Eskirish nima? Mexanik eskirish Qo‘rg‘oshin sulfat kislota va uning birikmalari muhitida chidamlidir. Qo‘rg‘oshin qalay singari po‘lat buyumlarni elektrokimyoviy yo‘l bilan himoyalay olmaydi. Shuning uchun sulfat va xrom kislotalari hamda ularning tuzlari bo‘lgan muhitlarda qora metallardan tayyorlangan detallarni mexanik eskirishdan himoyalash maqsadida g‘ovak bo‘lmagan qalin (300 mkm gacha) qo‘rg‘oshinli qoplamalar
qo‘llaniladi. Shuni aytish lozimki, qo‘rg‘oshin yuqori toksinlikka (zaharlilik) ega. Qo‘rg‘oshin bilan qoplash uchun sanoatda borftorvodorodli yoki fenolsulfonli elektrolitlar qo‘llaniladi. Sifatli va chidamli qoplama-lar olish uchun organik qo‘shimchalar ham kiritiladi.
Butilkauchuk – izobutilen va izoperenlarning birgalikdagi polimerla-nish mahsulotidir. U agressiv muhitlar ta’siriga inertligi, gaz o‘tkazmasligi va suv shimimasligi bilan ajralib turadi, ba’zi organik erituvchilarga chidamli. Uning asosidagi rezinalar ko‘pgina organik erituvchilarning ta’siriga chidamli bo‘ladi.
Silikonli kauchuklar yuqori issiqbardosh (250–300°S) va sovuqqa (–50 dan –60°S gacha) chidamlili sanaladi. Biroq ularning korroziyabardoshligi past.
Ftorkauchuklar kimyoviy chidamliligi va issiqbardoshligi bo‘yicha birinchi o‘rinlarda turadi. Ulardan tayyorlangan buyumlar kuchli agressiv muhitlar va oksidlovchilar ta’siriga 200°S gacha chidaydi. Bu turdagi kauchuklarning kamchiligi – kirishib qisqarishi yuqori bo‘lganligi sababli kimyoviy apparaturalarda qo‘llab bo‘lmasligi.
Mexanik eskirishdan himoya Yemirilishning sodir bo’lishi. Lak-bo‘yoq qoplamalarini qo‘llashning samaradorligi xizmat muddati 10 yildan oshmagan va metall korroziyasining tezligi 0,005 mm/yil gacha bo‘lgan shart bilan belgilanadi. Xizmat muddatini oshirish talab etilganda yoki metallning 226 korroziya tezligi 0,5 – 1,0 mm/yil bo‘lganda kombinatsiyalangan qoplamalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ruxli plyus lok-bo‘yoq qoplamalarining kombinatsiyasi ishlash muddatini 30 yilgacha uzaytiradi.
Lok-bo‘yoq qoplamalari ekspluatatsiya sharoitlari va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha GOST 9894-61 ga asosan sinflanadi. Ularning himoya ta’siri metall buyum sirtida yaxlit plyonka hosil qilib, tashqi muhitning
Yemirilishdan himoyalanish.