talablar baholashning maxsus (alohida) usullarini ishlab chiqish zarurligini keltirib
chiqaradi. Shu tufayli pul oqimini diskontlash usuli quyilgan talabalarga mos
keluvchi yangi baholash usuli sifatida vujudga keldi. Investitsiya loyihalarini tahlil
etishda diskontlash usulining kelib chiqishi pulning qiymati muayyan vaqtda bir xil
emasligiga, ya’ni bugungi bir so’mning ma’lum bir muddatdan keyingi bir so’mga
teng emasligiga asoslanadi va bunda pul oqimini diskontlash o’zini murakkab
(oddiy) foizlarning teskari hisoblanish jarayoni sifatida namoyon etadi. Diskont
stavkasi esa, kapital bozoridagi uzoq muddatli ssudalar bo’yicha to’lanadigan foiz
stavkasidan kichik bo’lishi kerak emas, deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: