49
EPS
koʻrsatkichi bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan dividend (
Dividends Per
Share
–
DPS
)va dividend toʻlovlari (
payout ratio - PR
)ning oʻzaro nisbati sifatida
ham aks ettirilishi mumkin:
𝐸𝑃𝐷
𝑡
=
𝐷𝑃𝑆
𝑡
𝑃𝑅
𝑡
Oʻz
navbatida,
dividend
toʻlovlari
koeffitsientini
korxonani
reinvestitsiyalashga yoʻnaltiriladigan foydaning ulushi (
recovery rating – RR
)dan
kelib chiqqan holda ham aniqlash mumkin:
𝐷𝑃𝑆
𝑡
= 𝐸𝑃𝑆
𝑡
× (1 − 𝑅𝑅
𝑡
)
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taʻkidlash mumkinki,
EPS
va
P/E
koeffitsientlari kelgusidagi dividend toʻlovlarini 100 foizgacha aniq hisoblash
imkoniyatini bermaydi.
Aksiyalar qiymatini baholashda yana bir koeffitsient “Baho/tushum” (
Prise
to Sales
) koeffitsienti hisoblanadi. Bu koeffitsientdan foydalanish yordamida
baholash metodikasi
P/E
yondashuvidan foydalanishga oʻxshash,
faqat bitta
aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda oʻrniga korxona tushumining joriy miqdoridan
foydalaniladi:
𝑉
𝑡
=
𝑃
𝑆
× 𝑆𝐴𝐿
𝑡
bu erda
SAL
t
– t
davrda korxonaning tovar sotishdan tushumi.
Aksiyalarni baholash uchun
P/S
koeffitsientidan foydalanish aksariyat
korxonalar uchun foyda koʻrsatkichi emas, balki mahsulot sotish hajmining
oʻsishini taʻminlash maqsadiga asoslanadi. Bunday maqsadning qoʻyilishiga sabab
mahsulot sotishdan tushum koʻrsatkichining tovar va xizmatlar bozorida
korxonaning egallab turgan oʻrnini belgilashda muhim ahamiyatga egaligi bilan
izohlanadi. Korxonaning bunday tartibda jadallik bilan oʻsishi boshqa barcha shart-
sharoitlar teng boʻlganda daromad olinishi va musbat
pul oqimlariga erishish
imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Mazkur metodning afzalligi sifatida yangi, shuningdek, zarar bilan ishlovchi
va manfiy pul oqimlariga ega korxonalar aksiyalarini baholash imkoniyatini berishi
bilan izohlash mumkin. Aniq-ravshanki bunday holatda
DDM
modeli yoki
P/E
koʻrsatkichidan foydalanish murakkablik tugʻdiradi va hech qanday mazmunga ega
emas. Bundan tashqari tushum koʻrsatkichining oʻzgaruvchanligi odatda, foydaga
nisbatan ancha past. Shuningdek, bu koʻrsatkich moliyaviy hisobotlarda ishonchli
hisoblanadi va unga korxona moliyaviy siyosatining jiddiy taʻsiri kuzatilmaydi.
Lekin
P/S
koeffitsientidan foydalanish orqali aksiyalarni baholash metodi
konseptual kamchilikka ega boʻlib, bu koeffitsient nisbiy baholash metodi
hisoblanadi va aksiyaning haqiqiy qiymatini belgilab bermaydi. Chunki bu
metodda aksiya qiymati boshqa oʻzaro tenglashtirilgan
korxonalar guruhiga
nisbatan belgilanadi.
Bundan tashqari mahsulot sotishdan tushum korxona faoliyatining yakuniy
natijasiga taʻsir etuvchi omillardan faqat bittasi hisoblanadi va korxonalar bir xil
tushum koʻrsatkichi bilan turli xil rentabellikka, samaradorlikka erishishlari
mumkin. Aynan shu bogʻliqlikdan kelib chiqqan holda
P/S
koeffitsienti mahsulot
50
sotish rentabelligi
yoki foyda marjasi masalan, soliqlar va foizlar toʻlangunga
qadar foyda, sof foyda koʻrsatkichlari bilan birgalikda foydalanish samaraliroq
hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda keng doirada qoʻllaniladigan yana bir koeffitsient
korxona qiymati (
Enterprise Value – EV
)ning soliqlar, foizlar va amortizatsiya
chegirilgunga qadar foyda (Earnings Before Interest, Taxes, Depreciation and
Amortization –
EBITDA
)ga nisbati koʻrsatkichi hisoblanadi.
EV/EBITDA
eng past
koʻrsatkichli aksiyalar sotib olish uchun nomzod aksiyalar hisoblanadi.
Mazkur koʻrsatkichning afzalliklari sifatida quyidagilarni koʻrsatish
mumkin:
- zarar bilan ishlayotgan korxonalarni aniqlashga xizmat qilishi mumkin;
- qarz mablagʻlari hisobiga qoʻshib olishni baholashda
foydalanish uchun
qulay;
- qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish, amortizatsiya siyosati, soliq
siyosati va boshqalar turli xil darajada boʻlgan korxonalarni oʻzaro taqqoslash
imkonini beradi.
Amaliyotda mazkur koʻrsatkichni hisoblashning turli xil yondashuvlari amal
qiladi. Ulardan eng keng qoʻllaniladigani quyidagi formula boʻyicha amalga
oshiriladi:
𝐸𝑉
𝐸𝐵𝐼𝑇𝐷𝐴
=
𝑀𝑉(𝐸) + 𝑀𝑉(𝐷) − 𝐶
𝐸𝐵𝐼𝑇𝐷𝐴
bu erda MV(E), MV(D) – mos ravishda korxona xususiy kapitali va qarz
kapitalining bozor qiymati;
C – balansdagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari.
Yuqorida keltirilgan formulaga muvofiq korxona
qiymati uning xususiy
kapitali va qarz kapitali yigʻindisidan pul mablagʻlarini ayirish orqali aniqlanadi.
Bunday yondashuv aksiyalar bozor qiymatini hisobga olgan holda korxona
qiymatining tarkibiy elementlari nisbatan toʻliq kartinasini koʻrish imkonini beradi.
Shubhasiz butun korxonani naqd pulga sotib olishda investor uning barcha
majburiyatlarni oʻziga olishga yoki birdaniga toʻlashga majbur boʻladi. Korxona
qiymatini aniqlashda pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini chegirishdan
maqsad korxonani xarid qilishda balansdagi pul mablagʻi oʻzgarmas qolishi bilan
izohlanadi.
Umuman yuqorida keltirib oʻtilgan aksiyalarni baholash modellarining
barchasi ham oʻziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Shunday ekan
investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar
aksiyalarini baholashda
koʻrib chiqilgan modellar va koeffitsientlarning bir nechtasidan foydalanish va
oʻrtachasini olish maqsadga muvofiq, deb oʻylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: