180
―Tashkilotlar quyidagi byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha smetalarni tuzadilar:
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi;
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi;
ta‘lim muassasalarida o‗qitishning to‗lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
qonunchilikda belgilangan boshqa barcha byudjetdan tashqari mablag‗lar,
jumladan,
vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‗armalariga yo‗naltirilayotgan davlat bojlari,
yig‗imlar va soliq bo‗lmagan to‗lovlardan, ma‘muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha (Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi va
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi bundan mustasno)
smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda
ro‗yxatdan o‗tkaziladi.‖*
*Izoh: 2634-son bilan ro„yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag„lari
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro„yxatdan o„tkazish
tartibi to„g„risidagi Nizom”dan (IV-bob, 30-band).
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar –
vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar
boshqarmalari
va
bo‗limlari
tomonidan
markazlashtirilgan holda
amalga
oshiriladigan xarajatlar bo‗yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun
alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini qishki kiyim-bosh
bilan ta‘minlash, birinchi sinf o‗quvchilariga o‗quv qurollari va anjomlari komplekti
taqdim qilish bilan bog‗liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan
tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi.
Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha smeta bir yillik
muddatga – 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‗lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar
uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‗yicha esa ularning
mazkur yildagi faoliyat ko‗rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).
Byudjet qonunchiligida kelgusi moliya yili uchun davlat
byudjeti yil boshlan-
gunga qadar qabul qilinmagan holatdagi xatti-harakatlar belgilab berilgan. Xususan,
agar moliya yili boshlangunga qadar shu yilga mo‗ljallangan davlat byudjeti
mamlakat qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilinmasa, byudjet
tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash ular tomonidan tuzilgan
vaqtinchalik
xarajatlar smetasi
asosida amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
– byudjet tashkilotining (yoki byudjet
mablag‗lari oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‗yxatdan
o‗tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‗lib, unda qonun hujjatlaridagi
o‗zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag‗lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko‗rib chiqiladi va
tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o‗tgan moliya
yilining oxirgi choragida
byudjet tashkiloti tomonidan sarflangan byudjet mablag‗larining uchdan bir qismidan
oshib ketmasligi shart.
181
―Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va
byudjet mablag‗lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya
yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‗yxatdan o‗tkaziladi‖
70
.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda
bo‗ladi, bunda belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan xarajatlar smetasidagi
birinchi chorak uchun ko‗zda tutilgan xarajatlar
summasi tashkilotlarning
vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‗lishi
mumkin emas.
Byudjet tashkilotlari o‗zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda va smetalarni
rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar:
–
O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining normativ hujjatlariga;
–
byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;
–
tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va
tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning
ayrim tovarlari va
xizmatlari baholariga;
–
yuqori
turuvchi
tashkilotlar
rahbarlarining
o‗zlari
tasarrufidagi
muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‗yicha
ko‗rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‗lmasa,
–
bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan
xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun
qonun hujjatlari bilan
tasdiqdangan ovqatlanish me‘yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib
hisoblanadi;
–
dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan
belgilangan pul xarajatlari me‘yoriga qarab hisoblab chiqiladi;
–
ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak,
poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishga
ketadigan xarajatlar moddiy ta‘minotning amaldagi me‘yorlari asosida,
lekin
ajratilgan mablag‗lar doirasida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: