O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


 Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

3. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning 
to’g’riligini tekshirish

Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan 
asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real 
qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: 
-
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati 
ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan 
taqqoslash; 
-
yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi va 
dastlabki hujjatlarini tekshirish; 
-
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya 
hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash
-
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash; 
-
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski 
qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini.


 
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, 
ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan 
tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi 
ma’lumotlarga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo’yicha kirimiga olingan asosiy vositaning 
manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida 
puli to’lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), 
asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar 
qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k.
So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi 
tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha muomalalarni aks 
ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
komitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin) 
olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-schyot krediti) ko’paytirilib 
kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. 
Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul 
olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo’shilganligiga 
ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5 sentyabrdagi 92/72 son xatiga 
muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat bo’lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki 
tizimida o’zaro bir - biriga o’tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha 
daromad deb hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig’i bazasiga 
qo’shilib, soliqqa tortilmaydi.
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida 
hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 
schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga 
(Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar 
to’g’ri tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar 
bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida 
ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira 
kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi, transport 
vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida 
byudjetga o’tkazib berilganligini, to’langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki 
qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu 
muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va 
qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan soliq to’g’risida 
soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor 
bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi 
shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari ko’rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy 
shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, 
garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda 
byudjetga daromad solig’i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to’lanishi lozim 
bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan 
o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy yashash joyini 


ko’rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspektsiyasiga xabar 
qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa) 
undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig’i ushlanmaydi.

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish