Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan 
aksiyalar emissiya hajmi, mlrd soʻmda
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, moliya institutlari ichida aynan 
investitsiya fondlari ulushni nihoyatda past. 
14.3. Pay fondlari faoliyat mexanizmi 
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq 
shaxslarning — investorlarning oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablagʻlari 
yigʻindisi 
pay fondi
dir. Pay fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin: 
0,00
2 000,00
4 000,00
6 000,00
8 000,00
10 000,00
12 000,00
Banklar
Birjalar
Investitsiya
fondlari
Lizing
kompaniyalari
Sug‘urta 
kompaniyalari 
11 704,63 
64,76 
2,32 
140,24 
130,08 


178 
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan pay 
fondi; 
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan 
pay fondi.
Pay fondining turi pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasida 
koʻrsatiladi. 
Pay fondi yuridik shaxs boʻlmaydi. 
Oʻz egalarining pay fondidagi ulushini tasdiqlovchi hujjatsiz qimmatli 
qogʻoz investitsiya payidir. Investitsiya payiga boʻlgan huquqlar Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan investitsiya paylari egasining depo 
hisobvaragʻidan beriladigan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. 
Pay fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan qabul qilinadi. Investor ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan, 
investorlarning pul mablagʻlarini umumiy ulushli mulk huquqi asosida pay fondiga 
birlashtirish nazarda tutiladigan shartnoma asosida pay fondiga pul mablagʻlarini 
kiritadi. Ishonchli boshqaruvchi oʻzining alohida bank hisobvaragʻiga investorlar 
pul mablagʻlarini kiritganidan keyin ikki ish kuni ichida ularga investitsiya 
paylarini beradi. Investitsiya paylarini joylashtirish barcha investorlar uchun 
yagona narx boʻyicha amalga oshiriladi. 
Pay fondining pul mablagʻlari investitsiya deklaratsiyasiga binoan 
investitsiya qilinadi.Pay fondini ishonchli boshqarish jarayonida olingan 
daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi.
Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va tegishli axborot 
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining 
hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida eʼlon 
qilingan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Pay fondlarining yagona 
reyestrini yuritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli 
davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Pay fondining hisobi pay fondi Pay fondlarining yagona reyestriga 
kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qoʻyish orqali Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya paylari pay fondini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan 
paytdan eʼtiboran bir hafta ichida hisobga qoʻyilishi kerak. 
Investitsiya paylarini hisobga qoʻyish chogʻida investorlarga Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari ochiladi, bu 
hisobvaraqlarda investorlarga tegishli investitsiya paylariga boʻlgan huquqlarning 
hisobi yuritiladi.
Ishonchli boshqaruvchi pay fondi Qimmatli qogʻozlar markaziy 
depozitariysida hisobga qoʻyilganidan keyin investorlarning pul mablagʻlarini 
tasarruf etishga haqli. Pay fondining pul mablagʻlari ishonchli boshqaruvchining 
rahbari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining vakolatli mansabdor 
shaxsi tomonidan imzolanadigan toʻlov hujjati asosida sarflanadi.


179 
Pul mablagʻlaridan hamda boshqa investitsiya aktivlaridan foydalanishning 
maqsadi va yoʻnalishlari ishonchli boshqarish shartnomasi shartlariga, shu 
jumladan investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq boʻlishi kerak. 
Investitsiya aktivlari boʻyicha olingan daromadlar pay fondining investitsiya 
paylari egalari oʻrtasida yilda bir marta taqsimlanadi yoxud investitsiya paylarining 
barcha egalari roziligiga koʻra qayta investitsiya qilinadi. Pay fondining 
investitsiya paylari egalariga daromadlarni toʻlash ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi nomidan va ushbu fond 
mablagʻlari hisobidan tuziladigan shartnomalar Qimmatli qogʻozlar markaziy 
depozitariysida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. 
Pay fondining pul mablagʻlari: 
- fond investitsiya aktivlarining 10 foizidan ortiq miqdorda bir emitentning 
qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushlariga 
investitsiya qilinishi; 
- tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini 
nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga 
investitsiya qilinishi; 
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qogʻozlarga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga 
investitsiya qilinishi; 
- investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha 
foydalanilishi; 
- fond investitsiya aktivlari umumiy summasining 10 foizidan ortiq 
miqdorda investitsiya qilinishi (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) 
mumkin emas. 
Investitsiya payining muomalasi uning fond birjasidagi oldi-sotdisi va 
investitsiya payining egasi almashishiga olib keladigan boshqa harakatlarni 
bajarish orqali amalga oshiriladi. 
Ishonchli boshqarish shartnomasida pay fondining investitsiya paylarini 
ularning egasi talabiga koʻra, ayni bir ishonchli boshqaruvchining ishonchli 
boshqaruvida boʻlgan boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish 
imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Bunda bir pay fondining investitsiya 
paylarini boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish almashtirilishi 
lozim 
boʻlgan 
investitsiya 
paylarini 
muomaladan 
chiqarish 
sanasi 
almashtirilayotgan investitsiya paylarini berish sanasiga mos kelgan taqdirdagina 
amalga oshirilishi mumkin. 
Pay fondini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
- ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda; 
- barcha investitsiya paylarini muomaladan chiqarish uchun buyurtmalar 
kelib tushganda; 
- ishonchli boshqaruvchining litsenziyasi bekor qilinganda, agar uning pay 
fondini ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlari 


180 
litsenziya bekor qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa ishonchli 
boshqaruvchiga berilmagan boʻlsa; 
- pay fondi hujjatlarida koʻrsatilgan pay fondini tashkil etish va uning 
faoliyatini amalga oshirish maqsadiga erishilganda; 
- investitsiya paylari egalarining pay fondini tugatish toʻgʻrisida bir ovozdan 
qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda. 
Pay fondining investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond 
birjasida (qimmatli qogʻozlar uchun) va kimoshdi savdosida realizatsiya qilinishi 
lozim. Pay fondining investitsiya aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan 
mablagʻlar pay fondining investitsiya paylari egalariga oʻzlariga tegishli boʻlgan 
investitsiya paylari soniga mutanosib ravishda toʻlanishi kerak. 
Pay fondi investitsiya paylari egalarining pay fondi negizida investitsiya 
fondini taʼsis etish toʻgʻrisida bir ovozdan qabul qilingan qarori pay fondini 
tugatish haqidagi qaror deb eʼtirof etiladi. 
Pay fondi tugatilganda mazkur pay fondi ishonchli boshqaruvchisining 
faoliyati auditorlik tashkiloti tomonidan majburiy auditdan oʻtkazilishi kerak. 
Investitsiya payini muomaladan chiqarish pay fondi tugatilganda amalga 
oshiriladi. Investitsiya payini muomaladan chiqarish quyidagilar orqali amalga 
oshirilishi mumkin: 
- investitsiya payining qiymatini ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay 
fondi mablagʻlari hisobidan pul mablagʻlari bilan toʻlash; 
- investitsiya payini pay fondi negizida tuzilgan investitsiya fondining 
aksiyalariga ayirboshlash.
Investitsiya va pay fondlari faoliyatini tartibga solish qimmatli qogʻozlar 
bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan quyidagilar 
orqali amalga oshiriladi: 
- investitsiya va pay fondlarini ishonchli boshqarish tartibini, shu jumladan 
ushbu fondlarning investitsiya aktivlari hisobini yuritish hamda ularning faoliyati 
toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilash; 
- ishonchli boshqaruvchi mansabdor shaxslarining hamda affillangan 
shaxslarining investitsiya va pay fondlari operatsiyalarida ishtirok etishini 
cheklash; 
- investitsiya deklaratsiyasining mazmuniga hamda investitsiya va pay 
fondlarining boshqa hujjatlariga doir talablarni belgilash; 
- investitsiya va pay fondlarining, ishonchli boshqaruvchilarning va 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining faoliyatini nazorat qilish. 
Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida ishonchli 
boshqaruvchi nomidan va uning hisobidan faoliyat yurituvchi Qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysigina investitsiya paylarini berish, muomaladan chiqarish va 
almashtirish boʻyicha agent boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar markaziy 
depozitariysining investitsiya paylarini berish, muomaladan chiqarish va 
almashtirishga doir faoliyati tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish 
boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 


181 
Investitsiya aktivlarining hisobini yuritish va ushbu aktivlar boʻyicha 
hisobotlar tuzish 
ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiyalar pay fondining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan taqdirda, 
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida va xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis 
hujjatlarida ishonchli boshqaruvchi koʻrsatilib, u pay fondining ishonchli 
boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Investitsiya va pay fondlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish 
ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 

axborotni 
investitsiya 
fondlarining, 
pay 
fondlari 
ishonchli 
boshqaruvchisining, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli 
davlat organining, shuningdek fond birjasining rasmiy veb-saytlarida qonun 
hujjatlariga muvofiq eʼlon qilish; 
- axborotni belgilangan tartibda soʻrovga koʻra taqdim etish.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 
va fond birjasi yuqorida nazarda tutilgan axborotni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon 
qilganlik uchun haq olishga haqli emas. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish