31.Bankrotlik bu?
A) xo‘jalik yurituvchi sub‘yektning kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazishiga sabab bo‘lgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma‘lumot va hujjatlarni taqdim etishi, buxgalterlik hisobotlarini buzib ko‘rsatishi yo‘li bilan iqtisodiy jihatdan o‘zining to‘lovga qodirligini yo‘qotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishida ifodalanadi;
B) deganda xo‘jalik yurituvchi sub‘yektning iqtisodiy nochor hisoblanishi, ya‘ni kreditorlar oldida o‘zining majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javob bera olmay qolishi to‘g‘risida ma‘lumotlar tarqatish tushuniladi;
C) xo‘jalik sudi tomonidan e‘tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligini anglatadi;
D) ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish tushuniladi.
32. Quyidagilardan qaysi biri xavfsizlikka ta’sir ko’rsatuvchi siyosiy omillar qatoriga kiradi?
A)axborotni qayta ishlash tizimi
B)davlatning ravnaqi, siyosiy harakatlar va partiyalar
C)aholining milliy tarkibi
D)yoqilg’i energetika resurslari va mahsulotlari
33. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanini o‘qitishning maqsadi?
A) iqtisodiy va moliyaviy noaniqliklar manbai bo‘lgan globallashuv va xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash sharti sifatida iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasini keng o‘rganish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning darajalari va tahdidlarini iqtisodiyot tarmoqlariga ta‘sirini o‘rganish, innovatsiya va investitsiyalarning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashdagi o‘rni, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning iqtisodiy o‘sishga ta‘sirini baholash, iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash sharti ekanligini ko‘rib chiqqan holda talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimni shakllantirishdir;
B) bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan, milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Bu kabi jinoyatlarning sodir etilishi natijasida shaxslarga, jamoat birlashmalariga yoki davlatga moddiy zarar yetkaziladi;
C) qonun chiqaruvchi iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning zaruriy belgilari sifatida ma‘lum bir oqibatlar keltirib chiqarish shartligini belgilovchi (moddiy tarkibli) yoki bunday oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan jinoyatlarni (formal tarkibli) qayd etish;
D) ushbu jinoyatlarning umumiy ob‘ekti sifatida bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamiyatning iqtisodiy faoliyati sohasida shakllanadigan davlat tomonidan himoya qilinadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida aniqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |