O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

11.4.Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va 
tartibga solish tajribalari 
Davlat moliyasini sog‗lomlashtirish, uning daromadlari va xarajatlarining 
mutanosibligini ta‘minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq 


132 
tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Hozirgi davrda davlat byudjeti taqchilligi muammosi nafaqat iqtisodchi olimlarning, 
balki dunyodagi qashshoq yoki rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda, 
iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar hukumatlarining ham asosiy diqqat-
e‘tiboridagi umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo hamon 
davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda 
jiddiy tus olmoqda. Ushbu holatga e‘tiborini qaratgan O‗zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni alohida ta‘kidladi: ―Inqiroz yillarida 
ko‗plab davlatlar o‗z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish 
maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‗larni yo‗naltirishga majbur bo‗ldi. Bu, o‗z 
navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi 
davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy 
nomutanosiblikning yuzaga chiqishiga sabab bo‗ldi‖
48
. Har bir alohida olingan 
mamlakatda davlat byudjetini boshqarishda byudjet taqchilligi va uni boshqarish 
masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti taqchilligi davlat oldiga 
qo‗yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Ta‘kidlash lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligi 
har doim ham salbiy holatni bildirmaydi.
 
J.M.Keynsning eng asosiy g‗oyasi shundan iboratki, u davlat xarajatlarini 
oshirish va ushbu mablag‗lar yetmagan taqdirda ―qarz yordamida moliyalashtirishni‖ 
taklif etdi. Uning g‗oyasi davomchilari ushbu nazariyani ―taqchillik asosida 
moliyalashtirish‖ deb nomladilar. J.Keynsning fikricha, davlatning joriy xarajatlarini 
qarz hisobiga moliyalashtirish ―iste‘molga moyillikni‖ oshiradi va buning natijasida 
―investitsiyalarga moyillik‖ ham ortadi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, J.M. 
Keynsgacha davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining mutanosib bo‗lishi hamda 
byudjet taqchilligining faqat salbiy holat sifatida qabul qilinishiga asoslangan 
yondashuv mavjud edi. J.Keyns ushbu dunyoqarashlarga chek qo‗ydi. Uning fikricha, 
ssuda kapitali bozorida Markaziy bank yordamida ―samarali talab‖ga erishish 
mumkin va shu asosda, davlat byudjeti taqchilligi milliy iqtisodiyotni tartibga solib 
turuvchi vositalaridan biriga aylanadi. Yuqoridagi nazariyadan farqli ravishda, 
monetaristlarning fikricha, pul-kredit siyosati yalpi ichki mahsulot miqdorini 
o‗zgartirishning g‗oyatda qudratli vositasidir. Byudjetdagi taqchillikni o‗ziga maqbul 
darajada saqlab turish uchun davlat o‗z xarajatlarini kelib tushayotgan daromadlariga 
muvofiq holga keltirish maqsadida ularni davlat foydasiga jilovlab turadigan 
siyosatni muntazam ravishda olib boradi. Monetarizm tarafdorlari byudjet-soliq 
siyosatini amalga oshirish xech qanday ijobiy samara bermaydi, deb hisoblashadi. 
Monetaristlarning fikricha, iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy e‘tiborni 
muomaladagi pul miqdoriningo‗zgarishiga qaratish lozim, binobarin davlat 
byudjetidan makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun foydalanmaslik kerak.
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, jahon amaliyotida davlat byudjeti taqchilligi 
mamlakat milliy iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug‗diradimi yoki buning aksi – taqchillik 
iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalimi, degan savol hozirda ham dunyoning yetakchi 

48
Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 


xizmat qiladi‖. T.: O‘zbekiston, 2011. B - 4. 


133 
iqtisodchi olimlari o‗rtasida baxs-munozaralarga sabab bo‗ladi. Yevropa Ittifoqiga 
a‘zo rivojlangan mamlakatlar o‗zlarining rivojlanish bosqichlarida davlat tashqi qarzi 
va davlat byudjeti taqchilligini boshqarishda o‗ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, 
yevrohudud mamlakatlarida Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a‘zo 
mamlakatlar uchun ―yevrohudud‖da ishtirok etishlari uchun 1993 yil 2 maydan 
boshlab qat‘iy mezonlar o‗rnatilgan
49


davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizdan 
ortmasligi lozim, agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga 
nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‗llaniladi; 

davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 foizdan 
ortmasligi lozim (yoki ushbu ko‗rsatkichga barqaror yaqinlashib borish mumkin).
Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi muammosini o‗rganish bilan birga, 
iqtisodi taraqqiy topgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat byudjeti 
taqchilligining yuzaga kelish sabablarini tahlil etish va ularda byudjet taqchilligini 
qisqartirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‗rganish, bizga, ushbu 
sohada kelajakda yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolarning oldini olish imkoniya-
tini yaratadi.
Xalqaro amaliyotda yetakchi iqtisodchi olimlar o‗rtasida byudjet taqchilligini 
moliyalashtirishning usullari to‗g‗risida turli qarashlar mavjud. I.A. Pogosovning 
fikricha, ―davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning asosan ikki usuli 
mavjud
50
:

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish