O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari



Download 1,44 Mb.
bet22/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

4. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari
O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga jadal sur’atlar bilan kirib borar ekan, bugungi taraqqiyot bosqichida mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli jamiyatni barpo etish — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan ham amaldagi barcha huquq sohalarida islohotlar bozor munosabatlariga moslashtirilishi, jumladan, jinoyat qonunchiligida xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni tubdan isloh etishni taqozo etmoqda. Fuqarolarimizning ana shu mulkiy munosabatlar yuzasidan vujudga kelgan huquq va erkinliklarini himoya qilish jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish (almashtirish), foydalanish va iste‘mol qilish hamda savdo va vositachilik faoliyatini yuritish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va sof raqobat sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Xojalik faoliyati - iqtisodiyotning moddiy ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan usullar, u yoki bu ijtimoiy jarayonda ishlab chiqarish munosabatlarining hamda maishiy va jamoa hayoti uchun muhim bo‘lgan xomashyolarning majmuini taqsimlash, maishiy hayotni yaratish uchun ishlab chiqarish mahsulotlarini muomalaga kiritish yoki xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid axborotlardan belgilangan tartibda foydalanish va muayyan ishlarni bajarish, sof raqobat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni o‘zida qamrab oladi.
Mazkur turdagi jinoyatlarning turdosh o‘bektini xo‘jalik faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning bevosita o‘bekti har bir alohida turdagi jinoyatlarning qonunchilikdagi tuzilish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Xususan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.) jinoyatining bevosita o‘bektini tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish (almashtirish), foydalanish va iste‘mol qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqa­rish yoki muomalaga kiritish jinoyatining (JK 1861-m.) bevosita o‘bekti etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish sohasidagi o‘rnatilgan tartib hisoblanadi.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim jinoyatlarning qo‘shimcha o‘bekti shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti va ularning boshqa qonuniy huquq va manfaatlari bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi aksariyat jinoyatlarning o‘bektiv to­moni harakat orqali sodir etiladi (masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muo­malaga kiritish (JK 1861-m.), chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.), qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (JK 191-m.) va boshq.). Ayrim jinoyatlar ham harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi (masalan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.), sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish (JK 186 -m.) va boshqa).
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi alohida jinoyatlar formal tarkibli jino­yat tarkiblariga taalluqli hisoblanadi. Bunday tarkibli jinoyatlarni tugal­langan deb hisoblash uchun qonun normasida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomonini ifodalovchi qilmishlar sodir etilganligining o‘zi kifoya hisoblanadi (masalan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.), chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muo­malaga kiritish (JK 1862-m.), qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (JK 191-m.), raqobatchini obro‘sizlantirish (JK 192-m.).
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar orasida moddiy tarkibli jino­yatlar ham mavjud. Masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.), savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish (JK 188-m.), savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.).
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi aksariyat jinoyatlarning dispozitsiyasi blanketli sifatida tuzilgan. Ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyatini tu­shunish uchun albatta boshqa sohalarning normativ hujjatlari va qonunlaridagi qoidalarni bilish talab etiladi. Masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respublika­sining 2011-yil 5-oktabrdagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste‘mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni; chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori; savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”; faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (JK 190-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qaroriga murojaat qilish lozim.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarda qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har bir holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi.
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning sub‘yektiv tomoni faqat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadlari tahlil etilayotgan bir qator jinoyat tarkiblarining (yoxud ularning turlarida) zaruriy belgisi sifatida ko‘rsatilgan (masalan, JK 186, 1863-moddalari va boshq.).
Ko‘rilayotgan jinoyatlarning sub‘yekti har qanday 16 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.) jinoyatining sub‘yekti maxsus sub‘yekt belgilariga ega hisob­lanadi. Shu bois ushbu jinoyat bo‘yicha sub‘yektning umumiy belgilarini aniqlash bilan birga qo‘shimcha belgilarini ham aniqlash shartdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq xo‘jalik fao­liyati sohasidagi jinoyatlar quyidagilardan iborat:
1) xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqa­rish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.);
2) etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulot­larini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.);
3) chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravish­da ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.);
4) sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish (JK 1863-m.);
5) savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish (JK 188-m.);
6) savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.);
7) faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (JK 190-m.);
8) qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni osh­kor qilish yoki undan foydalanish (JK 191-m.);
9) raqobatchini obro‘sizlantirish (JK 192-m.).



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish