O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti elektron tijorat yo’nalishi bet-60 guruh talabasi abduroziqov abbos abdiraxmon o’G’lining


Komponentlar, zahira va komission to‘lovlar



Download 196,82 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2022
Hajmi196,82 Kb.
#648757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. abbos moliya bozozri(2)

Komponentlar, zahira va komission to‘lovlar

ming $

% hisobida

1.

Tanlab olingan tijorat banklariga texnik yordam (5 ta bank)

2 920

12

2.

Barcha tijorat banklariga texnik yordam

4 512

18

3.

Markaziy bankka yordam ko‘rsatish

7 711

31

4.

Banklarni restrukturizatsiya qilish va xususiylashtiri

4 568

17

5.

Agentlik harajatlari

1 745

7

6.

Zahira

1 446

6

7.

Pdf bo’yicha avans

1 200

5

8.

1 foizli komissin to'lovlar

250

1


Hammasi

25 000

100

Ushbu loyihani amalga oshirsh 2009 yil iyul oyidan boshlandi. Kreditdan samarali foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi XTTB bilan hamkorlikda «Moliya sohasini institutsional rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi dastur ishlab chiqdi. Dasturga ko‘ra kreditdan foydalanish yuqoridagi jadval ko‘rinishida taqsimlandi.


Dasturni amalga oshirish uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida Moliya sohasini rivojlantirish Agentligi tashkil etildi. Unga mahalliy kadrlar bilan birga chet el mutaxassislari hamda ekspertlari tanlov asosida ishga taklif qilindi. Ushbu mutaxassislar «O‘zsanoatqurilish banki», TIF Milliy banki, “Asaka bank”, «Ipakyo‘li banki» va“Hamkorbank”ka chet el bankchilik tajribalari bo‘yicha maslahatlar berish bilan birga metadalogik xizmatlar ham ko‘rsatdilar.
Bugungi kunda mazkur banklar, u yoki bu darajada kredit xatarlarini boshqarish, strategik rejalashtirish, kredit siyosatini ishlab chiqish, xazinani boshqarishni takomillashtirish, buxgalteriya hisobi hamda ichki audit institutini xalqaro andozalar darajasida tashkil etish va hisobotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini oldilar.
Ushbu loyihani amalga oshirilishi tijorat banklarida professional xazinachilarni tayyorlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni boshqarish, shuningdek banklarda zarur strategiyalarni, xususan kredit berish jarayonlarini tezlashtirsh uchun kredit loyihalarining tavakkalchilik darajalarini baholash usullarini, kredit portfelini dversifikatsiya qilish yo‘li bilan kredit risklarini kamaytirish, xalqaro buxgalterlik andozalariga ko‘ra buxgalterlik hisobini yuritish va tayyorlash usullarini va taqdim etilayotgan hisobotlarning sifatini oshirish hamda oshkoraligini ta’minlash, ichki audit xizmati institutini tashkil etish hamda banklarda korporativ boshqaruvni yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha yozma (metadalogik) protseduralar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Bank tizimini rivojlanishida va xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb qilishda banklarda o‘tkazilayotgan tashqi auditning roli bilvosita muhim ahamiyatga egadir. Agentlik 1999 yildan boshlab har yili tanlov asosida bir qator tijorat banklarda xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda, tashqi audit tekshiruvlari o‘tkazilishini ta’minlab kelmoqda.
Shuningdek, audit tekshiruvi davomida auditorlar bank xodimlariga hisobotlar tayyorlashda, moliyaviy hisobotlarni xalqaro andozalarini qo‘llash uslublarini o‘rgatmoqda. Tijorat banklariga taqdim etilayotgan, auditning xalqaro andozalariga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisobotlari hamda berilayotgan xulosalar, xalqaro moliya institutlarining banklarda kredit liniyalarini ochish va boshqa hamkorlik turlarini yo‘lga qo‘yishlarida muhim rol o‘ynamoqda.
JB o‘z oldiga qo‘ygan ushbu maqsadlarga erishishda, xususiy korxonalarni institutsional rivojlantirish, moliya institutlarini rivojlantirish, qishloqda joylashgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda shahar tarnsportni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriga harakat qilmoqda.
Shuningdek, JB mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy (ta’sirini) oqibatlarini yumshatish hamda davlat harajatlarining (effektivligini) unumdorligini oshirishda moliyaviy ko‘mak berish bilan birga texnik yordamlar ham ko‘rsatmoqda.
Loyihani amalga oshirishning yana bir asosiy yo‘nalishi bu Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik ba’zasini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Xususan, Markaziy bankda xorijiy yuridik maslahatchilarning bergan takliflari asosida 14 ta yangi tahrirdagi asosiy me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Bundan tashqari, mazkur loyihaning amalga oshirilishidan ko‘zlangan yana bir maqsad, axborotlashtirish va to‘lov tizimini samaradorligini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishdan iborat edi. Bu ishni amalga oshirishning bir necha yo‘nalishlari rejalashtirildi, xususan, to‘lov tizimini takomillashtirishni zamonaviylashtirilgan moddiy texnika ba’zasidan foydalangan holda banklarda yagona korrespondentlik hisob raqamlarini joriy qilish orqali to‘lovlarni amalga oshirishga erishildi.
Shunday qilib Moliya sohasini institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar hukumat tomonidan belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Loyihani amalga oshirilishidan erishilgan natijalar:
- banklarda xalqaro andozalarga muvofiq buxgalterlik hisob va hisobotini yuritish yo‘lga qo‘yildi, shuningdek ularda ichki audit xizmati instituti tashkil etildi;
aniq vaqt ichida hisob kitoblarni amalga oshiradigan takomillashtirilgan zamonaviy to‘lov tizimi joriy qilindi, shuningdek, banklar o‘rtasida so‘nggi hisob kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yaratildi va bu bilan banklarda likvidlikni boshqarish yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, JB respublikamizga moliyaviy va texnik yordamlar ko‘rsatish bilan birga, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlilini qilib, o‘zining maslahatlarini berib kelmoqda.
Jumladan, u O‘zbekistonda quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil ishlarini olib bormoqda.
• hayot darajasini baholash;
• mamlakat bo‘yicha iqtisodiy memorandumlar tayyorlash;
• davlat harajatlarining tahlili bo‘yicha;
• mamlakat moliyaviy hisobotini baholash;
• davlat byurtmalari tizimini baholash;
Shuningdek, iqtisodiy tarmoqlar bo‘yicha boshqa bir qancha hisobotlar tayyorlab, hukumatga o‘z tavsiyalarini berib kelmoqda.
JBning yana bir muassasasi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) respublikamizda 14 ta loyiha bo‘yicha 46 mln. AQSH dollari qiymatiga teng bo‘lgan investitsiya va kredit portfeliga ega.
XMK O‘zbekistonda ABN Amro Gollandiya-O‘zbekiston qo‘shma bankini (hozirda KDB Financial Group Uzbekistan, 2013yildan) tashkil etilishida 1,0 mln. AQSH dollari miqdorida ustav kapitalida shuningdek, «O‘zbek Lizining Interneshnl» qo‘shma korxonasining ustav fondida 0,9 mln. AQSH dollari miqdorida o‘zining investitsiyasiga ega. Shuningdek, Hamkorbank OATBning ustav kapitalida 15 foiz aksiyaga egalik qilmoqda.
Bundan tashqari XMK O‘zbekistonda sifatli xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zDatchChiz” qo‘shma korxonasi uchun sifatli sir ishlab chiqaruvchi texnika uskunalarini sotib olish uchun 584 ming AQSH dollari miqdorida to‘gridan to‘g‘ri kredit mablag‘i ajratdi. Shuningdek, granit plitalari ishlab chiqaruvchi MCHJ shaklidagi “Osiyo-Granit” korxonasiga texnika asbob uskunalar sotib olish uchun ham 1,2 mln. AQSH dollari qiymatida kredit mablag‘i berdi.



Yuqoridagi ma’lumotlardan (3-rasm) Jahon bankining O‘zbukistonda amalga oshirilayotgan loyihalarini ko‘rishimiz mumkin. Bunda JB ning O‘zbekistonga ajratgan umumiy kreditining 8.9 % ini qishloq xo‘jaliga va
agro sanoatga, 37.5%i suv resurslariga, 29.2 % i irigatsiyaga, 24.5 % i boshqa sohalarga kreditlar ajratilgan. Bu albatta agrosanoatni rivojlantirish uchun JB tomonidan ajratilayotgan kreditlar ijobiy
ta’sirga ega.
Jahon banki 2013 yilda O‘zbekistonga 82 million dollar ajratdi. Bu haqda mazkur tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takuya Kamata ma’lum qildi. Bu mablag‘ Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida suv ta’minoti tizimini yaxshilashga sarflanadi. Loyiha amalga oshgach, Olot va Qorako‘l tumanida 220 ming aholining suv bilan ta’minlashi yaxshilanadi. Mazkur hududlarda aholining taxminan 80 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi.
2012-yilning sentabridagi ma’lumotga ko‘ra Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jalik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million dollar qarz beradi.
Jahon banki tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, mazkur loyihaning birinchi bosqichida 317 qishloq xo‘jalik korxonasiga texnika, ishlab chiqarish uskunalari sotib olish, parrandachilik,baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun qariyib 26 million dollar yo‘naltirilgan.
Bu Bankning Direktorlar Kengashi 2012-yilning 27 martida O‘zbekistonga elektroenergiya iste’molini hisob-kitob qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy qilish loyihalarini amalga oshirish uchun $180 mln qarz berish qarorini ma’qulladi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 1,2 mln elektro schetchik
o‘rnatiladi.
Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takuya Kamataning aytishicha, zamonaviy elektroschetchiklar va boshqa “aqlli texnologiyalar” elektr energiyasining ishlatilishini yaxshi nazorat qilish imkoni yaratadi. Bu narsa elektr tarqatuvchi shirkatlar uchun ham iste’molchilar uchun ham foydali bo‘ladi.
Shu kungacha Jahon banki O‘zbekistonga 773 million dollar miqdorida qarz bergan.
Hozirgi kunda, XMK O‘zbekistonda XTTB bilan hamkorlikda korxonalarning institutsional rivojlantirish dasturini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Xususan, XMK “Oxangaronsement” va «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatlarini zamonaviylashtirish, shuningdek, tijorat banklari hamda telekommunikatsiya sohasini davlat tasarrufidan chiqarish loyihalarini amalga oshirilishida qatnashish ishtiyoqini bildirmoqda. O‘zbekiston respublikasi bu olgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarib kelmoqda. Bu bilan albatta Jahon bankining ishonchli kreditori va hamkoriga aylanib bormoqda
Jahon banki bilan hamkorlik jarayonida Respublikamiz bu kreditlardan samarali foydalanib kelmoqda.6

XULOSA
Ekspertlarning fikricha jahon iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkaza oladigan 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar faoliyat yuritmokda. Ular turli shakldagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, rivojlantirish va takomillashtirishda muhim rol uynamokda. Shuning uchun ham xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanishini ularsiz tasavvur etib bulmaydi.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar jahon valyuta tizimini, xalqaro kredit munosabatlarini, investitsion hamkorlik alokalarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Xalqaro Moliya korporatsiyasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotli mamlakatlarga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatishda, xalqaro kreditlar ajratishda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni ta’minlashda yetakchilik qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xususan EKOSOS, YUNIDO, YUNKTAD, YUNSITRAL kabi tashkilotlar jahon iqtisodiyotida savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi
Bank tizimining barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2013 yilda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish tadbirlari davom ettiriladi.
Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankining texnik ko‘magida Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi standartlarni joriy etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlariga (MHXS) to‘liq moslashtirish borasidagi tadbirlar Jahon bankining texnik ko‘magida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi.
Tashqi iqtisodiy soha tarmoqlari mjmuini vujudga keltirmasdan turib, moliya, bank-kredit tashkilotlari, bojxona xizmati ishini xalqaro me’yorlar va talablar darajasida yo‘lga qo‘ymasdan, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu nuqtai nazardan ham xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
1. Respublikamizda bank tizimini takomillashtirish;
2. Sug‘urta xizmatlari sohasini rivojlantirish;
3. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy indikatorlar haqida holis va ishonchli axborot ta’minoti hamon yaxshi yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Bu masalani hal qilish uchun muqobil va mustaqil nodavlat axborot agentlarini tashkil qilinishi lozim


Download 196,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish