O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI
ELEKTRON TIJORAT YO’NALISHI
BET-60 GURUH TALABASI
ABDUROZIQOV ABBOS ABDIRAXMON O’G’LINING
“MOLIYA BOZORIDA JAHON BANKINING O’RNI”
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Tekshirdi: PhD.KARIMOV.A
TOSHKENT 2022
MAVZU: MOLIYA BOZORIDA JAHON BANKINING O’RNI
REJA:
Kirish……………………………………………………………..………………...3
Moliya bozorida jahon bankining o’rni,maqsadi va asosiy vazifalari…………...6
Moliya bozorida jahon bankining funksiyalari …………………………………11
Moliya bozorida jahon banki ishtirokchilari tahlili………18
4.O’zbekistonda jahon banki mablag’laridan foydalanish masalalari…………21
Xulosa……………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………………32
Kirish.
Mustaqillik sharofati tufayli yurtimizda lizing, sug’urta kabi xizmat turlari yo’lga qo’yilib, ular tobora takomillashtirilmoqda. Bunda, ayniqsa, sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratilgani muhim ahamiyat kasb etayapti.Prezidentimiz Sh. Miziyoyev ta’kidlaganlaridek “«Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo’lmaydi» degan qoidaga amal qilgan holda, biz mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, jahon maydonida uning raqobatdoshligini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettiramiz. Bizning oldimizda 2030 yilgacha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobardan ziyod oshirish, bunda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 33,5 foizdan 40 foizga etkazish vazifasi turibdi1”. 1
Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmasdan sog‘lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
«Banklarsiz sanoat bo‘lmasligini, banklarsiz eksport bo‘lmasligini, banklarsiz sarmoyalar bo‘lmasligini biz juda yaxshi bilamiz. Bank soxalari va ularning taraqqiyoti O‘zbekiston hukumatining diqqat markazida turmog‘i lozim….».
Mustaqil O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirish, uning barqarorligini ta’minlash va ko‘p ukladli bozor iqtisodi asoslarini to‘liq shakllantirishda banklarning roli beqiyosdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Banklar iqtisodiyotda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajarmog‘i kerak».
Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, to‘lovlarni amalga oshirish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanadi.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Tarixiy tarakqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Banklarning paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy - iqtisodiy tuzumlarda banklarning ham bo‘lishini taqozo qiladi. Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Keyinchalik sanoat rivojlanish natijasida ko‘pgina mamlakatlarda banklar tashkil qilingan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‘lik xarajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog‘lik bo‘lgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisobkitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘sh mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo‘llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo‘yicha oladigan foiz o‘rtasidagi farq (marja)dan iborat bo‘ladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ko‘lami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham o‘z isbotini topmoqda.
Xususan, so‘nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012-yildagi 166-o‘rindan 2017-yilda 74-o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, so‘nggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan joy oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |