O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

Operatsiya turi 
Jabr ko’rganlar soni 
Oldi-sotdi bitimi 
Debitor qarzdorlik 
Sotuv 
Zahiradagi umidsizlik qarzdorligi
Yomon qarzdorlik xarajatlari 
Pul tushumlari operatsiyalari 
Naqd pul 
Debitor qarzdorlik 
Pul chegirmalari 
Sotuvning qaytishi va bitim hisobi 
Sotuv qaytishi 
Sotuvga ko’maklashish 
Debitor qarzdorlik 
Audit natijalari-hisoblar va tegishli hisob raqamlarini baholash 
Auditor rejalashtirilgan ishlarni bajarib bo’lganida, debitor qarzdorlikning buzib ko’rsatish 
yig’indisi o’z ichiga statistik yoki nostatistik namuna olish usullari ishlatilgan bo’lsa buzilishning 
ma’lum bir miqdorini ko’rsata oladi. Umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan 


noaniqliklar bilan solishtiriladi. Agar umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan 
noaniqlardan kam bo’lsa, auditor adolatli qabul qilingan qaror deb inobatga olishi kerak. Agar 
umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan noaniqlardan ko’p bo’lsa, hisob etarli darajada 
taqdim etilmagan degan xulosaga kelishi kerak.
Shuningdek, auditor buzilishlar mohiyatini tahlil qilishi kerak. Ba’zi holatlarda bu buzilishlar 
boshqaruv xavfining qo’shimcha ma’lumotlarini berishi mumkin. Buzilishlarni paydo bo’lish 
sabablarini aniqlash jarayonida auditor birlamchi nazoratni baholash xavfi past ekanligini aniqlaydi. 
Masalan, auditor kredit nazorat samaradorligini ta’minlash yo’li orqali o’z bahosini tushirishi 
mumkin.
2.Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlar auditi hamda riskni baholash 
Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor ko’rsatilgan foyda va 
xarajatlar noto’g’ri axborot bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Foyda va zararlar 
to’g’risidagi hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun muhim ob’ekt bo’lib 
hisoblanadi. Masalan kreditorlar yoki bo’lajak kreditorlar korxonaning foydalilik darajasini qarz 
berish to’g’risida ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilishda indikatorlardan biri sifatida ko’radi. 
Bo’lajak investorlar korxona aktsiyalarini sotib olishdan oldin foyda va zararlar to’g’risidagi 
hisobotga murojaat qilishadi. Hattoki, mol etkazib beruvchilar ham kreditga etkazilgan tovarlar 
haqini korxona to’lay olishi mumkin yoki yo’qligini aynan moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobotga tayanib taxmin qiladilar.
Foyda va zararlar auditi ko’p hollarda korxonadagi boshqaruv tizimiga, korxonada 
tuziladigan moliyaviy hisobot yuzasidan o’rnatilgan ichki nazoratga bog’liq. Masalan, koxona 
erishgan foydasi va ko’rgan zararlari to’g’risida muhim noto’g’ri ma’lumotlar aynan boshqaruv 
tizimi xatosi bilan sodir bo’lishi mumkin.
Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot auditi ko’p jihatdan auditning boshqa hududlaridagi 
tekshiruvlar natijasini ham o’z ichiga oladi hamda tekshiruvni samarali yakunlash uchun quyidagi 
mustaqil audit amallarining natijasi zarur bo’ladi: 
-
Turli biznes jarayonlar ustidan boshqaruv vositalarini testdan o’tkazish natijalari; 
-
Balans moddalari va foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga aloqador bo’lgan schetlarni 
testdan o’tkazish natijalari; 
-
Foyda va zararlarni ifodalovchi schetlar ustidan o’tkazilgan tahliliy audit amallari natijasi; 
-
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning tanlangan schetlarini batafsil testlash natijalari. 
Biz yuqoridagi boblarda nazorat riskini boshqarishda auditorning turli yondashuvlari haqida 
so’zladik. Ya’ni, nazorat riski maksimum deb qaralsa, auditor ichki nazorat ma’lumotlariga tayanib 
fikr yurita olmaydi va keng miqyosdagi mustaqil audit amallarini bajaradi. Mijoz boshqaruv tizimi, 
nazorat tizimi samarali ishlayotgan yoki yo’qligini testlab o’rganiladi. Agar korxonada nazorat 
vositalari samarali ishlayotgan bo’lsa, auditor nazorat riskini maksimumdan tushirishi mumkin.
Moliyaviy natijalar auditida pasaytirilgan nazorat riski korxona ichki nazoratining ushbu 
qismlari ishonchliligini bildiradi. Masalan, korxona sotish jarayoni ustidan o’rnatilgan nazorat 
riskining pastligi sotuv jarayoni, debitorlik qarzlari, sotishan tushum kabi qismlardagi raqamlar 
noto’g’ri ma’lumotga asoslanmaganligini bildiradi. Xuddi shunday sotib olish jarayonida ham 
nazorat riskining pastligi kreditorlik qarzlari, vakillik xarajatlari va boshqa majburiyatlardagi 
raqamlar aniqroq ekanligini anglatadi. Muhim tomoni shundaki moliyaviy natijalar ustidan etarlicha 
dalillarning borligi auditor uchun fikr bilidirishida yordam beradi. Sotish va sotib olish jarayonidan 
to’plangan dalillar esa foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot auditida ko’pincha daromadlar va 
xarajatlar haqida qo’shimcha axborot beradi hamda moliyaviy natijalar auditining samarali 
o’tkazilishida yordam beradi. 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish