O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar



Download 1,44 Mb.
bet21/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

3. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti jarayonini boshidan kechirmoqda. Mustaqil davlatimiz jahon hamjamiyatiga jadal sur’atlar bi­lan kirib borar ekan, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Shu boisdan ham amaldagi barcha huquq sohalarida islohotlar bozor munosabatlariga moslashti- rilishi, jumladan, jinoyat qonunchiligida iqtisodiyot asoslariga qarshi qa­ratilgan jinoyatlarni tubdan isloh etishni taqozo etmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosini turli xildagi mulk shakllari tashkil etishi zaruriy shartlardandir. Fuqarolarimizning ana shu mulkiy munosabatlar yuzasidan vujudga kelgan huquq va erkinliklarini himoya qilish jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining dolzarb masalalaridan biridir.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar - bu O‘zbekiston Respub­likasi Jinoyat kodeksida belgilangan pul-kredit va moliya tizimini hamda sanoat va xalqaro savdoning normal faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlari bilan baholanadi:

  1. xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlarning iqtisodiyotning mavjud imkoniyatlaridan foydalanib, ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etishi, ya‘ni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan berilgan imkoniyatlardan o‘zining g‘arazli manfaatlari yo‘lida foydalanishi va shaxsning ushbu faoliyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga zid ravishda sodir etilishida, masalan, soxta tadbirkorlik (JKning 179-m.);

  2. xo‘jalik yurituvchi sub‘yektning qonunga xilof shaxsiy, g‘arazli manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida davlatning iqtisodiyotiga putur yetkazishi, masalan, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JKning 184-m.);

  3. Respublika iqtisodiy manfaatlarining mansabdor shaxslar tomoni­dan ularning shaxsiy manfaatlari yo‘lida buzilishi, masalan, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish (JKning 175-m.);

  4. alohida shaxslarning g‘arazli manfaatlarini ko‘zlagan holda, dav- lat tomonidan berilgan iqtisodiy afzalliklarga bog‘liq bo‘lmagan, iqtiso­diyot asoslariga zarar yetkazuvchi jinoiy-huquqiy taqiqlarni buzish, masa­lan, qalbaki pul aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JKning 176-m.), valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish (JKning 177-m.).

Jinoyat sub‘yekti iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarni sodir etish- da qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishni va shu bilan bir qatorda g‘arazli yoxud davlatning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishni nazarda tutadi. Bu aksariyat hollarda mazkur qilmishlarni amalga oshirayotgan sub‘yektga iqtisodiy naf keltiradi va mazkur jinoyatlarni so­dir etish natijasida ular iqtisodiy jihatdan foyda oladi, masalan, shaxsiy mulkini qonunga xilof ravishda ko‘paytiradi yoxud uning kamayishining oldini oladi (soliqlardan ozod qilish, soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha moddiy naf oladi (masalan, qonunga xilof ravishda ssudalar, kreditlar olish).
Ayrim hollarda aybdorning bu turdagi jinoyatlarni sodir etishi sub‘yektning moddiy naf olishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, biroq jinoyatning sodir etilishi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda sodir etiladi va davlatning, jamoaning, xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlarning iqtiso­diy manfaatlarini buzishi bilan bog‘liq holda sodir etiladi, masalan, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (JKning 183-m.).
Mazkur sohadagi jinoyatlarning turdosh o‘bekti O‘zbekiston Res­publikasining iqtisodiyot asoslari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyot asosini turli shakldagi teng huquqiy, daxlsiz, davlat himoyasidagi mulklar tashkil qiladi.
Iqtisodiyot asoslariga zarar yetkazish quyidagi prinsiplarni buzish natijasi bilan shartlanadi:

  • bozor iqtisodiyoti muhim prinsiplarining buzilishi;

  • erkin tadbirkorlikni amalga oshirish prinsiplarining buzilishi.

Tahlil etilayotgan jinoyatlarning o‘bektiv tomoni faol harakatlar
(JKning 175-182-m. va boshqa) yoki harakatsizlik (JKning 183-m.) orqali sodir etilishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar tuzilishiga ko‘ra ham formal, ham moddiy tuzilish xususiyatiga ega, xususan O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof bitimlar tuzish (JKning 175-m.) jinoyati respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan vaqt­dan e‘tiboran va qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JKning 176-m.) jinoyati esa, o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish harakatlaridan biri sodir etilgan vaqtdan boshlab oqibat kelib chiqqan-chiqmaganligidan qat‘iy nazar, tugallangan jinoyat deb topiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida davlat tomonidan qulay sharoit yaratilmoqda. Imtiyozli kreditlar va ssudalar taqdim etilmoqda. Lekin ba‘zan shaxslar tomonidan moddiy foyda olish maqsadlarida, tamagirlik niyatlarida soxta korxonalar tashkil qilinib, davlatning iqtisodiy manfaatlariga va bozor iqtisodiyoti manfaatlariga zarar yetkazish kabi achinarli holatlar ham sodir etilmoqda. Shu sababdan jinoyat qonunining 179-moddasida soxta tadbirkorlik uchun javobgarlik belgilangan.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar iqtisodiy faoliyatning o‘rnatilgan tartibini hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish prinsiplari, ya‘­ni pul-kredit va moliya tizimini hamda sanoat va xalqaro savdoning nor­mal faoliyat ko‘rsatishi prinsiplarini buzish asosida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi aksariyat jinoyatlar blankent dispozitsiya tuzilish xususiyatiga ega, ya‘ni ushbu jinoyatlarning mazmuni boshqa normativ hujjatlarga murojaat qilish orqali ochib beriladi. Masa­lan, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish jinoyatining mazmuni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonuni talablari asosida ochib beriladi. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Bojxona kodeksi” va boshqa qonun hujjatlari orqali, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish O‘zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari asosida, ya‘ni 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa hujjatlar orqali ochib beriladi.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning sub‘yektiv tomoni faqat qasddan sodir etilishida ifodalanadi. Alohida turdagi jinoyatlarda jinoyat sodir etish maqsadi jinoyatning zaruriy belgisi (JKning 176-m., 179-m.) sifatida qayd qilingan.
Ko‘rilayotgan jinoyatlarning sub‘yekti har qanday 16 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda, masalan, O‘zbekiston Respub­likasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish (JK 175-m.), budjet intizomini buzish (JK 1843-m. 3-q.) jinoyatlarida faqat mansabdor shaxslar yoki chet el valutasini yashirish (JK 178-m.) jinoyatida korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar, shuningdek, soxta bankrotlik (JK 180-m.), bankrotlikni yashirish (JK 181-m.) jinoyatlarida sub‘yekt xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar deganda tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo‘jalik boshqaruvi organi, shu­ningdek yakka tartibdagi tadbirkor tushuniladi.
Qoidaga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar qonun va ta‘sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan o‘z organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo‘ladilar va zimmalariga fuqarolik burchlarini oladilar. Xo‘jalik boshqaruvi organi xo‘jalik yurituvchi sub‘yektning qonuniy huquq va manfaatlarini ifoda etib, uning faoliyatini boshqaradi.
Xojalik boshqaruvi organi1 deganda xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt faoliyatini boshqarish yuzasidan vakolatga ega tuzilmaviy bo‘linma yoki qonun hujjatlari yoxud o‘z ustavi asosida boshqaruv vazifalarini bajaruvchi yuridik shaxslar tushuniladi.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari assotsiatsiya va konsernlar (masa­lan, “Tasviriy oyina” ijodiy assotsiatsiyasi, Toshshahartransxizmat, O‘zagromashservis, O‘zbekcharmpoyabzali, O‘zpaxtasanoat va boshqa), banklar (masalan, Agrobank, Asaka bank, Qishloq qurilish bank, Ipoteka bank va boshqa), kompaniyalar (masalan, Dori-darmon, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zavtoyo‘l, O‘zavtosanoat, O‘zbekengilsanoat, O‘zbekinvest, O‘zbekiston Temir yo‘llari, O‘zbekiston Havo yo‘llari, O‘zbekneftegaz, O‘zbekturizm va boshqa), tashkilotlar (masa­lan, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati, O‘zbekko‘mir, O‘zbeknavo va boshqa), fondlar (“Nuroniy”, “Mahalla” va boshqa) va boshqalar (masalan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekkino Milliy agentligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi va boshqa) bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlikfaoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub‘yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik faoliyati sub‘yektlari (tadbirkorlik sub‘yektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoli­yati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub‘yektlari bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida iqtisodiyot asosla­riga qarshi jinoyatlarning quyidagi turlari nazarda tutilgan: 1) O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish (JK 175­m.); 2) qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JK 176-m.); valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish (JK 177-m.); chet el valutasini yashirish (JK 178-m.); soxta tadbirkorlik (JK 179-m.); soxta bankrotlik (JK 180-m.); bank- rotlikni yashirish (JK 181-m.); bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (JK 182-m.); raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (JK 183-m.); soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JK 184-m.); budjet intizomini buzish (JK 1841-m.); qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish (JK 185-m.); rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish (JK 1851-m.); elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish (JK 1852­m.).



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish