I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy
kasbiy ta‘limdagi o‘rni
Ushbu dasturda “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining asosiy mazmuni va vazifalari, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning turlari, ko‘lami, ularga qarshi kurashish yo‘nalishlari, O‘zbekistonning boy resurs imkoniyatlari sharoitida iqtisodiy jinoyatchilikning oldini olish iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash sharti ekanligini anglatish hamda talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini hurmat qilish va rioya etish ruhida tarbiyalash alohida vazifa sifatida belgilangan.
Huquqiy javobgarlikning eng og‘ir turi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida u yoki bu faoliyatni amalga oshirishda huquqiy mexanizmlarga rioya etishni nazarda tutadi. Talabalarning huquqiy-iqtisodiy ongini, huquqiy-iqtisodiy savodxonligi, huquqiy-iqtisodiy madaniyatini oshirish tarbiyaning tub mohiyatini tashkil etadi.
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fani doirasida talabalarda mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda iqtisodiy jinoyatchilikning o‘rni va unga qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi asoslari to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish muhim hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga transformatsiyalashuvi sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning muhim shartlaridan biri iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari, bartaraf etish masalalarini nazariy-amaliy o‘rganish va tadbiq etish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fani ixtisoslik fanlaridan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsad va vazifasi
Fanni o‘qitishning maqsadi – iqtisodiy va moliyaviy noaniqliklar manbai bo‘lgan globallashuv va xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash sharti sifatida iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasini keng o‘rganish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning darajalari va tahdidlarini iqtisodiyot tarmoqlariga ta‘sirini o‘rganish, innovatsiya va investitsiyalarning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashdagi o‘rni, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning iqtisodiy o‘sishga ta‘sirini baholash, iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash sharti ekanligini ko‘rib chiqqan holda talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimni shakllantirishdir.
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanini o‘rganishning asosiy vazifalariga: mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, milliy iqtisodiyotni jahon bozoriga integratsiya qilish sharoitida mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta‘sir etuvchi iqtisodiy jinoyatchilik tahdidlarini aniqlash va baholash, respublika iqtisodiyoti taraqqiyotining xarakterli xususiyatlarini o‘rganish va rivojlanish istiqbollarini belgilash, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi qarshi kurashish yo‘llarini belgilash, iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish choralarining xorij tajribasini o‘rganish va mamlakatimiz sharoitiga mos keladigan jihatlarini qo‘llash va boshqalar kiradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
– “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining maqsadi va vazifalari; fanning predmeti va ob‘ekti; «iqtisodiy jinoyatchilik» tushunchalarining iqtisodiy va huquqiy talqini; iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning kelib chiqishining sabablari, shart-sharoitlari; iqtisodiy jinoyatchilikning jinoiy-huquqiy tushunchasi; iqtisodiy jinoyatchilikning kriminologik tavsifi; iqtisodiy jinoyatchilikning alohida turlarining xususiyatlari; iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish choralarini o‘rganish va 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
– iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning belgilari; iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimini; respublika iqtisodiyoti taraqqiyotining xarakterli xususiyatlari; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning mavjud holati va ularni hal etish mexanizmlari; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning oldini olish choralari, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llari haqida tasavvvurga ega bo‘lishi kerak;
– iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning xorij tajribasini qo‘llay olish; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar tahlilini amalga oshirish; iqtisodiy jinoyatchilik natijasida vujudga keladigan tahdidlarni iqtisodiyotga ta‘sirini hisob-kitob qilish; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning oila, korxona, jamiyat va davlat iqtisodiyoti darajasiga bevosita ta‘sir etuvchi ijtimoiy jarayonlarni prognoz qilish va zarur chora–tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |