13-MAVZU
:
:
TA’MINOT JARAYONI AUDITI
13-mavzu
:
:
Ta’minot jarayoni auditi
REJA:
1.Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
2.Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
3. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks
ettirishning to’g’riligini tekshirish
4. Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish
5. Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari
6. Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida
baholashning to’g’riligini tekshirish
Tayanch so’z va iboralar
: Asosiy vositalar, ularning auditini o‘tkazish bo‘yicha dastur
tuzish, auditda foydalanadigan ma’lumot manbalari, asosiy vositalar auditini hujjatlashtirish, asosiy
vositalarning analitik va sintetik hisobi auditi, asosiy vositalarni soliqqa tortishni tekshirish, lizing
munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi, xo‘jalik va pudrat usulida bajarilgan ishlar auditi.
1.
Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol etkazib beruvchi
va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayѐrlash uchun ichki nazorat vositalari
mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtai nazaridan baholashi lozim.
Auditorlik tekshiruvida ta’minot jaraѐniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining samaradorligini
baholash uch bosqichdan iborat: 1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish; 2) ichki nazorat
vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun ulardan har birining
ishonchliligini dastlabki baholash; 3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki nazorat vositalarining
ishonchliligini yakuniy baholash. Ushbu bosqichlardan ta’minot jaraѐnining ichki nazorat
vositalarini dastlabki o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini alohida ko’rib chiqamiz. Ta’minot
jaraѐnida auditning vazifasi ushbu jaraѐn ichki nazorat amallarini bajarishga jalb etilgan xodimlar
tomonidan xatolarning oldini olish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
Ta’minot jaraѐnida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi: xo’jalik sub’ektiga moddiy
qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish,
ayirboshlash, vositachilik va boshqalar); mol etkazib beruvchi ѐki pudratchilarning turi (mulkdor,
kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.);
etkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari
xizmatidan foydalanish); hisob-kitoblar tartibi. Moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun namunaviy
shartnomalar bo’yicha asosiy shartlarga auditorlar tekshirilaѐtgan sub’ektning buxgalteriya hisobi
va ichki nazorat tizimlari bilan umumiy tanishib chiqish vaqtida aniqlik kiritadi. Ta’minot jaraѐni
ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va
uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror
qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: 1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli
bitimlarning katta jmi; 2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy
ta’minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi; 3) moddiy
qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish
va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni
taqsimlash; 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi
buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy
qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi. Bunday holat
sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar
hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i nazar amalga oshirilishi lozim; 5)
bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning
samarali usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |