O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-jadval Sog„liqni saqlash tizimi faoliyatining asosiy yo„nalishlari va ularni



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

15.1-jadval
Sog„liqni saqlash tizimi faoliyatining asosiy yo„nalishlari va ularni 
moliyalashtirish manbalari
107
Faoliyat 
yo„nalishlari 
Bajaradigan funksiyalar 
Moliyalashtirish 
manbalari 
Jamoat 
sog„lig„ini 
saqlash 
1.
Kasallanish riskini kamaytirishga yo‗naltirilgan 
aniq tibbiy xizmatlarni taqdim etish 
2.
Sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish 
3.
Sog‗lom turmush tarzi va sog‗lom atrof-muhitni 
1. Davlat byudjeti 

107
Sog‗liqni saqlash sohasi va BTSYOKni moliyalashtirish va boshqaruv tizimini isloh qilish. USAID/ZdravPlus 


Toshkent, 2005. 58-b. 


242 
ta‘minlashga ko‗maklashish (sog‗lom ovqatlanish, 
toza ichimlik suvi ta‘minoti, kanalizatsiya va sh.k. ) 
Klinik xizmat 
ko„rsatish 
Kasalliklarni davolashga qaratilgan keng doiradagi 
tibbiy xizmatlar ko‗rsatish 
1.
Davlat byudjeti 
2.
Ijtimoiy sug‗urta 
3.
Xususiy sug‗urta 
4.
Pullik to‗lovlar 
Sog‗liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat 
byudjetining ahamiyati. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ichida 
fuqarolarga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni ko‗rsatish bilan bog‗liq kafolatlar alohida 
o‗rin egallaydi.O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha fuqarolar 
malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish bilan bog‗liq huquqlarga ega ekanligi 
belgilab qo‗yilgan. Ana shu huquqlarni amalga oshirishning zarurligi bu sohani 
boshqarish va moliyalashtirishda davlatning ustunligini belgilab beradi. 
Jahon Sog‗liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‗ra, moliyalashning barcha 
manbalaridan YAIMning 7-8 foizini safarbar etib, mamlakatda sog‗liqni saqlash 
tizimining normal faoliyatini ta‘minlash mumkin. 
Sog‗liqni saqlash tizimini aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi tibbiyot 
muassasalari tashkil qiladi. Bu muassasalarni yangidan qurish, mavjudlarini saqlash, 
moddiy-texnikaviy jihatdan ta‘minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan 
davlat mablag‗lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog‗liqni saqlash tizimining 
joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat byudjetining ahamiyati hali 
ham katta. Davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning qariyb 14-15 foizi 
sog‗liqni saqlash tizimini saqlash va rivojlantirishga yo‗naltirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining ―Fuqarolar sog‗lig‗ini saqlash to‗g‗risida‖gi 
Qonunida davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan 
tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko‗rsatilishi belgilangan bo‗lib, davlat 
byudjeti mablag‗lari aynan ana shu xizmatlar va ularni taqdim etuvchi muassasalarni 
mablag‗ bilan ta‘minlash uchun yo‗naltiriladi.
Qonunga ko‗ra, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar 
doirasiga quyidagilar kiradi: 

shoshilinch, kechiktirib bo‗lmaydigan tibbiy yordam ko‗rsatish; 

sog‗liqni saqlash tizimining birlamchi bo‗g‗inida va bir qator davlat davo-
lash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot 
muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‗rsatish; 

aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash; 

ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sog‗ligiga xavf tug‗diruvchi sil, 
xavfli o‗sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik hamda kasb kasalliklariga duchor 
bo‗lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‗rsatish; 

bolalarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash (pullik muassasalardan 
tashqari); 

15-17 yoshdagi o‗smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarining yo‗llanmalari 
bilan chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash; 

xomiladorlarga tibbiy xizmat ko‗rsatish (pullik muassasalardan tashqari); 


243 

bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush faxriylari, chin yetimlar 
va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish. 
Shuningdek, hukumatning tegishli qarorlari bilan davlat davolash-profilaktika 
muassasalarida bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish belgilangan fuqaro toifalari, turg‗un 
davolash muassasalarida ovqatlanish hamda dori-darmon bilan ta‘minlanish uchun 
to‗lovdan to‗liq yoki qisman ozod qilinadigan fuqaro toifalari va kasallik turlari 
belgilangan. 
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida davlat tomonidan kafolatlan-
gan tibbiy xizmatlarning miqdori va sifatini yaxshilash bilan birga,―yuqori texnologik 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi 
tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, 
xirurgiya, kardiologiya, ko‗z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, 
pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va 
venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar 
bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‗ldirilgan ixtisoslashtirilgan 
tibbiyot markazlari faoliyat ko‗rsatmoqda‖
108
. Respublikaning ixtisoslashtirilgan 
tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‗nalishlarini belgilash, 
uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy 
ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun 
respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning 
amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy 
etish maqsadida ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslash-
tirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖ 
qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasida 
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli 
jamg‗armalari mablag‗lari hisobidan 373,5 milliard so‗m hamda xalqaro tashkilotlar 
va moliya institutlarining mablag‗lari va grantlari hisobidan 100 million AQSH 
dollari miqdorida mablag‗ ajratilishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, shundan 60 milliard so‗m 
mablag‗ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya 
qilish va kapital ta‘mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy 
ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‗naltiriladi‖
109
.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun sog‗liqni saqlash 
tizimi qanday manbalar hisobidan moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat kasb 
etmaydi, ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga bo‗lgan 
ehtiyojini to‗la qondirishi; tibbiy yordamning hammabopligi; tibbiy xizmatning 
yuqori va kafolatlangan sifati; tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog‗liqni 
saqlash resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo‗lishi; davlat kafolatlari 
doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy darajasini ta‘minlashi zarur. Sog‗liqni saq-
lash sohasidagi islohotlar ham shu maqsadlar yo‗lida amalga oshiriladi. 

108
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 


yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3071-son 
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.
109
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan 
tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga sharh. O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda. 


244 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish