O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Rektor
_________prof. S.M.Turabdjanov
|
|
“KELIShILDI”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
______________________
|
201___ yil“___”___________
|
|
201___ yil “_____”__________
|
|
Ro‘yxatga olindi: № BD-5310800--3.02 201__ yil “___”____
|
|
|
QUYoSh ENERGETIKASI MATERIALLARI VA ELEMENTLARI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
300000
| |
Ta’lim sohasi:
|
320 000
|
Ishlab chiqarish texnologiyasi
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5310800
|
Elektronika va asbobsozlik (asbobsozlik).
|
Toshkent – 2019
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201__ yil “___” _____dagi ______ - sonli buyrug‘i bilan fan dasturlari ro‘yxati tasdiqlangan.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201__ yil “___”_________ dagi ____ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Pak S.S.
|
– Toshkent davlat texnika universiteti “Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi kattta o‘qituvchisi.
|
|
|
Taqrizchilar:
Turg‘unboev F.
|
- O‘zMU, “Umumiy fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD;
|
Qurbonova O‘.H.
|
– Toshkent davlat texnika universiteti “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.d.
|
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayonnoma).
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiyta’limdagi o‘rni
Ushbu dasturi respublikamizning rivojlanishida asbobsozlikda materiallar va komponentlar, quyosh energetikasini rivojlantirish, kelajakda alternativ energiya manbalaridan unumli foydalanish, ularni ishlab chiqarishga keng joriy qilishni yo‘lga qo‘yish muammolarini yechish, ishlab chiqarish texnologiyalar, ularni qo‘llanish sohalarini bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘rganishdan maqsad –yarim o‘tkazgichli materiallar asosan kremniy, germaniy asosida yaratilgan solar cell deb ataluvchi quyosh elementlaridan foydalanish, materiallar klassifikatsiyasi va ularni bo‘linishi, asbobsozlik texnologiyalarini elektr, magnit xamda boshqa xossalari; yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarini yaratishda ishlatiladigan materiallarning xususiyatlari, quyosh elementlar, fotodiod, fototranzistorlar, fotoeffekt hodisasiga asoslanib ishlaydigan barcha qurilma va asboblarni o‘rganish, kattaliklari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi – asbobsozlikda qo‘llaniladigan konstruksion materiallar, quyosh elementlarini yarim o‘tkazgichli materiallardan tayyorlash, qoplamalar tayyorlash texnologiyasi, platalar tayyorlash texnologiyasi, yupqa plyonkali mikrosxemalarni tayyorlash texnologiyasi xaqida asosiy tushunchalar bilan tanishtirishdan, quyosh elementlari xaqidagi bilim, mustaqil fikrlash kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat
“Quyosh energetikasi materiallari va elementlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- fanning asosiy muammolari va bu fanning kasbni egallashdagi mohiyati, zamonaviy quyosh elementlari to‘g‘risida umumiy ma’luiotlarni berish, asosiy xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- quyosh elementlari tayyorlashda qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichli konstruksion materiallar, qoplamalar tayyorlash texnologiyasi, bosma platalar, ularning turlari, tayyorlanish etaplari va texnologiyasi haqidagi ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- zamonaviy quyosh elementlari texnologiyalari, ularning qo‘llanishiko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- lazer texnologiyalari, elektron-nurli texnologiyalar, bosma platalar tayyorlash texnologiyasi, yupqa plyonkali mikrosxemalarni tayyorlash texnologiyasi, detallarni plastmassadan tayyorlash, yig‘ish texnologiyasimalakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |