131
lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar darajasining o‗sish sur‘ati boshqa bir qator
yetakchi ilg‗or mamlakatlardagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‗ldi. 1990 yilda
Yaponiyada byudjet profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‗i 2,9 foizni
tashkil qildi va 1990-1999 yillar mobaynida iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘ati
kuzatildi.
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotnimuvozanatlashtirishdagi roliga baho
berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim.
Byudjet defitsitini o‗sishi natijasida makroiqtisodiyko‗rsatkichlarda qanday ijobiy
o‗zgarishlar yuz berganini aniqlash lozim. Masalan, davlat byudjeti defitsitining
yuqori darajada o‗sishi davlat investitsiya xarajatlarining o‗sishi oqibati bo‗lishi
mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta‘sirini baholash
uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi, soliq tushumlaridagi o‗zgarishlarni va ishsizlik
darajasini baholash kerak. Chunki investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda,
investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining
iqtisodiyotga nisbatan salbiy ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlatning
mablag‗lari hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalar o‗zini oqlamasligi
qilingan xarajatlarning «o‗lik» kapitalga aylanishi, hukumat to‗lovlarining oshib
ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada
chuqurlashadi va ko‗pchilik hollarda, hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion
manbalaridan foydalanishga majbur bo‗ladi. Bunda byudjet defitsiti o‗zining passiv
shakliga kiradi. Byudjet defitsitining oshishi hisobiga iqtisodiy o‗sishni
rag‗batlantirishga erishilsa, u holda byudjet defitsitiaktiv shaklga ega bo‗ladi.
O‗zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi talablarga e‘tibor
berish maqsadga muvofiqdir:
- milliy valyuta barqarorligini saqlashning aniq dasturlari ishlab chiqilishi;
- byudjet defitsitini qoplashning samarali yo‗llari qidirib topilishi;
- davlat byudjeti hisobidagi tarmoqlarni iqtisodiy moliyalashtirishni qisqarti-
rish, harbiy xarajatlarga oqilona mablag‗ sarflash;
- sekvestr mexanizmini ishlab-chiqish (xarajatlarni proportsional ravishda
qisqartirish) va ularning bajarilishiga bevosita erishish.
Umuman, byudjet defitsitini boshqarish byudjet siyosatining ustuvor yo‗nalishi
bo‗lib, bunda iloji boricha mablag‗larni ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga
yo‗naltirish va aholining ish bilan bandligiga to‗liq erishishni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning noinflyatsion usullaridan
foydalanishga ustuvorlik berish, byudjet defitsitining darajasini xalqaro byudjet
amaliyotida qabul qilingan mo‗‘tadil darajada saqlab turish, iqtisodiy kategoriya
sifatida davlat byudjeti defitsitining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga
nisbatan yuzaga keladigan salbiy ta‘siri oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: