O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,44 Mb.
bet95/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

3. Bankrotlikni yashirish
Bankrotlikni yashirish jinoyatining ijtimoiy xavfliligi shundaki, u sodir etilishi bilan bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari buziladi, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida to‘siqlar vujudga keladi. Bankrotlikni yashirish natijasida kreditorlarga moddiy zarar yetkaziladi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita o‘bekti iqtisodiyot asoslarini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
O‘bektiv tomondan mazkur jinoyat xo‘jalik yurituvchi sub‘yektning kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazishiga sabab bo‘lgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma‘lumot va hujjatlarni taqdim etishi, buxgalterlik hisobotlarini buzib ko‘rsatishi yo‘li bilan iqtisodiy jihatdan o‘zining to‘lovga qodirligini yo‘qotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishida ifodalanadi.
Yashirish deganda o‘zining to‘lovga qodir emasligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan huj­jatlarni kreditorlarga taqdim etish yoxud buxgalteriya hisobotlarini buzib ko‘rsatish yoxud o‘zining iqtisodiy nochorligi haqidagi boshqa faktlarni berkitish tushuniladi.
Iqtisodiy nochorlik to‘g‘risidagi axborotlarni yashirish xo‘jalik sub‘yektining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma‘lumotlar va hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya hisobotlarini buzib ko‘rsatishi yoki boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Haqiqatga to ‘g ‘ri kelmaydigan ma ’lumotlar va hujjatlarni taqdim etish deganda xo‘jalik sub‘yektining haqiqiy moliyaviy xo‘jalik holatini aks ettirmaydigan ma‘lumotlarni taqdim etishini tushunish lozim.
Moliyaviy xo‘jalikfaoliyati deganda xo‘jalik va tadbirkorlik tuzil malarining ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq mahsulot chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlarni amalga oshirish, moliya-buxgalteriya, hisob-kitob va statistik hujjatlarni yuritish, shuningdek, xo‘jalik sub‘yektlarining moliya, soliq, bank, bojxona va boshqa organlar hamda xo‘jalik sub‘yektlari bilan o‘zaro munosabatlari tizimini tushunish kerak.
Ma‘lumotlar va hujjatlarni taqdim etish - pochta orqali jo‘natish bilan, bevosita vakolatli shaxs yoki xo‘jalik sub‘yektining boshqa vakili tomonidan taqdim etishdir. Ushbu holatlar qilmishning kvalifikatsiyasiga ta‘sir etmaydi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, haqiqatga to‘g‘ri kel­maydigan ma‘lumot va hujjatlarni taqdim etish ular shunday ma‘lu­motlarni taqdim etishga vakolatli yoki javobgar shaxs tomonidan rasmiy ravishda taqdim etilgandagina ijtimoiy xavfli qilmishni vujudga keltiradi. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma‘lumotlar norasmiy ravishda taqdim etilganda, bankrotlikni yashirish deb qaralmasligi lozim.
Bankrotlikni yashirish buxgalteriya hisobotlarini buzib ko‘rsatish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Buxgalteriya hisoboti deganda tashkilotning mulkiy va moliyaviy holati hamda uning hisobot davri (oy, chorak, yil) mobaynida buxgal­teriya hisobi ma‘lumotlari asosida belgilangan shaklda tuziladigan ma‘lumotlarning yagona tizimi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobotlarini buzib ko‘rsatish deganda xo‘jalik sub‘yekti moliyaviy xo‘jalik faoliyatining haqqoniy holatini aks ettirmay­digan har qanday harakatlar natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushunmoq lozim. Ushbu harakatlar ma‘lumotlarni to‘liq yoki qisman taq­dim etmaslik, balansni shakllantirishda ayrim usullardan foydalanish va hokazo. Buxgalteriya hisobotlarini buzib ko‘rsatishning aniq usullari jino­yatning kvalifikatsiyasiga ta‘sir etmaydi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish