O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish



Download 1,44 Mb.
bet34/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish iste‘molchilar huquqlarining buzilishi, shu sohada o‘rnatilgan tartibga rioya qilmaslik, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning yashirilishiga sharoit yaratishi bilan xavfli hisoblanadi. Shu sababli mazkur jinoyatning bevosita o‘bekti savdo xizmat ko‘rsatishning o‘rnatilgan tartibini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzishda ifodalanadi.
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deganda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushuniladi25.
Mazkur jinoyat tarkibi blanket dispozitsiya tuzilish xususiyatiga egaligi bois, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aybdor tomonidan savdo yoki xizmat ko‘rsatishning qaysi qoidasi, shuningdek, shu qoidaning qaysi bandi buzilganligini aniqlash zarur. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 -yil 17 noyabrdagi 306-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida savdoni amalga oshirishda va tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan pulli hisob-kitoblar barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar tomonidan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini majburiy tartibda qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Mazkur talabning buzilishi o‘z o‘rnida savdo qoidalarini buzish deb topiladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqa­ruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 20-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob- kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandiga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish o‘bektlari sotuvchi xodimlarining to‘lov terminallaridan foydalanishni bilmasliklari sababi bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilmaslik holatlari savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi26.
Savdo va xizmat ko ‘rsatish o‘bektlari deganda mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning o‘lchamidan va hokazodan qat‘iy nazar, tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 19-bo‘limida savdo qoidalarining buzilish turlari belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;
tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schot) bermasdan sotish;
xaridorga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish imkoniyatini yaratishdan bosh tortish;
xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati yomon tovarni ta‘mirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday tovarni berishdan bosh tortish;
plastik kartochkalardan foydalanilgan to‘lovni qabul qilishdan bosh tortish;
nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;
tovarlarning majburiy ro‘yxatiga rioya qilmaslik;
to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;
nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga;
audiovizual asarlarni sotish; yonilg‘i-moylash materiallarini sotish tartibiga;
alkogolli ichimliklarni, jumladan kuchsiz alkogolli ichimliklarni va tamaki mahsulotlarini sotish qoidalariga rioya qilmaslik.
Quyidagilarni:
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning kontrafakt nusxalarini;
sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek, xaridorga sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;
tovarlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish; kimyoviy moddalar qoldiqlari yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotish.
Shuningdek, aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17 apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 11- sonli qarorining 16-bandida: “Qonunni buzgan holda aksiz markalarisiz savdo faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlarini tavsiflashda sudlar O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan aksiz soliqning bir turi ekanligi va shu sababli aybdorlar Jinoyat kodek­sining 184 va 189-moddalari bo‘yicha javobgarlikni ko‘zda tutuvchi jinoyatlar majmui bilan javobgar qilinishlari kerakligidan kelib chiqishlari lozim.
Aksizsiz savdo qilish oqibatida keltirilgan zarar miqdorini aniqlash­da nafaqat aksiz markalarisiz haqiqatan sotilgan mahsulotning summasidan, balki sotuvda bo‘lgan aksiz markalarisiz barcha mahsulotlar miqdoridan, garchand bu mahsulotlar bir xil bo‘lmasa-da, kelib chiqish za­rur”, - deb ta‘kidlanadi.
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha miqdordan kam qiymatda buzish Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 164-moddasining birinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish esa 164-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha ma‘muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ma‘muriy jazo qo‘llanilgandan keyin shunday harakatlarni ancha miqdorda sodir etish Jinoyat kodeksi
188-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Shu nuqtai nazardan Jinoyat kodeksi 189-moddasining birinchi qis­mida nazarda tutilgan jinoyat ancha miqdordagi qiymatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarining biron-bir bandi buzilgan vaqtdan e‘tiboran tugallangan hisoblanadi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning sub‘yektiv tomoni aybning qasd shak­lida ifodalanadi. Aybdor o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglaydi va uni sodir etishni xohlaydi. Jinoyatning motiv va maqsadlari turlicha bo‘lishi mumkin, biroq ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatining sub‘yek­ti sifatida faqat belgilangan tartibda savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoli­yatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Mazkur jinoyat tovarlar bevosita savdo qoidalari buzib muomalaga kiritilganda (sotilganda), shuningdek, xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilganda sodir etilgan hisoblanadi27.
Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ko‘p miqdordagi qiymatda buzish Jinoyat kodeksi 189-moddasining ikkinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishiga sabab bo‘ladi.
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish: a) xavfli retsidivist yoki ilgari Jinoyat kodeksining 188 yoki 190-moddalarida nazarda tutil­gan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 189-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifi­katsiya qilinadi.
Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miq­dordagi qiymatda buzish Jinoyat kodeksi 189-moddasining uchinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Mazkur moddalarning og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, shaxsning muqaddam ma‘­muriy jazoga tortilgan-tortilmaganligidan qat‘iy nazar, jinoiy javobgarlik vujudga keladi28.


3. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish


Shaxsning litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishi xo‘jalik faoliyatining ayrim sohalarida tartibsizlik, nazoratsizlikni keltirib chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Shu sababli mazkur jinoyatning bevosita o‘bekti ruxsatnoma olinishi shart bo‘lgan faoliyatning belgilangan tartibi hisoblanadi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishda ifodalanadi.
Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish jinoyati blanket dispozitsiya tuzilishi xususiyatiga ega bo‘lib, mazkur jinoyatning mazmuni O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga havola qilish orqali ochib beriladi (masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa).
Litsenziya olinishi talab qilinadigan faoliyat turlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”29gi 222-II-sonli qarorida keltirilgan. Mazkur qarorda keltirilgan har bir faoliyat turlari litsenziyalanishi shart. O‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28 iyundagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”i, “O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”30gi 236-sonli qaroriga muvofiq, faoliyatning mazkur ro‘yxatga kiritilmagan boshqa turlari litsenziyalanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28 iyundagi 236-sonli qarori bilan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxati” tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25 maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga muvofiq respublikamizda ushbu davlat tuzilmalariga litsenziyalar berish huquqi beriladi. Ular quyidagi davlat tuzilmalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respub­likasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi;
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
O‘zbeknavo” estrada birlashmasi;
O‘zbekiston Respub­likasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
Toshkent shahar hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvo­fiqlashtirish departamenti;
Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvo­fiqlashtirish departamenti;
«O‘zstandart» agentligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
tumanlar (shaharlar) hokimliklari31.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25 maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga muvofiq, litsenziyalovchi organlar qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash vakolatiga ega. Faoliyat turlarini litsenziyalovchi organlar o‘zlarining yo‘nalishlari maxsus nizomga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek, to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatishni litsenziyalash to‘g‘risida”gi 498-sonli qarori va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi “Savdo sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorida: “Amaldagi qonunlarga muvofiq, savdo faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi, aybdor muqaddam shunday harakatlar uchun bir yil mobaynida Ma‘muriy javob­garlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi bilan ma‘muriy javobgar­likka tortilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi bo‘yicha javob­garlikni yuzaga keltiradi. Agar bunda aybdorning savdo faoliyatini faqat ruxsatnoma (litsenziya)siz amalga oshiribgina qolmay, balki ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlaganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim”32, - deb tushuntiriladi.
Litsenziya deganda litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq) tushuniladi.
Faoliyatning litsenziyalanayotgan turi deganda O‘zbekiston Res­publikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi tushuniladi.
Litsenziyalash deganda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani top­shirish va ko‘rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Sub‘yektiv tomondan jinoyat aybning ham to‘g‘ri, ham egri qasd shaklida ifodalanishi mumkin. Shaxs faoliyat bilan qonunga xilof ravish­da shug‘ullanayotganligini hamda u bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma olinishi talab qilinishini biladi va buni xohlaydi.
Jinoyat sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs hisoblanadi.
Litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanish: a) xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 190-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish