5-mavzu. Iqtisodiy jinoyatchilikka oid qonunchilik va iqtisodiy jinoyatchilikning jinoiy-huquqiy tavsifi Iqtisodiy jinoyatchilikda jinoiy-huquqiy tushuncha. Iqtisodiy jinoyatchilikning elementlari va amaliy ahamiyati. Iqtisodiy jinoyatchilikning jinoiy-huquqiy xarakteristikasi mazmuni. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy jinoyatchilikka oid qabul qilingan qonunlar va farmonlar. Iqtisodiy jinoyatchilikni bartaraf etishga oid davlat tashkilotlari faoliyati, ularning funksiyalari va ish jarayonlari tahlili.
6-mavzu. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy iqtisodiyotni muhofaza etishning huquqiy kafolati. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari. Iqtisodiy jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davlat dasturlari. Iqtisodiy jinoyatchilik keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va iqtisodiy jinoyatchilik profilaktikasi. Iqtisodiy jinoyatchilik indikatorlari. Iqtisodiy jinoyatchilik keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarini aniqlash choralari samaradorligini oshirish. Samarali kadrlar tizimini yaratish iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning eng maqbul yo‘li.
7-mavzu. Mulkiy jinoyatlar, mulkni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish Mulk huquqi va mulkiy manfaatlar tushunchasi. Mulkiy jinoyatlarning sodir bo‘lishi. Mulkni talon-toroj qilish tushunchasi. Mulkiy jinoyatlar. Jinoyat Kodeksida mulkni muhofaza qilish ob‘ekti sifatida. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish tushunchasi va belgilari. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning shakllari va turlari. Ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishning ob‘ektiv mezoni. Ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishning sub‘ektiv mezoni. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik tortish masalalari. O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining iqtisodiy-huquqiy ahamiyati. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish - iqtisodiy jinoyatchilikning muhim ko‘rinishi. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish tushunchalari. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishning tarkibi va turlari. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga yo‘l qo‘ymaslik shartlari. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish tushunchasi va tarkibi. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish tushunchasi, belgilari va turlari.