1-rasm Investitsiyalarning tasniflanishi3 To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar kapitalni joylashtirish shakli bo‘lib, investorni qimmatli qog‘ozlarga yoki mulkka bo‘lgan bevosita huquqidan dalolat beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‘yuvchi davlat yoki uning xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan investitsiyalarni kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi. Investitsiyalardan olinadigan yoki kutilayotgan daromad evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqoriroq darajada bo‘lishi kerak. Shundagina kapital qabul qiluvchi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan talabi qondirilgan bo‘ladi. Jahon kapital bozorida kapital oqimi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqadi. Xorijiy kapitalning milliy iqtisodiyotga kiritilishi ikkala tomonga ham manfaat keltirishni ko‘zlaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘zga iqtisodiyotga kirib borishi moliyaviy xatarlar bilan bog‘liq. Chunki kapital oqimlarining harakati kapital bozorlari orqali vujudga keladi va, o‘z navbatida, moliyaviy harakatlarga asos soladi. Milliy kapital bozorlarida moliyaviy xatarlardan bo‘lmish foiz, kredit, inflyatsiya xatarlari asosiy xatarlardan hisoblanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
kompaniyalarning o‘z kapitalini xorijga chiqarishi;
to‘g‘ridan to‘g‘ri investor xorijiy korxonadan olgan foydasini uning
foydasiga qayta moliyalshtirilishi;
kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari o‘rtasida ichki
korparativ o‘tkazmalari.
Portfel investitsiyalar - bu kapitalni xorijiy korxonlar qimmatli
qog‘ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfel investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikki holat bilan izohlandi:
jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi;
portfel investitsiyalarning yuqori likvidligi bilan bog‘liq afzallikdir. To‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalarni boshqa mamlakatga chiqib ketishida, albatta, maqsad birinchi o‘rinda turadi. Bu 2 turdagi investitsiyalar orasidagi farqlarni 1- jadvalda ko‘rishingiz mumkin.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati quyidagilar bilan xususiyatlanadi: