы. Всемирный
банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2004. 16-стр.
202
muassasa tomonidan hisoblab chiqarilgan va aniqlangan ehtiyojga nisbatan ancha
kam bo‗ladi. Alohida olingan muassasaning tasdiqlangan byudjeti
xarajat moddalari
bo‗yicha batafsil yoyib chiqilgan xarajatlar ro‗yxatidan iborat bo‗ladi. Muassasalar
oyma-oy ushbu ro‗yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo‗yicha byudjet
mablag‗larini oladilar.
Amaliyotda muassasalar o‗z ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan xarajat
miqdorlarini oshirib ko‗rsatishdan manfaatdor bo‗ladilar, ammo qat‘iy xarajat
moddalari asosida byudjetdan moliyalashtirish jarayoni ta‘lim
muassasalari
rahbarlarining mablag‗larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo‗yicha
mustaqilligini cheklab qo‗yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo‗llash
oqibatida ta‘lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada chekla-
nib qoladi. Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish
maqsadida o‗z resurslarini samarali boshqarish imkoniyatidan mahrum bo‗ladilar.
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga olgan holda, respub-
likaning ayrim hududlarida byudjet mablag‗larini rejalashtirish bo‗yicha tajriba
loyihalarini boshlash, ushbu loyihalar doirasida jon boshiga
moliyalashtirishning
yangi tizimini sinab ko‗rish to‗g‗risida qaror qabul qilindi. Loyiha dastlab
umumta‘lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim muassasalari uchun
ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa byudjetini shakllan-
tirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini ko‗zlab amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: