Prezidentimiz I.Karimov jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaratilgan o’z
ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib,
yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati
zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning etakchi fond bozorlarida
eng yirik kompaniyalar indekslari va aktsiyalarining bozor qiymati halokatli
darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab
mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib
ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi
1
” – deb
ta’kidlab o’tdi.
Bundan ko’rinadiki, dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo’lgan
mazkur inqiroz etarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish
qobiliyati shubhali bo’lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining
jadallashuvi natijasida ro’y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o’zining mohiyati bo’yicha ko’chmas mulk garovi
hisobiga beriladigan kreditlar bo’lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko’chmas
mulklarga etarlicha «to’yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning
ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo’yicha operatsiyalarining
avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan
quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy
sabablaridan hisoblanadi:
-
noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini
surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning
odatga va kundalik holatga aylanishi;
-
moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi
mutanosiblikning keskin buzilishi;
-
qimmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar
berilishi;
-
moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit
xulosalari taqdim etilishi;
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbekiston, 2009, 4-b.
-
moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy
ko’rsatkichlarga asoslanganligi;
-
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarni vujudga kelishi
va hokazo.
Prezident I.Karimov jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga bag’ishlangan o’z
asarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil va ekspertlik markazlari
global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan
oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida:
“Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni
qamrab
olayotgani,
retsessiya
va
iqtisodiy
pasayishning
muqarrarligi,
investitsiyaviy faollik ko’lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining
kamayishi, shuningdek, jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan
jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi o’z tasdig’ini topmoqda
1
” -
deb ta’kidlab o’tdilar.
Investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o’tish davrining
strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq. Ushbu vazifalar
ichida eng muhimlari – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish,
mamlakatning
eksport
salohiyatini
mustahkamlash,
yuqori
texnologik
raqobatbardosh tarmoqlarni yaratish, ilg’or xorij texnologiyasi, nou-xau va
boshqaruv tajribalarini jalb etish hisoblanadi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish
joizki, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sur’ati yildan-
yilga oshib bormoqda. Xususan, 2009 yilda milliy iqtisodiyotimizga barcha
manbalar hisobiga jalb qilingan investitsiyalar 2002 yilga nisbatan 5,8 martaga
oshib, bu ko’rsatkich 8,2 mlrd. dollarni ashkil etgan. Albatta, investitsiyalarning
hajmi ortib borishi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning oshishiga olib keladi,
xususan O’zbekistonda 2009 yilda yaratilgan YaIM 2009 yilda 32,1 mlrd. dollarni
tashkil etib, bu ko’rsatkich 2008 yilga nisbatan 8,1 foizga oshgan (1-jadval).
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbekiston, 2009, 5-b.