O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,44 Mb.
bet30/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2. Byudjet intizomini buzish
Qonunga ko‘ra byudjet intizomini buzish deganda byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tash- kilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo‘yicha byudjetdan ajratil- gan mablag‘larning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini bu­zish, shunday qilmish uchun ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etish tushuniladi.
Byudjet intizomini buzishning ijtimoiy xavfi mazkur jinoyat sodir etilishi natijasida byudjetda asossiz taqchillik paydo bo‘lishini, yordamga muhtoj muassasa va tashkilotlarni talab qilingan vositalar, mablag‘lar bilan ta‘minlamaslik uchun haqiqiy asos paydo bo‘ladi. Sharhlanayotgan jinoyatning sodir etilishi davlat mablag‘larini samarali, to‘liq natija bilan va o‘z o‘rnida ishlatishga yo‘l bermaydi. Buning natijasida aholining alohida qatlamlari orasida boqimandalik, norozilik kayfiyati shakllanadi, bu esa O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning jamiyat tomonidan idrok qilinishiga salbiy ta‘sir o‘tkazadi, ularni obro‘sizlantiradi.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning bevosita o‘bekti chiqim limitiga rioya qilish, byudjet mablag‘larini qonuniy va maqsadli sarf etishning o‘rnatilgan tartibiga rioya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Byudjet intizomini buzish predmeti deb, byudjet mablag‘lari, ya‘ni davlat byudjetiga kirgan va qonunda o‘rnatilgan tartibda bu mablag‘larni oluvchiga ajratilgan moddiy va pul mablag‘lari tan olinishi lozim.
Byudjet mablag‘larini ajratish deganda oluvchiga moddiy va pul mablag‘larini bevosita yo‘naltirish hamda unga tegishli bo‘lgan vositalarni maqsadli ishlatish sharti bilan byudjetga o‘tkazishga ruxsat tushuniladi.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomoni:

  1. byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llashda;

  2. shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo‘yicha byudjetdan ajratilgan mablag‘larning limitlardan ortib ketishida;

  3. shtat-smeta intizomini buzishda ifodalanadi.

Byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan mu­assasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo ‘llash deganda byudjet mablag‘larini sarflash navbatining o‘rnatilgan tartibini buzish yoxud ularni maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda iste‘mol qilish tushuniladi.
Qonunga ko‘ra, quyidagi to‘rt guruh davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lov (bolalik oilalarga nafaqalar va kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshq.);
ish haqiga qo‘shimchalar;
kapital qo‘yilmalar (davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
boshqa xarajatlar.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda mablag‘ bilan ta‘minlanadi. Xarajatlarning III guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida mablag‘ bilan ta‘minlanadi.
Boshqa xarajatlar” IV guruhi bo‘yicha mablag‘lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: ovqatlantirish, dori-darmonlar; kommunal xizmatlar, boshqa xarajatlar.
IV guruh hisobiga avtomobillar va boshqa avtotransport vositalarini (maxsus avtotransport bundan mustasno), uyali telefonlar va ortiqcha dabdabali buyumlar (import ofis mebeli, audio-video texnika (o‘quv, ilmiy va tibbiy jarayonlarda foydalaniladiganlardan tashqari), ofislar uchun gilamlar va boshqalar) xarid qilishga faqat O‘zbekiston Respub­likasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Nafaqat pul mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, balki byudjetning boshqa mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish (masalan, xizmatda foydalaniladigan turar-joy binosidan savdo rastasi sifatida foydalanish; quyi tashkilot uchun byudjetdan ajratilgan mulkni yuqori turuvchi tashkilot uchun ajratish va hokazo)ni ham byudjet mablag‘larini nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirish deb kvalifikatsiya qilish zarur. Foydalanish deganda mablag‘larni har qanday usulda iste‘mol qilish tushuniladi (mulkni ekspluatatsiya qilish, undan kelgan foyda va daromadni olish).
Byudjet mablag‘laridan shaxsiy boylik orttirish yoxud boshqa g‘arazli maqsadlardan kelib chiqib, byudjetda yoki smetada nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirilganda, qilmish jinoyatlar majmui bo‘yicha Jinoyat kodeksi 1841-moddasining birinchi qismi va tegishli moddasi (masalan, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan kvalifi­katsiya qilinishi lozim.
Byudjet mablag‘lari byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llanganda va tezkor tadbirlar sababli yuzaga kelmagan yo‘nalishda sarflansa, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish deb tan olinadi.
Byudjet - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Byudjet respublika byudjetiga va mahalliy byudjetga bo‘linadi.
Smeta - bu tashkilotlarni ta‘minlash hamda xo‘jalik va madaniy qurilish bo‘yicha markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan beriladigan mablag‘larning miqdori, maqsadli yo‘nalishi va choraklar bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy reja hujjati.
Byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llash amalda maqsadsiz foydalanilgan yoki xarajat qilingan paytdan boshlab tugallangan jinoyat deb tan olinishi lozim. Bu mablag‘larni keyinchalik maqsadsiz foydalanish yoki yo‘naltirish maqsadida taqsimlash esa, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib, sharhlanayotgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoxud uni amalga oshirishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Qonunga ko‘ra, byudjetdan mablag‘ ajratish deganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari16 tushuniladi.
Chiqim moddalari bo‘yicha byudjetdan mablag‘ ajratish limitidan oshib ketishi jinoyat sub‘yektining faol harakatlarida ifodalanadi, ular ajratilgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishda, ya‘ni ulardan belgilangan navbat doirasida foydalanadi, lekin xarajatlarning bir guruhi doirasida rejalashtirilgan (limit) va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasidagi manfiy farqni shakllantirishda ifodalanadi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish xarajatlari limiti deganda tegishli byudjet yoki smetada nazarda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablag‘larning bir turi, o‘bekti va o‘bektosti xarajatlar bo‘yicha foydalanish miqdori tushu­niladi. Rejalashtirgan va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasidagi manfiy farq byudjet muassasasi yoki tashkiloti ichki hisoblari, masalan, Byudjet tashkiloti rivojlanish fondi mablag‘lari hisobidan qoplanganda ham, byudjetdan mablag‘ ajratish limitlarini oshirish deb topiladi. Agar xara­jatlarning butun tegishli guruhi doirasida limitdan oshirish bo‘lmasa, ya‘ni bitta tur, o‘bekt va o‘bektosti xarajatlar bo‘yicha byudjet pul mablag‘larini sarflashda smetada nazarda tutilgan hajmlar boshqa turdagi o‘bekt va o‘bektosti xarajatlarga ajratilgan rejali pul mablag‘lari hiso­bidan qoplanganda ham, xarajatlarning o‘sha guruhi bo‘yicha kreditorlik qarzi hamda xarajatlar limiti oshirilgan deb hisoblanmaydi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish xarajatlari limitini oshirishni tugallangan jinoyat deb tegishli guruhda rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasida manfiy farq paydo bo‘lgan paytdan hisoblanadi.
Byudjet mablag‘larini byudjet yoki smetada nazarda tutilmagan xara­jatlarga yo‘naltirishni byudjetdan mablag‘ ajratish limitini oshirishdan farqlash lozim. Byudjet mablag‘larini yo‘naltirish - bu tegishli byudjet yoki smetada nazarda tutilmagan xarajatlarni mablag‘ bilan ta‘minlashdir, byudjet mablag‘larini oshirish esa, tegishli byudjet yoki smetada nazarda tutilgan rejalashtirilgan va amalda qilingan xarajatlar o‘rtasida manfiy farq paydo bo‘lishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, byudjet mab- lag‘larini yo‘naltirishda mazkur mablag‘lar nafaqat pul mablag‘larida, balki moddiy qadriyatlarda ham ifodalanishi mumkin, biroq byudjetdan mablag‘ ajratishni amalga oshirishda jinoyat predmeti faqat pul mablag‘lari bo‘lishi mumkin.
Shtat-smeta intizomi - bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to­monidan o‘rnatilgan smetalarni hamda byudjet tashkilot va muassasalarining xodimlari shtat jadvali va tarifikatsiya ro‘yxatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, o‘zgartirish va ro‘yxatga olish tartibidir.
Shtat jadvali - mulk egasi, tashkilot rahbari yoxud yuqori organ tasdiqlaydigan doimiy xodimlar mansablari ro‘yxatidir, unda mansablar (bosh o‘rinlar) soni hamda mansab maoshlari miqdori ko‘rsatiladi.
Tarifikatsiya ro ‘yxati - bu byudjet tashkilot shtatida ma‘lum mansablarni egallovchi muayyan shaxslarning tarifikatsiyasini ko‘rsatib, ya‘ni ushbu xodimlarda attestatsiya natijalariga ko‘ra, ularning ish vaqti asl hajmiga ko‘ra berilgan tegishli malakaviy kategoriyasi mavjudligini hamda ularning mansab maoshi miqdorini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxat.
Shtat-smeta intizomi buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchi­ligi tomonidan belgilangan smetalarni hamda byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarining shtat jadvali va tarifikatsiya ro‘yxatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, o‘zgartirish va ro‘yxatga olish tartibiga rioya qilmaslikdir.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasi birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javob­garlikka ortish sharti, ko‘rsatilgan harakatlarni sodir etganligi uchun ma‘­muriy jazo (MJTK 1752-m., 1-q.) qo‘llanilganidan keyin sodir etilganligi hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazar­da tutilgan qilmishlardan biri sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan deb hisoblanadi.
Sub‘yektiv tomondan tahlil sharhlanayotgan jinoyat to‘g‘ri qasd shak- lidagi ayb bilan tavsiflanadi. Aybdor o‘z qilmishlarining ijtimoiy xavfliligini anglaydi va uni sodir etishni xohlaydi.
Jinoyat sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan va byudjet mablag‘larini taqsimlash hamda sarflash, shuningdek, shtat-smeta intizomiga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsdir. Qonunchilikka muvofiq bunday shaxslar - byudjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari hisoblanadi.
Byudjet tashkiloti deganda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkilotini tushunish lozim17.
Yuqorida tahlil qilingan qilmishlar kop miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 1841-moddasining ikkinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Yetkazilgan zarar hajmini baholash byudjet tashkilotining byudjeti yoxud smetasida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirgan byudjet mablag‘larini, byudjetdan mablag‘ ajratishni oshirishni yoki bir moliyaviy yil chegarasida shtat-smeta intizomini buzish natijasida olingan umumiy summa asosida amalga oshiriladi. Miqdorni aniqlash boshqa moliyaviy yilda asossiz sarflangan mablag‘lar hisobiga olinmasligi lozim (masalan, ikki yil ichida asossiz sarflangan vositalarning umumiy summasini ko‘p miqdor sifatida tan olish mumkin emas. Har qaysi moliyaviy yil uchun avvalgi yoki keyingi yil bilan qo‘shilmaydigan o‘z miqdori belgilanishi lozim).
Moliyaviy yil deganda birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr tushuniladi2. Shuni ham qayd etish lozimki, tashkilot byudjeti yoki smetasida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirilgan va pul mablag‘larida emas, balki mulk shaklida ifodalangan byudjet mablag‘lari miqdorini aniqlashda tegishli smeta yoxud byudjetda ko‘rsatilgan mulkning narxidan kelib chiqish lozim.
Agar ko‘rsatilgan qilmishlar juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 18418-moddasining uchin­chi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Qonunda byudjet intizomini buzishning alohida shakli byudjetdan mo- liyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to‘lovi uchun pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirilganligi hisoblanadi.
Mazkur jinoyatning bevosita o‘bekti byudjet mablag‘laridan foydalanishning va xarajatlar limitiga rioya qilishning belgilangan tartibiga rioya qilish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlardan tashqari, birinchi navbatdagi byudjet to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash ham bo‘ladi. Sharhlanayotgan qilmish predmetini e‘tiborga olib, shuni ta‘kidlash lozimki, fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda mehnat, ijtimoiy ta‘minlash, ta‘lim sohalaridagi munosabatlarni ham o‘bekt sifatida tan olish lozim.
Byudjet intizomini buzishning predmeti faqat ish haqi, nafaqa, stipendiya va ularga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar bo‘lishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ish haqi deganda moliyalash manbaidan qat‘iy nazar, pul yoki natura shakllarida hisob yozilgan, ish haqlarining barcha turlarini (shuningdek, turli mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy to‘lovlarni) qamrab oladi, bunga xodimlarga ishlanmagan vaqt (har yilgi yozgi ta‘til, bayram kunlari va hokazo) uchun qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab yozilgan pul summalari ham kiradi. Sharhlanayotgan modda ma‘nosida ish haqi faqat pul shaklida ifodalanadi, chunki banklar uni natural shaklda berishni amalga oshirmaydi. Shunga bog‘liq holda mazkur modda asosida ish haqini belgilashda tergov va sud organlari qonunchilikda belgilangan pul shaklidagi ish haqi sirasiga kiritilgan to‘lovlarning turlari ro‘yxatiga murojaat etishlari lozim1.
Nafaqa - ijtimoiy ta‘minlashning shakli, u ijtimoiy sug‘urta yoxud davlat byudjeti mablag‘laridan doimiy yoki bir marotabali to‘lovdir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi uchun nafaqa, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa kabilar to‘lovi nazarda tutiladi.
Stipendiya - oliy ta‘lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha va pulli - kontrakt asosda kunduzi o‘qiydigan, davomati yaxshi bo‘lgan talabalariga (bundan chet ellik talabalar mustasno) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat‘iy nazar, to‘lanadigan oylik pul ta‘minoti (nafaqa). Stipendiya chuqur kasbiy bilimlarni egallash va davomatni oshirishda talabalarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish maqsadida to‘lanadi19.
Ish haqi, nafaqa va stipendiyalarga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar deganda xarajatlarni qoplashning bir xil darajasini (proporsional tartibni) ta‘minlovchi sharoitlarda amalga oshiriladigan qonunchilikda belgilangan to‘lov turi tushuniladi. Qonunlarda to‘lovlarning bunday turiga harbiylarga pul mablag‘larini berish, moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘lovlar, aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar, sog‘liqqa ziyon keltirishni qoplash, mualliflik bitimlari bo‘yicha rag‘batlantirish, xizmat safari chiqimlari kiritiladi.
Pul mablag‘lari berishning asossiz kechiktirilishi byudjet intizomini buzish deb tan olinuvchi xarajat turlari ro‘yxati qonunda to‘liq belgilangan va boshqacha talqin qilinishi mumkin emas. Shu munosabat bilan bank rahbari yoxud boshqa mansabdor shaxslari tomonidan boshqa mablag‘lar, zarur ehtiyojlarga navbatdan tashqari amalga oshiriladigan hamda kapital ta‘mir xarajatlari uchun to‘lovlar to‘xtatilsa (agarda ular yuqorida qayd etilgan chiqimlar turidan biri bo‘lmasa), aybdorlar harakati mazkur moddaning to‘rtinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutil­gan jinoyatning o‘bektiv tomoni byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglash­tirilgan boshqa xarajatlar to‘lovi uchun pul mablag‘lari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilishida ifodalanadi.
Pul mablag‘lari berishni kechiktirish deganda byudjet tashkiloti va muassasalari kabi oluvchilarga pul mablag‘lari muddatida to‘liq yoki qisman o‘tkazib berilmasligini tushunish lozim. Bunda shuni qayd etish lozimki, ish haqi, nafaqa, stipendiya va ularga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini berish muddati jamoa kelishuvlari, Hukumat qarorlari, vazirliklar buyruqlari, Markaziy bank yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan har bir alohida holatda mablag‘lar to‘lanishi shart bo‘lgan muddat aniqlanadi.
Shuni qayd etish lozimki, pul mablag‘larini muddatida o‘tkazib berish to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin, ya‘ni bu bankdan byudjet tashkiloti yoxud muassasasiga beriladigan mablag‘larning qismi dastlab berilgan-berilmaganligi bilan bog‘liqdir. Xususan, agar pul mablag‘larining bir qismi berilgan bo‘lsa, muddatidan qisman o‘tkazib berish deb hisoblanadi, agar muddatidan o‘tkazib berish to‘liq summaga teng bo‘lsa, unda to‘liq muddatidan o‘tkazib berish hisoblanadi. Muddatidan o‘tkazib berish xususiyati qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta‘sir qilmaydi, biroq sud tomonidan jazo tayinlashda hisobga olinishi lozim.
Pul mablag‘lari berish kechiktirilishining asossizligi deganda bank rahbari yoxud mansabdor shaxs irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, u ularni oldindan ko‘ra olmagan va ko‘ra ololmaydigan hamda naqd pul mablag‘larini berishga jiddiy ta‘sir qilgan qandaydir o‘bektiv holatlarni tushunish lozim. Masalan, bankda naqd pul mavjudligida, texnik vositalar ishlab turganda, favqulodda vaziyatlar bo‘lmaganda byudjet tashkilotlari va muassasalariga pul mablag‘larining kechiktirib berilishini asossiz deb tushunish lozim.
Byudjet tashkilotlari va muassasalariga pul mablag‘larini asossiz ravishda kechiktirib berish deb, u aybdorlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda, biroq ular bu shaxslarga avvaldan ma‘lum bo‘lgan doimiy yoxud vaqti-vaqti bilan yoki qandaydir sabablarga ko‘ra yuz beradigan holatlarnigina hisoblash lozim. Masalan, ma‘lum davrda naqd pullar yo‘q bo‘lishini bilib, aynan shu davrga pul mablag‘lari to‘lovi muddatini belgilash shunday holat bo‘ladi. Tergov-sud organlari tomonidan aybdor irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, biroq uning o‘zi vujudga keltirgan holatlarni ham pul mablag‘larini asossiz ravishda kechiktirib berish deb kvalifi­katsiya qilinishi lozim. Bunga ayrim tashkilotlarga pul mablag‘larini berish muddatini boshqa tashkilotlarga zarar yetkazgan holda o‘zgartirish misol bo‘la oladi.
Pul mablag‘larining asossiz kechiktirib berilishining sababi har bir muayyan holatda tergov-sud organlari tomonidan ko‘rsatilishi kerak, to‘lovga to‘sqinlik qiladigan o‘bektiv oqibatlar aybdor harakati natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, uning harakati va bu oqibatlar paydo bo‘lishi o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni, shuningdek, qasd yo‘nalishini aniqlash lozim.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish sharti ko‘rsatilgan harakatlarni sodir etganligi uchun ma‘muriy jazo (MJTKning 1752-m., 2-q.) qo‘llanilganidan keyin sodir etilganligi hisoblanadi.
Ish haqi, nafaqa, stipendiya va shu kabi to‘lovlar uchun byudjet tashkiloti yoki muassasalarga pul mablag‘lari to‘liq to‘lanadigan muddat tugaganidan so‘ng jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Sub‘yektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd shaklidagi ayb bilan tavsiflanadi. Aybdor o‘zining harakatlari natijasida byudjet tashkiloti va muassasasiga pul mablag‘lari berishni asossiz kechiktirayotganligini anglaydi va shunday harakatlar amalga oshishini xohlaydi.
1841-moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqargan qilmishni sodir etish maqsad va motivlari turlicha bo‘lishi mumkin. Shu sababli ular qilmish kvalifikatsiyasiga ta‘sir etmaydi, biroq jazo tayinlashda sud tomonidan hisobga olinadi.
Jinoyat kodeksi 1841-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutil­gan jinoyatning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan byudjetdan moliyalanadigan muassasa va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to‘lovi uchun pul mablag‘lari berishning bank rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar bo‘lishi mumkin.

11-mavzu. Bojxona va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishiga qarshi kurashish





Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish